9- SINF
JAHON TARIXI
1-TEST
1.AQSH tomonidan Gavaya orollari qachon egallangan?
A) 1893-yil B) 1895- yil C) 1898-yil D) 1899-yil
2. Biologiyadagi tub siljishlardan biri – irsiyat qonunlari
kim tomonidan kashf qilingan?
A) Lui Paster B) I.P.Pavlov C) N.Bor D) G. Mendel
3. Javoblar orasidan tarixiy xatolik bo‘lgan javobni aniqlang.
A) Xendrik Vitboy o‘limidan so‘ng Namalar harakati uch
yil davom etdi
B) 1915-yilning 25-aprelida Ipr jangida urushlar tarixida
birinchi marotaba kimyoviy qurol – zaharli gaz (xlor) ishlatildi
C)1905–1906-yillar Yaponiyaning Koreyaga hujumi
D) 1899–1901-yillar Lxetuan qo‘zg‘oloni
4. Afrikaning shimoliy qismida, Sahroyi Kabirning janubiy
chegarasiga qadar aholining ko‘pchiligini arablardan tashqa-
ri yana qaysi xalqlar tashkil qilgan?
A) barbarlar, tuareglar
B) fulbe, yahudiy
C) nama va gerero
D) barbarlar, habashlar
5. Avstriya-Vengriya taxt vorisi Frans Ferdinand qachon,
qayerda va kim tomonidan o‘ldirilgan?
A) 1913-yil 14-iyul Galitsiyada, G.Prinsip
B) 1914-yil 28-iyul Sarayevoda, Pinkerli
C) 1914-yil 28-iyul Sarayevoda, G.Prinsip
D) 1914-yil 14-iyul Sarayevoda, Pinkerli
6. XIX asrda jamiyat hayotining muhim voqealaridan biri
bu – ...
A) «o‘rta qatlam»ning shakllanishi bo‘ldi
B) aristokratiya vakillarining o‘rta qatlam bilan aralashib
ketishi bo‘ldi
178
C) deyarli barcha davlatlarda monarxiya tuzumi ag‘darildi
D) havo kemalaridan amalda foydalanila boshlandi
7. Italiya Sotsialistik partiyasi tuzilgan yili …..
A) Germaniyada Reyn-Vestfaliya ko‘mir sindikati tashkil
topdi
B) Fransiya Prezidenti Sadi Karno o‘ldirildi
C) AQSHning sanoat mahsuloti G‘arbiy Yevropadagi ham-
ma mamlakatlar mahsulotining yarmiga teng va Buyuk Bri-
taniya mahsulotidan esa ikki baravar ortiq edi
D) Fransiya G‘arbiy Sudanni bosib oldi
8. AQSH «Моnrо doktrinasi»ga tayanib ko‘p o‘tmay, qaysi
hududni qo‘lga kiritildi?
A) Guam orollari
B) Karib dengizi havzalarini
C) Gavayi orollari
D) Samoa orollari
9. XIX asr oxirlarida parchalaydigan portlovchi moddalar
qaysi davlatda birinchi bo‘lib paydo bo‘lgan?
A) AQSH
B) Buyuk Biritaniya
C) Shvetsiya
D) Fransiya
10. Olimlarning amalga oshirgan kashfiyotlari bilan birga-
likda aniqlang.
1) L.Bakeland; 2) K.Ader; 3) J.M.Jakkard; 4) L.Sperri; 5)
N.I.Kibalchich
a) tikuv mashinasini dasturlashtirishni o‘ylab topdi; b)
aeroplan yaratdi; c) samolyotni avtomatik boshqarishni kashf
qildi; d) raketaplan yaratdi; e) plastmassa olishni ixtiro qildi
A) 1-d, 2-b, 3-a, 4-c, 5-e
B) 1-e, 2-b, 3-c, 4-a, 5-d
C) 1-e, 2-c, 3-a, 4-b, 5-d
D) 1-e, 2-b, 3-a, 4-c, 5-d
11. Quyidagilardan qaysilari 1869-yil chetga kapital
chiqar gan davlatlar sirasiga kiradi?
A) Buyuk Biritaniya, Fransiya, Yaponiya
B) Buyuk Biritaniya, Fransiya
C) Buyuk Biritaniya, Germaniya
D) Fransiya, Germaniya
12. Moddiy boyliklar garovi evaziga foiz to‘lash va qayta-
rib berish sharti bilan muayyan muddatga qarzga beriladigan
pul yoki moddiy boylik bu …
A) kapital B) ssuda C) poleo D) investitsiya
13. Voqealar orasidagi farq qisqaroq bo‘lgan javobni toping.
179
Do'stlaringiz bilan baham: |