A) 1, 4 B) 1, 2, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6 D) 1, 5, 6
8. Turkiston o‘lkasida Rossiya imperiyasining mustamlaka-
chilik siyosati to‘liq amalga oshirilishi va hukmronligining
mustahkam bo‘lishi uchun ...
A) istilochi amaldorlarga keng vakolatlar berildi
B) harbiy zobitlarning xizmat muddati uzaytirildi
C) mahalliy xalq vakillaridan ishonchli odamlar ajratib
olina boshlandi
D) mahalliy aholiga ayrim yengilliklar va imtiyozlar berildi
9. «Turkiston viloyatini boshqarish to‘g‘risidagi Muvaqqat
Nizom»ga muvofiq viloyat bo‘limlarining harbiy asosda tash-
kil etilishidan maqsad nima edi?
A) Rossiya hukumatining kelgusidagi harbiy rejalarini
amalga oshirilishida tayanch hudud vazifasini o‘tashi ko‘zda
tutilgan
B) rus harbiy zobitlarini boshqaruvdagi mansablar bilan
ta’minlash orqali rag‘batlantirish
C) O‘rta Osiyoning bosib olingan hududlariga harbiy
qal’alar qurish va u yerda harbiy holat joriy qilish
D) Rossiya imperiyasining boshqa viloyatlaridan farqli
ravishda bu o‘lkalarda mustaqil siyosiy va ijtimoiy siyosat
olib borish
10. Qishloq xo‘jaligi bilan shug‘ullaniladigan hududga,
aholining dehqonchilik bilan bandligi va ularning qishloq
xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi ustun bo‘lgan joyga
nisbatan qo‘llaniladigan atama qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) axya B) adra C) kasana D) agrar
165
11. XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligi qaysi davlatlar bi-
lan chegaradosh bo‘lgan?
A) Eron, Afg‘oniston, Qo‘qon va Xiva xonliklari, qozoq juz-
lari yerlari
B) Eron, Afg‘oniston, Hindiston, Xitoy, Xiva va Qo‘qon xon-
liklari
C) qozoq juzlari, Orenburg general-gubernatorligi, Eron,
Xiva va Qo‘qon xonliklari
D) Xiva va Qo‘qon xonliklari, Eron, Hindiston, qozoq juz-
lari, Xitoy
12. Turkiston o‘lkasida turli volostlar va uyezdlar aholisi
o‘rtasida yuzaga kelgan bahslarni hal qilish ishi qaysi sud-
ning vakolatiga kirgan?
A) xalq sudlari qurultoyi
B) xalq sudlari favqulodda qurultoyi
C) qozi va biy sudlari
D) general-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi
13. Andijon qo‘zg‘oloni bostirilgach, imperiya ma’muriyati
nima sababdan o‘lim jazosini ko‘paytirmaslik haqida ko‘rsat-
ma bergan?
A) ishchi kuchining kamayib ketishining oldini olish uchun
B) mahalliy aholining g‘azabini yanada kuchaytirmaslik
uchun
C) xalqaro jamoatchilikning Rossiyaga nisbatan fikrini
o‘zgartirmaslik uchun
D) mahalliy aholi bilan kelishish uchun
14. 1917-yil Rossiyadagi fevral voqealaridan keyin Turkis-
ton jadidlari qanday siyosiy talablar bilan chiqdi?
1) o‘lkani boshqarish yuzasidan islohotlar o‘tkazish; 2) par-
lamentar monarxiya tashkil qilish; 3) mahalliy aholi huquqla-
rini kengaytirish; 4) yoshlarni chet ellarda o‘qitishni ta’min-
lash; 5) Davlat Dumasidan o‘lka aholisi sonidan kelib chiqib
o‘rin ajratish; 6) milliy matbuot erkinligini ta’minlash
A) 1, 3, 5, 6 B) 2, 4, 6 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4, 5
15. «Qonun» ma’nosini bildiruvchi atamani aniqlang.
A) federal B) delegatsiya C) avtonomiya D) syezd
16. Ingliz elchisi A. Byorns Buxoroda bo‘lganidan 20 yil
o‘tib …
166
A) Perovskiy Oqmachit qal’asini bosib olishga urinib,
mag‘lub bo‘ldi
B) Sirdaryoning quyi oqimida Raim qal’asi bunyod etildi
C) Aleksandr II Qo‘qon xonligini bosib olishni davom etti-
Do'stlaringiz bilan baham: |