168
28. 1875-yilda Ural kazaklari Qoraqalpog‘istonning
qaysi
hududlariga ko‘chirilgan edi?
A) Petro-Aleksandrovsk, Ural posyolkasi, Nukus qishlog‘i
B) Chimboy, Xo‘jayli viloyati, Petro-Aleksandrovsk
C) Orolbo‘yi, Beruniy tumani, Ural posyolkasi
D) Ural posyolkasi, Chimboy qishlog‘i, Beruniy tumani
29. Toshkentda «vabo isyoni»ning boshlanishiga nimalar
sabab bo‘lgan edi?
1) mahalliy aholiga nisbatan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy ji-
hatdan mustamlakachilik jabr-julmining tobora
kuchayib bo-
rayotganligi; 2) vaqf yerlarining davlat tasarrufiga o‘tkazili-
shi; 3) xalq ommasining og‘ir ahvoli, hunarmand-kosiblar va
mardikorlarning ayovsiz ishlatilishi; 4) iste’mol mahsulotlari
narxining oshib borishi, soliqlarning ko‘pligi; 5) Toshkentning
ikki qismga bo‘linishi; 6) amaldorlarning o‘z mansabini su-
iste’mol qilishi, poraxo‘rlikning avj olishi
A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 2, 5, 6 C) 1, 2, 3 D) 1, 2, 5
30. 1898-yilgi Andijon qo‘zg‘oloni boshlangan paytda dast lab
qaysi tuman pristavi qo‘zg‘olonchilar tomonidan o‘ldirilgan?
A) Mingtepa
B) Qo‘yli
C) Asaka
D) Namangan
31. 1909-yil qaysi jadid ma’rifatparvari islom tarixiga oid
asar yozgan?
A) Sadriddin Ayniy
B) Mahmudxo‘ja Behbudiy
C) Abdurauf Fitrat
D) Hamza Hakimzoda Niyoziy
32. Uyezd tarkibiga kirgan bir necha qishloq yoki ovullar-
dan iborat hududiy bo‘linma nima deb atalgan?
A) pristav B) volost C) tuman D) uchastka
33. Rossiya imperiyasining Xiva xonligiga qarshi yurish
uchun uzoq va puxta tayyorgarlik ko‘rishining asosiy sababi
nima edi?
A) bu davrda Xiva xonligi harbiy-siyosiy va hududi ji-
hatidan O‘rta Osiyodagi eng yirik davlat bo‘lganligi
B) Xivaga boriladigan yo‘llarning mashaqqatliligi hamda
Xiva xonining Eron bilan harbiy ittifoqqa kirganligi
C) xonlik tomonidan 1717-yil A.Bekovich-Cherkasskiy va
1839-yil V.Perovskiy boshchiligidagi ekspeditsiyaning barbod
etilishi
169
D) Angliya hukumatining Xiva xonligiga bir necha marta
elchilarini yuborib, o‘z harbiy mutaxassislarini taklif qilishi
34. Quyidagi asarlardan qaysi biri Buxoro amiri Muzaf-
farning taklifi bilan yozilgan?
A) «Buxorodan Peterburgga sayohat»
B) «Zubdat ut-tavorix»
C) «Manozir ul-kavokib»
D) «Ravzat us-safo»
35. Turkiston general-gubernatorligiga
qarashli Sirdaryo
viloyatiga qaysi hududlar kirgan?
A) Buxoro amirligining shimoli va Qo‘qon xonligining
1865-yilgacha bosib olingan hududlari
B) 1865-yilda tashkil etilgan Turkiston viloyati yerlari va
Qo‘qon xonligining bosib olingan shimoliy yerlari
C) Saratov, Turkiston viloyatining janubiy qismi, Sirdar-
yoning o‘rta oqimidan quyi oqimiga qadar bo‘lgan hududlar
D) sobiq Semipalatinsk viloyati, Buxoro amirligining
1867-yilga qadar bosib olingan hududlari
5-TEST
1. O‘rta Osiyo shaharlarida hunarmandchilikning ma’lum
bir sohasi rivojlangan bo‘lib, quyidagi
shaharlarni rivojlangan
hunarmandchilik sohasi bilan to‘g‘ri ko‘rsating.
1) Rishton; 2) Chust; 3) Buxoro; 4) Xiva; 5) Marg‘ilon
a) do‘ppichilik, pichoqchilik; b) atlas to‘qish, do‘ppichilik; c)
me’morchilik, ganchkorlik; d) zargarlik; e) kulolchilik
Do'stlaringiz bilan baham: