A) Marv vohasining Xiva xonligiga tegishli ekanligi
Afg‘oniston hukumati tomonidan tan olinishiga erishilgan.
B) Xiva xonligi savdogarlariga Kobul bozorida erkin savdo
qilish huquqi berilgan.
C) Xiva xonligi savdogarlari Afg‘oniston orqali Hindiston
bilan bojsiz savdo qilish huquqiga ega bo‘lishgan.
D) Buxoro amirligi bilan nizoli vaziyatlarda Afg‘oniston
Xiva xonligi tomonida turishiga kelishilgan.
17. Quyidagi tarixiy asarlarning qaysi biri Muhammad
Amin Buxoriy ijodiga mansub?
A) «Ubaydullanoma»
B) «Abdullanoma»
C) «Tarixi Abulg‘oziyxon» D) «Tarixlar dengizi»
18. Orolliklarni Xiva hukmdori Sherg‘oziyxonga qarshi
qo‘yishga uringan Buxoro xonini aniqlang.
A) Subhonqulixon
B) Abulfayzxon
C) Ubaydullaxon II
D) Muhammad Rahimbiy
19. Xiva xoni Muhammad Rahimxon I hukmronligi davri-
da Buxoro amirligi taxtida kim o‘tirganligini aniqlang.
A) Doniyolbiy otaliq
B) amir Shohmurod
C) amir Haydar
D) amir Nasrullo
20. Mang‘it amirlari ... o‘zlarining bosh vazifalaridan deb
hisoblagan.
A) Sharqiy Turkistonni Xitoy ta’siridan ajratib olishni
B) Hindiston va Eron bilan yaxshi qo‘shnichilik munosa-
batlarini o‘rnatishni
C) markazlashgan mutlaq hokimiyat barpo etishni
D) butun O‘rta Osiyo mintaqasini islom bayrog‘i ostida bir-
lashtirishni
21. Qo‘qon xoni Erdona hukmronligi davrida ...
A) Qo‘qon xonligi g‘arbda Buxoro, sharqda Xitoy bilan
tengma-teng kurash olib bora olgan davlatga aylandi
B) ekinlardan mo‘l hosil olinib, bozorlarda narx-navo ar-
zonlashgan
C) o‘z poytaxtini Tepaqo‘rg‘ondan Qo‘qon shahriga ko‘chiradi
D) Ohangaron vohasini, Toshkent, Chimkent va Sayramni,
Rossiyaga boruvchi karvon savdo yo‘llarini bo‘ysundiradi
22. Xiva xonligi poytaxtini boshqa shaharga ko‘chirgan
hukmdorlar ko‘rsatilgan to‘g‘ri javobni aniqlang.
110
A) Elbarsxon, Abulg‘oziyxon
B) Avanesh, Hojimxon
C) Abulg‘oziyxon, Eltuzarxon
D) Elbarsxon, Arab Muhammadxon
23. Buxoro hukmdori Imomqulixon davrida qaysi xorijiy
hukmdorlar bilan olib borilgan elchilik aloqalari manbalarda
qayd etilgan?
A) Jahongirshoh va Mixail Romanov bilan
B) Avrangzeb va Ivan Grozniy bilan
C) Shoh Jahon va Pyotr I bilan
D) Akbarshoh va Mixail Romanov bilan
24. 1734-yil Rossiya imperiyasi senat kotibi I.Kirillov
boshchiligida tuzilgan harbiy guruhga yuklatilgan vazifalar-
ga quyidagilarning qaysi biri muvofiq emas?
A) «Orol dengizida Rossiya bayrog‘ini ko‘tarishi»
B) Buxoro xonini Rossiya bilan ittifoq tuzishga ko‘ndirish
C) «Buxoro va undan Hindistonga»
D) oltin konlarini izlashni davom ettirish
25. Quyidagi hududlar qaysi hukmdor davrida Qo‘qon xon-
ligi tarkibiga kiritilganligini to‘g‘ri belgilang.
1) O‘sh va O‘zgan; 2) Xo‘jand va O‘ratepa; 3) Chimkent va
Sayram; 4) Darvoz va Ko‘lob
a) Abdurahimbiy; b) Erdona; c) Muhammad Alixon; d)
Olimxon
A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-c
B) 1-b, 2-a, 3-c, 4-d
C) 1-a, 2-b, 3-d, 4-c
D) 1-d, 2-c, 3-a, 4-b
26. O‘rta Osiyo shaharlaridan birida joylashgan Daxmayi
Shohon ansambli qaysi sulola hukronligi davrida barpo etilgan?
A) shayboniylar
B) minglar
C) qo‘ng‘irotlar
D) mang‘itlar
27. O‘rta Osiyoda qaysi sulola hukmronligi davrida «saroy
qutlovi» lavozimi mavjud bo‘lganligi manbalarda qayd etilgan?
A) minglar
B) ashtarxoniylar
C) qo‘ng‘irotlar
D) shayboniylar
28. Xo‘ja dodxoh madrasasi Qo‘qon xonligiga qarashli qay-
si shaharda joylashgan?
111
A) Qo‘qon
B) Marg‘ilon
C) Namangan
D) Andijon
29. Xiva xonligi tarixiga oid quyidagi voqealardan XVI asr-
ga taalluqli bo‘lganlarini aniqlang.
A) Rossiya chegarasini qo‘riqlab turgan Yoyiq kazaklari
ata man Nechay, ko‘p o‘tmay ataman Shamay Urganchga hu-
jum qildilar
B) Xiva xonlari kutubxonalarida xattotlik, husnixat mak-
tabi shakllandi
C) Xiva shahri Xiva xonligining poytaxtiga aylantirildi
D) Hozirgi Urganch shahriga asos solindi
30. Quyidagi xususiyatlardan qaysi biri Buxoro hukmdori
Doniyolbiy otaliq davriga xos ekanligini aniqlang.
A) Uning davrida Nurota, Hisor, Ko‘lob, O‘ratepa viloyat-
larining mustaqillikka intilishlari kuchaydi.
B) U ba’zi islohotlar o‘tkazib, davlatni mustahkamlashga
erishdi. Boj va xirojdan boshqa barcha soliqlarni kamaytirdi.
C) Barcha mang‘it beklariga katta yer-mulkni tanho qilib
berdi. Xalqdan olinadigan soliqlarni ko‘paytirdi.
D) U markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslikka urinayotgan
qabilalarni turgan joyidan ko‘chirtirib yuborish siyosatini tutdi.
31. XVI asrning so‘nggi choragida Abdullaxon II ga qar-
shi qaysi shaharda isyon ko‘tarilgach, bunda boburiy Akbar-
shohning qo‘li bor, degan gumon paydo bo‘ldi?
A) Balxda
B) Kobulda
C) Badaxshonda
D) Ko‘lobda
32. XVI asr boshida Xorazmga qaysi hududdan ko‘plab qa-
bilalar ko‘chib kelishgan?
A) Shimoliy Xurosondan B) Volga va Ural bo‘ylaridan
C) Dashti Qipchoqdan
D) Mang‘ishloq yarim orolidan
33. Buxoro amiri Haydarga qarshi Miyonqolda isyon
ko‘tarilgan yilda ...
A) Fazliy Namangoniy Umarxon buyrug‘i bilan «Majmuayi
shoiron» to‘plamini tuzgan
B) Xiva xonligi tomonidan Marv shahri bosib olingan
C) Namangan aholisining kuchi bilan katta Yangiariq
kanali qazilib, shaharning suv ta’minoti yaxshilangan
112
D) Boborahim Mashrab Balx hokimi Mahmudbiy Qatag‘on
tomonidan qatl etilgan
34. Qo‘qon xonligi tarixiga oid asar bitgan shaxslardan
qay si biri harbiy lavozimda ishlagan?
A) Junayd mulla Avaz mulla Ro‘zimuhammad o‘g‘li
B) Hakimxon to‘ra ibn Sayid Ma’sumxon
C) Mushrif Isfarangiy
D) Mulla Ali qori Qunduziy
35. XIX asrning 1-yarmida Toshkentda amalga oshirilgan
me’morchilik-obodonchilik ishlariga quyidagilarning qaysi
biri xos emas?
A) shayx Xovandi Tohur me’moriy majmuasi hozirgi ko‘rin-
ishda shakllantirildi
B) Zayniddin bobo uchun yangi maqbara qad ko‘tardi
C) Yunusxo‘ja qarorgohi Eski O‘rda buzilgani sababli yan-
gi markaz – Qo‘qon O‘rdasi bunyod etildi
D) Mo‘yi Muborak madrasasi bunyod qilindi
36. Muhammad Rahimxon 1756-yilda kimlarning qo‘llab-quv-
vatlashi bilan o‘zini Buxoro hukmdori deb e’lon qildi?
A) Buxoro aslzodalari va ruhoniylarining
B) Buxoro hunarmandlari va savdogarlarining
C) Buxoro savdogarlari va dehqonlarining
D) Buxoro ruhoniylari va harbiylarining
113
Do'stlaringiz bilan baham: |