texnologik skvajina ta'sir zonalari konturi setkasi ( 4.6-rasmda qolgan ma'lumotlar keltirilgan).
Pasayib borish chiziqlari 4.12 rasmda aks ettirilgan bo'lib ular (4.7 ) formula asosida hisoblangan. 4.13-4.14 ramslardagi chiziqlar uchun bir xil logorifmlar tanlab olingan. O'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatadiki, ish jarayonida geotexnologik hisoblar olib boriladi, ya'ni tekislikdagi ishqorlash jarayonida konga ishlov berish, ruda tarkibidan uran minerallarini ajratib olish hamda alohida jarayonlarda uranda yuz beradigan o'zgarishlar. Aytib o'tilgan barcha xossalar olingan ma'lumotlar yordamida aniqlanadi, ulardan ba'zilari hisob kitoblar yordamida olinadi.
4.13-rasm. Katta qalinlikka ega bo'lgan suvli gorizontda ikkita texnologik skvajina filtrlar qatlam qalinligiga 1:2 nisbatda va bog'lanish darajasi o'rtacha bo'lgan holda aralashmaning harakati yo'nalishi va texnologik skvajina ta'sir zonalari konturi setkasi ( 4.6-rasmda qolgan ma'lumotlar keltirilgan).
55
4.14-rasm. Ikkita texnologik skvajina ishlashida filtrning uzunligi nisbati bilan ular orasidagi masofaga formulaning vertikal qismida ishlaydigan bo'lsa, oqimning yuqori chegaradagi qatlamida eritmaning tarqalish chegaralarini joriy panjara va joylashuvi ( 4.6-rasmda qolgan ma'lumotlar keltirilgan).
IKKINCHI GURUH KONLARI.
Bu guruhga har xil turdagi uranlarni misol keltirishimiz mumkin. Ular o'zining kuchsiz tuzilishi tufayli yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usuliga dosh berolmaydi. Uran qazib olish jarayonida yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulini qo'llashdagi tajribalar hozircha cheklangan. Hozirda faoliyat olib borayotgan ruda konlarida bu usuldan foydalanib o'zidan foydali minerallar ishlab chiqa oladigan rudalar qazib olinmoqda. Bunaqa konlardagi uran zahiralari konning ma’lum qismini egallaydi hatto ba’zi hollarda rudaga nisbatan uran miqdori bu konlarda yuqori bo'ladi. Bundan tashqari foydali komponentni ruda tarkibidan ajratib olinadi. Yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulining turli xilligi uning (RNS) radiometrli nazorat stansiyalari, (ROF)radiometrlar ishlab chiqarish fabrikalarida aniqlanadi. Amaldagi konlarda YOTEO’ usulidan foydalanish yordamchi qiymatga ega- uranni chuqurlikdan yanada to‘liq chiqarish, muvozanatli zahiralarni jalb qilish va balansdagi metall yo'qotishlarini kamaytirish imkonini beradi. Shu bilan birga, balansdan tashqari rudalarni qazib olish, odatda maxsus kapital xarajatlarni talab qilmaydi, chunki mavjud kapital ishlovlaridan ochish, tayyorlash, burg'ilash portlatish ishlarini bajarish orqali amalga oshiriladi.
56
Uranni YOTEO’ usulida dastlabki maydalash bilan maxsus qurilgan rudniklar hali mavjud emas. Ammo ba'zi konlarda amalga oshirilgan tajriba ishlari va hisob-kitoblar, shuningdek, balansdan tashqari ma'dan konidagi tajriba ishlari shuni ko'rsatdiki, minerallashgan konlarda uranni yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usuli uchun qurilgan maxsus qurilishlar muhim texnik va iqtisodiy ta'sirlarini keltirib chiqaradi. Chet eldagi korxonalarning ish tajribasi buni tasdiqlaydi. Ishlab chiqarish jarayoni olib boriladigan konlarda yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulini qo'llash orqali yer ostidan uranni yo'qotishlarsiz qazib olish uchun juda qulay. Shuning bilan bir qatorda rudalarni boshlang'ich mablag'siz ham qazib olish mumkin. Ruda konlarini kuzatish oqibatida olingan ma'lumotlarni yig'ib yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usullaridan foydalanish jarayonida qo'llaniladi, bunday konlarning morfologik joylashuvi hamda ulardagi uran minerallarining xususiyatlarini o'rganadi. Ruda konlarini o'rganish jarayonida asosan bir xil miqdordagi minerallar ko'proq o'rganiladi, miqdori har xil bo'lgan minerallarga unchalik ahamiyat berilmaydi. Biroq yer ostida tanlab eritmaga o'tkazish usulidan foydalanishda esa har ikkisi ham teng ravishda o'rganiladi hamda ishlab chiqarish darajasiga yetkaziladi. Shu bilan bir qatorda YOTEO’ usulida qazib olish uchun mo'ljallangan ma'danlarning fizik-mexanik xususiyatlarini, xususan, ularning yorilish darajasini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Ba'zi hollarda rudalarning tabiiy yoriqlilik(titiluvchan)ligi rudalarni dastlabki maydalashsiz, texnologik skvajinalar orqali ishqorlovchi eritmalarni yuborish yo'li bilan va mahsuldor aralashmalarni drenaj texnologik skvajinalari orqali yig'ish imkonini beradi. (birinchi texnologik guruhning z-turi- jadval 3.1) YOTEO’ usulida alohida ruda jismlarini qazib olish taklif etiladigan konlarni razvedka qilish YOTEO'ning alohida ekspluatatsion bloklarida keng ko'lamli tajriba ishlarini bajarish hamda uranni uyumlab ishqorlash usuli bilan ajratib olish imkonini beradigan muammolarni hal qilish uchun ma'danlarni laboratoriya tadqiq qilish yo'li bilan bajarish kerak.