Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

6. Ilmiy bilimlar. Qadimgi Mesopotamiyada dunyoni ilmiy 

bilishda ma’lum yutuqlarga erishildi. Shumerliklar sanoqning 

oltmishlik tizimini yaratdilar. Uning asosida 1, 60, 600, 3600 



119

sonlari yotar edi. Keyinchalik, o‘nlik tizim – 1, 10, 100 asosi-

da paydo bo‘ldi. Mesopotamiyaning qadimgi aholisi arifmeti-

kaning to‘rt qoidasi: bo‘lish, algebraik tenglamani kvadrat va 

kub darajasiga ko‘tarib, ildiz chiqarib yechishni bilar edilar. 

Ular geometriyaning asoslari bilan tanish bo‘lib, «pi» sonini 

bilganlar. Aylana uzunligi, aylana maydoni, kesik piramida 

hajmi, to‘g‘ri burchakli uchburchakning tomonlari o‘rtasidagi 

nisbatini hi soblashni bilar edilar. Uzunlik va og‘irlik o‘lchov 

birliklari ishlab chiqildi. Astronomiya asosida oy kalendari 

yaratildi. Har bir oy 29 yoki 30 kundan iborat bo‘lib, yil 12 oy, 

354 kundan iborat bo‘lgan. Oy kalendarining quyosh kalen-

daridan farqi bir yilda 11 kunni tashkil etgan. Shu sababli, 

har 3 yilda qo‘shimcha o‘n uchinchi oyni kiritish talab qilin-

di. Yil mart-aprel oyi («nisan» oyi)dan boshlangan. Mil.avv. 

III ming yillikda har bir Shumer shahri ning o‘z kalendari bor 

edi. Astronomlar quyosh va oy tuti lishini bilar, kometa, mete-

oritlarning paydo bo‘lishi, yer qimirlashlarini belgilar edilar. 

Kun quyoshning chiqishidan emas, botishidan boshlangan. U 

har biri 2 soatdan bo‘lgan 12 qismga bo‘linib, har bir kundan 

yetti kunlik hafta tashkil topgan. 

Bobil astronomiya va matematikasi mil.avv. V asrda katta 

yutuqlarga erishdi. Bu vaqtda mashhur astronomiya maktab-

lari Uruk, Sippar, Bobil va Borsippada faoliyat ko‘rsatdi. Bo-

bilda matematika fanlaridan amaliy maqsadlar uchun foyda-

langanlar. Zamonaviy olimlar Bobil astronomiyasi taraqqiyotini 

sinchiklab o‘rganib, ular ning bu sohadagi bilimlari yunonlarni-

kiga qaraganda keng bo‘lganini etirof etadilar. Qadimdayoq 

bobilliklar zikkuratlarning yuqori qavatlaridan turib osmon 

jismlarini muntazam kuzatganlar. Mesopotamiyaning har bir 

shahrida zikkurat bunyod qilingan. Zikkurat, odatda, mahalliy 

bosh xudo ibodatxonasi oldida uch-to‘rt qavatdan yetti qavat-

gacha xom g‘ishtdan qurilgan minora bo‘lgan. Uning yuqori qis-

mini tashqi devori havorang sirlangan g‘ishtlar bilan qoplangan 

bo‘lib, bu yerda ziyoratgon joylashgan. Bu xudoning istiqomat-

gohi bo‘lib, xudo tunda bu yerda uxlab dam olgan. Kohinlar 

bu yerdan turib dehqonchilik uchun taqvim muddatlari bilan 

bog‘langan astronomik kuzatishlar olib borganlar. Ana shu ko‘p 

asrlik kuzatishlari natijasida matematik astronomiya vujudga 

keldi. Astronomlar yulduzlar o‘rtasidagi masofani astronomik 

hisoblab chiqqanlar. Bobilda ko‘p sonli astronomik jadvallar 



120

vujudga kelgan. Shu davrda Bobilda mashhur astronomlar – 

Naburian (mil.avv. VI asr) va Kiden (mil.avv. IV asr) yashagan. 

Naburian oy fazalarini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Kiden 

quyosh yilini 365 kun, 5 soat, 41 daqiqa va 41,6 soniya hi-

sobladi. U yil hisobi davomiyligida bor-yo‘g‘i 7 daqiqa, 17 soni-

yaga xato qilgan. Astronomiya astrologiya bilan bog‘langan edi. 

Bobil olimi Beroyes mil.avv. 270-yilda Kos orolida astronomiya 

maktabini ochdi. Bu maktab orqali yunonlar Bobil matemati-

kasi bilan tanishdilar. Yevropa astronomiyasi uyg‘onish davriga 

kelib faqat shu darajaga yetdi. Bobil astronomlarining bilimlari 

yunonlarga qaraganda keng bo‘lgan. 

Bizgacha juda ko‘p Bobil tibbiyot matnlari yetib kelgan. Me-

sopotamiya shifokorlari chiqqan va singan suyak bo‘g‘inlarini 

davolay olganlar, lekin odamning ichki kasalliklarini davolay ol-

maganlar. Chunki ular odamning jasadini ochib, ichki a’zolarni 

o‘rganmaganlar. Tibbiyot duo-afsunlar bilan yaqin bog‘langan. 

Qadimgi Mesopotamiyada terapevtlar, jarrohlar, akusherlar, 

veterinarlar bo‘lgan. Ular ko‘p kasalliklarni davolaganlar: ko‘zga 

tushgan pardani (kataraktani) olganlar, yaralarni ochganlar, 

singan suyaklarni o‘stirganlar, jigar, oshqozon, ichak kasal-

liklarini davolaganlar. Kasallik belgilarini aniqlash, tashhiz 

qo‘yishni bilganlar. Bizgacha tibbiy ma’lumotnomalar, qo‘llan-

malar yetib kelgan. Dori-darmon tayyorlashda o‘simlik, hayvon 

va minerallardan foydalanilgan.

 Mil.avv. III ming yillikdayoq Mesopotamiyaliklar Hindistonga 

bo radigan yo‘lni, mil.avv. I ming yillikda Efiopiya va Ispaniyaga 

boradigan yo‘lni bilganlar. Bizgacha yetib kelgan geografik xa-

ritalar bobilliklarning o‘z geografik bilimlarini tizimga solishga 

harakat qilganliklarini ko‘rsatadi. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish