Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

Arxivlar. Qadimgi Mesopotamiya arxivlar makoni bo‘lgan. 

Eng qadimgi arxivlar mil.avv. III ming yillikning birinchi chora-

giga tegishli. Bu davrda arxiv ma’lumotlari yozilgan taxtachalar 

namlikdan saqlash uchun mumlangan savatlarda saqlangan. 

Mil.avv. XIX asrga oid Ur shahri arxivi maxsus xonadagi yog‘och 

tokchalarda saqlangan. Mil.avv. XVIII asrga oid boy arxiv Mari 

podshosi saroyidan, Uruk shahridan mil.avv. VIII–VI asrlarga 

oid 2500 xo‘jalik hujjatlari arxivi topilgan. 



3. Maktab. Qadimgi Mesopotamiya shaharlarida ijtimoiy-iqti-

sodiy tarqqiyot natijasida savdo-hunarmandchilik ehtiyojlari va 

davlat xizmati savodli odamlarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. 

Mixxat yozuvlarini o‘qish ma’lum bir kasbiy tayyorgarlikni ta-

lab qildi. Shu sababli, dunyo tarixida ilk maktablar Shumerda 

paydo bo‘lgan. Ilk maktablar ibodatxonalar oldida bo‘lib, ke-

yinchalik ulardan tashqarida mavjud bo‘lgan. Shumer maktabi 

«edubba» («taxtachalar uyi») deb atalgan. Maktabning boshida 

«taxtachalar uyi otasi» turgan. Bir vaqtning o‘zida u o‘qituvchi 

vazifasini ham bajargan. Boshqa o‘qituvchilar – «katta aka-

lar» hamda nazoratchi – «qamchidan foydalanadigan» o‘qituv-

chilar ham bo‘lgan. O‘qituvchilar o‘quvchilarning ota-onalari 

bergan mablag‘ hisobidan kun kechirganlar. Maktabda o‘g‘il 

bolalar o‘qib, ular «taxtachalar uyi o‘g‘illari» deb atalgan. Mak-

tabda o‘qish uzoq va mashaqqatli bo‘lgan. O‘quvchilar shu mer 

va akkad tillari, yozuvning murakkab tizimini o‘rganishi, ada-

biy asarlardan nusxa ko‘chirish ko‘nikmasini olishi, ilohiyot-

shunoslik, matematika, geografiya, tabiatshunoslik va tibbiyot 

sohasidagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishlari lozim edi. Maktab 

o‘quvchisining hayoti to‘g‘risida bizgacha bir necha matnlar, 

shumer maktablari inshootlari qoldiqlari yetib kelgan. Qadim-

gi Uruk shahrining mil.avv. IV ming yillik oxiri – III ming yillik 




117

boshlariga tegishli qatlamlari qazib ochilganda birinchi o‘quv 

qo‘llanmalari bo‘lgan loy taxtachalar topilgan. Shuruppak 

shahri xarobalaridan mil.avv. III ming yillik o‘rtalariga tegish-

li katta miqdordagi «maktab matnlari» mavjud. Ko‘rinishidan  

keyinchalik maxsus kotiblik maktablari butun mamlakat 

bo‘ylab tarqalgan. 

Qadimgi Shumer va keyingi Bobil maktablarida asosan dav-

lat va ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Maktab-

lar ta’lim va madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan. Yuqori sinf o‘quv-

chilari kelajakda tor mutaxassislashuvga qarab, grammatika, 

astro nomiya va mate matikadan bilim olganlar. O‘zini fan-

ga bag‘ishlamoqchi bo‘lgan o‘quv chi bo‘lsa, huquq, astrono- 

miya, tibbiyot va matematikani o‘rgangan. Maktabda jismoniy 

jazo keng qo‘llanilgan. Mesopotamiya maktablari o‘quvchilari-

ning sinf xonasida fanlarni o‘rganish uchun loy taxtachalar-

da yozgan mashq matnlari hamda maktab sinf xonalari xaro-

balari qazib ochilgan. 



4. Adabiyot. Mesopotamiya dunyo tarixida qadimgi mifo-

logiya ning boy adabiy yodgorliklari topilgan hudud hisoblana-

di. Shumer adabiyotiga oid epik asarlar, afsonalar, madhiya, 

doston, ertak va maqollar to‘plami bizgacha yetib kelgan. Shu-

mer shahrining qo‘shni qabilalar hujumlari natijasida halokati 

to‘g‘risida ma’lumot beradigan asarlar alohida o‘rin tutadi. «Ur 

shahri aholisining halokati motam yig‘isi» (mil.avv. XX asr oxiri) 

asarida ayollar, qariyalar va bolalarning ochlikdan qiynalishi, 

yong‘indan qolgan uylarda halok bo‘lganlarning tafsilotlari ba-

tafsil tavsiflangan. 

Shumer adabiyotining eng mashhur namunasi afsonaviy 

qahramon Bilgamesh to‘g‘risidagi epik afsonalar to‘plamidir. 

Doston tarkibiga To‘fon afsonasi ham kiradi. Bu asar akkad 

tilida qayta ishlangan nusxada to‘laroq ko‘rinishda Ashshur-

banipal kutubxonasidan topilgan. Mil.avv. II ming yillik oxiri-

da Bobilda akkad tilida yozilgan falsafiy mavzudagi «Ha, men 

donolik ilohini sharaflayman» asari saqlanib qolgan. U aybsiz, 

mashaqqat chekkan kishining shafqatsiz taqdiri to‘g‘risida hi-

koya qiladi. 

Shu mavzuga yaqin «Bobil teoditsiyasi»



 (so‘zma-so‘z tarjimasi 

«xudoni oqlash») poemasi mil.avv. IX asrda paydo bo‘lgan. Un-

ing muallifi podsho saroyida kohin bo‘lib xizmat qilgan Esagil 

qul Ubbib nomli kishi bo‘lgan.



 Asarda bobilliklarni qiziqtirgan 

diniy-falsafiy  g‘oyalar  o‘z  aksini  topgan.  Mil.avv.  X  asrga  oid 




118

«Qul, menga bo‘ysun» asari hayotga umidsizlik ruhida yozilgan. 

U xo‘jayinning o‘z quli bilan suhbati tarzida bayon qilinadi. 

Katta badiiy qiymatga ega bo‘lgan Osuriya podsholarin-

ing annallari osur jangchilari bo‘lgan begona davlatlar tabia-

ti to‘g‘risida ritmik tilda yozilgan. Eng mashhur osur asarlari-

dan biri Osuriya podsholarining dono kotibi va maslahatchisi 

Axikar to‘grisidagi qissadir. Qissa to‘liqroq holda suriya tilida 

saqlanib qolgan. 

5. Din. Qadimgi Mesopotamiya jamiyatining mafkuraviy ha-

yotida diniy e’tiqod hukmron o‘rinni egallagan. Mil.avv. IV–III 

ming yilliklar chegarasida Shumerda batafsil ishlab chiqilgan, 

keyinchalik, Bobilda o‘zlashtirilib, rivojlantirilgan teologik tizim 

yuzaga keladi. Har bir Shumer shahri o‘z xudo homiysiga ega 

bo‘lgan. Bundan tashqari, barcha shumer shaharlari sig‘ingan 

xudolar bo‘lgan. Bu osmon xudosi Anu, yer xudosi Enlil, suv 

xudosi Enki yoki Ea kabi ilohlar tabiat hodisalari kuchlarini 

aks ettirgan. Ko‘pincha ular koinot jismiga o‘xshatilgan. Har 

bir xudoga alohida vazifa yuklatilgan. Enlil taqdir xudosi, sha-

harlar asoschisi hamda motiga va omoch kashfiyotchisi; shu-

mer quyosh xudosi Utu (akkad mifologiyasida Shamash); xudo 

Enlilning  o‘g‘li  Ninnar;  sevgi  va  hosildorlik  ma’budasi  Innana 

(Bobil va Osuriya panteonida Ishtar); abadiy hayot, tabiat xu-

dosi Dumuzi (Bobilda – Tammuz) keng tarqalgan. 

Urush xudosi, kasallik va o‘lim xudosi Nergal (Marsen) Mars 

sayyorasiga o‘xshatilgan. Bobil bosh xudosi Marduk – Yupiter 

sayyorasiga, Nabu (Mardukning o‘g‘li) donolik, yozuv va hisob 

xudosi Merkuriy sayyorasiga o‘xshatilgan. 

Xudolardan tashqari ko‘p sonli ezgulik devlariga sig‘inilgan. 

Turli xil kasalliklar sababchisi bo‘lgan yovuz devlarni rahmdil 

qilishga harakat qilganlar. Devlar yarim odam, yarim hayvon 

tarzida tasvirlangan. Odamlar o‘zlarini odam boshli, qanotli 

ho‘kiz sifatida ifo dalaganlar. Qanotli ulkan haykallar Osuriya 

podsholari saroylariga kirish joyini qo‘riqlagan. 

Shumer va akkadlar u dunyoga ishonganlar. Ularning tasav-

vurida u dunyo soyalar podsholigi, qaysiki, o‘liklar ochlik va 

chanqoqlikdan qiynaladilar. Loy, chang bilan ovqatlanadilar. 

Shuning uchun marhumlarning bolalari ularga qurbonlik kel-

tirishga majburdirlar. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish