deb e’lon qildi.
C) Rossiyada qabul qilingan yangi «Sobor nizomi»ga ko‘ra,
dvoryanlar o‘zlari egalik qilayotgan yer-mulklarni ota meros
mulkka aylantirish huquqiga ega bo‘ldilar.
D) Germaniya knyazliklari Turkiya bosqiniga qarshi kura-
shish uchun tarixda birinchi marta yakdil qaror qabul qil dilar.
2. Quyidagi voqealarni davri bilan to‘g‘ri muvofiqlashtiring.
1) Xiva xonligi iqtisodiy inqirozga duchor bo‘ldi; 2) Buxoro
xonligida taxtni yoshi katta avlod egallashi an’anasiga rioya
qilinmay qo‘yildi; 3) Buxoro xonligi nisbatan markazlashgan
davlatga aylandi; 4) Shayboniylar davlati poytaxti Buxoroga
ko‘chirildi
a) XVI asrning 30-yillarida; b) XVI asrning 40-yillarida; c)
XVI asrning 70-yillarida; d) XVI asrning oxirlarida
A) 1-a, 2-c, 3-b, 4-d
B) 1-b, 2-d, 3-a, 4-c
C) 1-d, 2-a, 3-c, 4-b
D) 1-c, 2-b, 3-d, 4-a
106
3. Xiva xonligi elchilari Rossiyaga, asosan, qanday
buyumlarni olib borishgan?
A) gilam, qorako‘l teri va quruq mevalar
B) gazlama va to‘qilgan buyumlar
C) to‘qilgan buyumlar va qurol-aslahalar
D) qorako‘l teri va o‘simlik bo‘yoqlari
4. Buxoro xonligida Ashtarxoniylar davri yer egaligiga oid
ma’lumotlardan qaysilari tarixiy haqiqatga muvofiq keladi?
1) tanho shaklida in’om qilingan yerlar tanhodorning xu-
susiy mulki bo‘lgan; 2) davlat tasarrufidagi yerlar, aholi ya-
shaydigan qishloqlar shahzodalarga, yirik din ulamolari va
sayidlarga suyurg‘ol shaklida in’om qilingan; 3) tanhodor
o‘ziga berilgan yerlarda ishlayotgan dehqonlardan soliq olish
huquqiga ega bo‘lgan; 4) davlat tasarrufidagi yerlarni, aho-
li yashaydigan qishloqlarni harbiy qism boshliqlari va saroy
amaldorlariga tanho shaklida in’om qilingan; 5) barcha mulk
shakllariga xos xususiyat shunda ediki, ularda yersiz kam-
bag‘al dehqonlar ijara hisobiga mehnat qilganlar; 6) diniy
mahkamalarga mulki sultoniy hisobidan berilgan yerlar,
masjidlar, xonaqohlar, qabristonlar vaqf mulki hisoblanardi
A) 2, 3, 4, 5
B) 1, 2, 3, 6
C) 1, 3, 4, 5
D) 2, 4, 5, 6
5. XIX asrning boshlarida Samarqand shahrida rivojlan-
gan hunarmandchilik sohalariga quyidagilarning qaysi biri
muvofiq emas?
A) shoyi to‘qish, qog‘oz ishlab chiqarish, temirchilik
B) qandolatchilik, kashtachilik, kulolchilik
C) zargarlik, kandakorlik, qurolsozlik
D) kulolchilik, temirchilik, novvoylik
6. Amudaryoning quyi tarmog‘idagi Kegayli dehqonchilik
vohasi vujudga kelgan davrda yuz bergan voqeani aniqlang.
A) Choson qirolligida jamiyat hayotining barcha jabhalari-
ni chuqur inqiroz qamrab oldi.
B) Virginiyada atoqli abolitsionist Jon Braun qullar
qo‘zg‘olonini ko‘tarishga urinib ko‘rdi.
C) Sin imperiyasining istilochilik qudrati zaiflashdi.
D) Rossiya bilan imzolangan shartnomaga asosan Eron
Kavkazorti hududlariga bo‘lgan da’vosidan voz kechdi.
107
7. Qo‘qon xoni Abdukarimbiyning nabiralarini aniqlang.
1) Hojibek; 2) Murodxon; 3) Norbo‘tabiy; 4) Sheralixon
A) 2, 4 B) 1,2 C) 3, 4 D) 1,3
8. Qo‘qon xonligida hukmdor davlatni qaysi qatlamlarga
tayanib boshqargan?
1) hukmron qabila; 2) ruhoniylar; 3) qabilalarning nufuzli
tabaqalari; 4) savdogarlar; 5) harbiylar; 6) hunarmandlar; 7)
davlat amaldorlari
A) 1, 3, 4, 5, 7
B) 2, 4, 5, 6, 7
C) 1, 2, 3, 5, 7
Do'stlaringiz bilan baham: |