«Fanlar»
asarida dehqonchilik, ritorika, harbiy ish va tibbiyot to‘g‘risida
turli ma’lumotlarni jamladi.
6. Tarix. Ilk imperiya davrida tarixiy asarlar va tarjimayi hol-
lar yozish janri keng rivojlandi. Mil.avv. 59-yil – milodiy 17-yil-
larda Paviya shahrida yashagan notiq Tit Liviy lotin tilida «Sha-
harga asos solinganidan keyingi Rim tarixi» nomli 142 jildli ta-
rix asarini yozdi. Tit Liviy voqealar bayonini mil.avv. 9-yilgacha
olib bordi. Yangi era boshlarida Pompey Trog «Jahon tarixi»ni
44 jildda lotin tilida yozdi. Yana bir «Jahon tarixi» yunon tilida
Yahudiya podshosi Irod I ning maslahatchisi damashqlik Ni-
kolay tomonidan 144 jildda yozildi. Asarda voqealar mil.avv. IV
asrgacha yoritilgan.
Mil.avv. I asrda Korneliy Nepot «Mashhur kishilar to‘g‘risi-
da» biografik asarini yozdi. Mil.avv. I asr oxirida galikarnaslik
Dionisiy «Rim qadriyatlari» nomli tarixiy asarini yozdi. Bizga-
cha bu asardan faqat 9 tasi yetib kelgan. Italiya va uning
provinsiyalari tarixi va geografiyasi to‘g‘risida qimmatli ma’lu-
motlar Strabonning «Geografiya» asarida (17 kitob) beriladi.
Strabonning yana bir asari «Tarixiy yozishmalar» bizgacha ye-
tib kelmagan.
Milodiy I asrda Velley Paterkulning «Jahon tarixi» nomli
2 jildli kitobi, notiq Valeriy Maksimning «Mashhur ishlar va
so‘zlar» nomli 9 kitobda tarixiy latifalar keltiriladi. Kvint Kur-
siy Ruf «Makedoniyalik Aleksandr tarixi» nomli 10 jildli kitob
yozdi. Imperatorlar Vespasian va Titning klienti yahudiy Iosif
Flaviyning 7 jildli «Yahudiya urushi tarixi», 20 jildli «Yahudi-
ya qadimiyatlari» asarlari sharqiy provinsiyalar to‘g‘risida boy
ma’lumotlar beradi. Davlat arbobi, tarixchi, yozuvchi Gay
584
Pliniy Sekund (24–79-yillar) san’at, madaniyat va fan soha-
larida noyob ma’lumotlar to‘plami – «Tabiiy tarix» nomli 37
jildli ensiklopedik asar yozdi. Bu ulkan asarda 500 muallif,
2 ming kitobdan olingan ma’lumotlar umumlashtirilgan. Ta-
rixchi Publiy Tatsit (mil.avv. 58-120 yillar) prokurator oila-
sida tug‘ilgan, pretor (88 yil), konsul (97 yil), Osiyo provinsi-
yasi prokonsuli (112/113-yillar). Tatsit 16 jildli «An’analar»,
14 jildli «Tarix» asarlarini yozdi. Bu asarlar Yuliy Klavdiy va
Flaviylar sulolalarining 14–96-yillardagi tarixini qamragan
davrni aks ettiradi. Tatsitning «Germaniya» asari german qa-
bilalarining ijtimoiy tuzumi, dini va turmushi to‘g‘risidagi ta-
rixiy-geografik ocherk hisoblanadi.
Imperator Adrianning kotibi Gay Svetoniy Trankvill
(70–140-yillar) «O‘n ikki Sezar hayoti tasviri» asarida Sezardan
Domitsiangacha bo‘lgan Rim imperatorlarining biografiyasi
to‘plamini yaratdi. Tatsitning zamondoshi, 46–126-yillarda
yashagan yunon yozuvchisi Plutarx 210 ta turli xil asarlar
yozgan. Bizgacha ulardan 150 tasi yetib kelgan. Plutarx mash-
hur yunon-rim arboblarining 50 biografiyasi, bitta makedon
– Aleksandrning va bir fors – Artakresks I ning biografiyasini
yozadi.
Makedoniyalik Appian 160–165-yillarda 24 jildli «Rim ta-
rixi» asarini, Rim senatori Dion Kassiy Koksian (155–235-yillar)
yunon tilida 80 jildli «Rim tarixi»ni yozdi. Dion Kassiyning bu
kitobidan 25 jildi va ko‘p sonli parchalar bizgacha yetib kelgan.
Dion Kassiyning kichik zamondoshi Gerodian «Markdan keyin
imperator hokimiyati» (Mark Avreliyning o‘limidan so‘ng Gor-
dian III hukmronligigacha, 180–238-yillar) 8 jildli tarix kitobini
yunon tilida yozdi.
Mashhur davlat arbobi Gay Yuliy Sezar (mil.avv. 100–44-yil-
lar) Rim tarixiga oid bir necha asarlar yozdi. Bizgacha uning
faqat «Galliya urushlari to‘g‘risidagi yozuvlar» (7 kitob) va
«Fuqarolik urushi to‘g‘risidagi yozuvlar» (3 kitob) asarlari ye-
tib kelgan. Tarixiy monografiya janrining asoschisi Gay Sal-
lyustiy Krisp (mil.avv. 86–35-yillar) keksalik paytida «Katili-
na fitnasi to‘g‘risida», «Yugurta urushi to‘g‘risida» hamda mil.
avv. 78–67-yillar voqealarini qamrab olgan «Tarix» asarini
yozgan.
III–IV asrlarning ikkinchi yarmida Rim tarixshunosligi tush-
kunlikka yuz tutdi. IV asrda «Imperatorlar tarixi yozuvchilari»
585
nomi bilan II–III asrlar imperatorlari biografiyalari to‘plami
paydo bo‘ldi. Bu to‘plam materiallarida Antoniylar boshqaruv
davridan imperiyaning yemirilish davriga o‘tishi yaqqol ko‘rsa-
tiladi. So‘nggi mashhur Rim tarixchisi Ammian Martsellin
(330–400-yillar) edi. Uning kelib chiqishi yunon bo‘lib, lotin ti-
lida «Faoliyat» nomli 31 jildli tarixiy asarini yozdi. Bu asar Tatsit
«Tarix»ini davom ettirib, 96–378-yillardagi voqealarni o‘z ichiga
oladi. IV asrda so‘nggi imperiya davrining siyosati va mafku-
rasi tarixi bo‘yicha imperatorlarga maqtovlar, notiq Libaniyning
nutq va xatlari paydo bo‘ldi. IV asrda xristian tarixshunosligi-
ning shakllanishi boshlandi. Xristian cherkovi tarixi bo‘yicha
«Cherkov tarixlari» lotin va yunon tilida paydo bo‘ldi. Ularning
orasida kesariyalik taniqli tarixchi va ilohiyotshunos Yevse-
viyning «Buyuk Konstantin tarjimayi holi» va «Cherkov tarixi»
asarlari alohida o‘rin tutadi. Rimning parokandalik davri sa-
bablarini xristian tarixchilari ham o‘z nuqtayi nazarlari bo‘yicha
yoritdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |