O‘quvchilarda shakllangan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni, qoidalarni og‘zaki va yozma tarzda aniq tushunarli bayon qila oladi;
fizik kattaliklarning xorijiy tilda aytilishi va yozilishini biladi va guruhlarda o‘zaro kelishuv asosida ishlay oladi.
A1+
savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘ya oladi va himoya qila oladi.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
turli axborot manbalaridan kerakli ma’lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olish va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish.
A1+
fizika faniga oid turli manbalardan kerakli axborotlarni izlab topadi va saralay oladi.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantiradi, turli didaktik topshiriqlarni bajara oladi, o‘z xatti-harakatini muqobil baholay oladi.
A1+
doimiy ravishda o‘zini o‘zi jismoniy, ma’naviy rivojlantirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |