Korroziyabardosh po‘latlar. Korroziyabardosh po‘latlarga 0X18Í10T, 0X18Í10T, X18Í10T, X18Í9, X18Í9T, 0X18Í12T,
0X18Í12Á, 1X21Í5T, 1X16Í13B, X18Í12T va boshqa po‘latlar kiradi.
0X18Í10T, 0X18Í10 va X18Í10T po‘latlar, chok metali kris- tallitaro korroziyaga qarshi chidamli bo‘lish talab qilinmagan hol- larda, OÇË–14 elektrodlari bilan payvandlanadi. Bu elektrodlar bilan payvandlaganda payvand chokida 6—10% ferrit faza bo‘ladi. X18Í9, X18Í9T po‘latlari, chok metaliga kristallitaro korro- ziyaga qarshi chidamlilik talab qilinadigan hollarda yoki payvand birikmasi 350°C gacha haroratda ishlatiladigan bo‘lsa (agressiv muhit bo‘lmaganida 250 dan 800°C gacha haroratda ishlatilsa)
OÇË–8 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvand choklarida ferrit faza miqdori 3,5 dan 8,5 % gacha bo‘ladi.
X18Í10T, X18Í9T, 0X18Í12T, 0X18Í12B, 1X21Í5T,
1X16Í13Á po‘latlari agar payvand choki metaliga kristallitaro korroziyaga qarshi chidamlilik jihatidan yuqori talablar qo‘yila- digan bo‘lsa, ÖË–11 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvand choklarida ferrit faza miqdori 2,5 dan 7% gacha bo‘ladi.
X18Í12T po‘lat ÖÒ–15–1 elektrodlari bilan payvandlanadi (chokning asosi), payvand birikmasi 600—650°C haroratda va yuqori bosimda ishlatiladi. Payvand choklarida ferrit faza mi- qdori 5,6 dan 9% gacha bo‘ladi.
X18Í10T, X18Í9T po‘latlari, agar payvand choklari 560°C ga- cha haroratlarda ishlatilsa yoki chok metaliga kristallitaro korro- ziyaga qarshi yuqori talablar qo‘yilsa, ÇÈO–3 elektrodlari bilan payvandlanadi. Payvand chokida ferrit faza miqdori 2,5 dan 5% gacha bo‘ladi.
Olovbardosh po‘latlar. Bu guruhga X25T, X28, X23Í18, X23Í13, X20Í14C2, X25Í20C2 va boshqa po‘latlar kiradi. Agar payvandlanuvchi buyumlar 1150°C gacha haroratlarda ishlatila- digan bo‘lsa (oltingugurt gazi bo‘lmagan muhitlarda va sikliko o‘zgarishlar bo‘lmaganda) X25T va X28 po‘latlari OÇË–6 elek- trodlari bilan qisqa yoy yordamida payvandlanadi. Metall chet-
lari payvandlashga faqat mexanik usulda tayyorlanadi. Ferrit faza miqdori 2,5 dan 10% gacha bo‘ladi.
Agar payvandlanadigan buyumlar 850°C haroratdan yuqori haroratlarda ishlatiladigan bo‘lsa, X23Í18, X25T va X28 po‘lat- larni ÖË–25 elektrodlari bilan payvandlanadi. Kengligi elek- trod diametridan uch martadan ortiq bo‘lmagan valiklar tarzida payvandlanadi. Kraterlarni qisqa tutashuv yo‘li bilan to‘ldiriladi. Ferrit faza miqdori 3 dan 9 % gacha bo‘ladi.
900—1100°C gacha haroratlarda ishlatiladigan X25T, X28, X23Í13, X23Í18 po‘latlarni OÇË–4 elektrodlari bilan eng qisqa yoy vositasida payvandlaniladi. Chetlarni faqat mexanik usulda payvandlashga tayyorlanadi. Ferrit faza miqdori 2,5 dan 8% ga- cha bo‘ladi.
Oksidlovchi va uglerodlanuvchi muhitlarda 900—1050°C ha- roratlarda ishlaydigan X23Í18, X23Í13 po‘latlari OÇË–9A elektrodlari bilan payvandlanadi. Bu po‘latlarni payvandlashda kraterlarda yoriqlar paydo bo‘lmasligiga alohida ahamiyat ber- ish kerak. Ferrit faza bo‘lmaydi va ÃÎCÒ tomonidan normal- anmaydi. Payvand choklari kristallitlararo korroziyaga unchalik chidamli emas.
1050°C gacha haroratda ishlaydigan X20Í14C2, X25Í20C2 po‘latlari ÃC–1 elektrodlari bilan payvandlanadi (birinchi qat- lam). Eritilgan metalning olovbardoshligi 1150°C.
900—1100°C haroratda ishlaydigan X20Í14C2, X25Í20C2 po‘latlari OÇË–5 elektrodlari bilan payvandlanadi. Chetlari pay- vandlashga faqat mexanik usulda tayyorlanadi. Payvand choklari issiq yoriqlar paydo bo‘lishiga qarshi chidamli. 900—1100°C ha- roratda ishlatiladigan X20Í14C2 po‘lati ÖÒ–17 elektrodlari bilan payvandlanadi, bunda juda katta kenglikda—elektrod diametri- dan 3 martadan katta bo‘lmagan choklar solib payvandlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |