2. Sulla diktaturasining o‘rnatilishi. Spartak bosh-
chiligidagi qullar qo‘zg‘oloni. Rim respublikasi mil.avv. 80-
yil boshlarida Italiyada ittifoqchilik urushlari tugaganidan
keyin moliyaviy tushkunlik, savdo-hunarmandchilik degra-
datsiyasi va ichki siyosiy beqarorlik holatida edi. Shu bilan
bir vaqtda Pont podshosi Mitridat VI ning Kichik Osiyo va
Bolqon yarimorolini bosib olishi Rimni sharqda urush bosh-
lashiga chaqiriq bo‘ldi. Mitridat mashhur shaxs bo‘lib, ba-
land bo‘yli, juda katta jismoniy kuchga ega bo‘lgan. U 22
tilni bilgan, har tomonlama ma’lumotli kishi edi. Mitridat VI
Bosfor, Kolxida, Kichik Armanistonni bosib olib, rimliklar-
ning Kichik Osiyo mulklariga bostirib kirdi. Mahalliy aho-
li uni xaloskor sifatida kutib oldi. Kichik Osiyoning barcha
shaharlarida uning topshirig‘i bilan bir kunda 30 ming rimlik
o‘ldirildi. Mitridatga qarshi urushda qo‘shinga qo‘mondonlik
qilish uchun birdaniga ikki sarkarda da’vogar bo‘ldi. Ulardan
biri optimatlar yetakchisi, mil.avv. 88-yilda konsul bo‘lgan
50 yoshli Lutsiy Korneliy Sulla edi. Ikkinchi da’vogar popu-
lyarlarning o‘tmishdagi ittifoqchisi, 6 marta konsul bo‘lgan
shuhratparast, 68 yoshli keksa Gay Mariy edi.
Rim qo‘shiniga qo‘mondonlik qilish senat tomonidan Lut-
sey Korneliy Sullaga (mil.avv. 138–78-yillar) topshirildi. Rim-
da xalq yig‘ini esa Sullani chetlatib, Sharqqa yurishga Gay
Mariyni qo‘mondon etib tayinladi. Shu vaqtda Janubiy Ita-
liyada turgan g‘ayratli sarkarda Sulla o‘z qo‘shinlariga juda
katta va’dalar berib, Rimga yurish qildi. Rim o‘zining ko‘p
asrlik tarixi davomida birinchi bor rimlik qo‘shinlar tomoni-
dan jang bilan egallandi. Gay Mariy Afrikaga yashirinishga
majbur bo‘ldi. Sulla o‘z qo‘shini bilan Yunonistonga yurish
qilib, Mitridat VI qo‘shinlarini tor-mor qildi. Shu vaqtda Rim-
da to‘ntarish sodir bo‘lib, hokimiyatni yettinchi marta konsul
qilib saylangan Gay Mariy va 4 marta konsul bo‘lgan Sinna
egalladilar Tez orada Mariy bezgak kasalligidan vafot etdi.
Sulla mil.avv. 83-yilda o‘z qo‘shini bilan Janubiy Italiyaga
kelib tushdi. Fuqarolar urushining yangi davri boshlandi. Bu
urush Sullaning g‘alabasi bilan tugadi.
Sulla hokimiyatni bosib olgach, o‘z mavqeyini huquqiy ras-
miylashtirdi. U senatga murojaat qilib, davlatda tartib o‘rnatish
uchun bir kishini favqulodda vakolatlar bilan ta’minlash zarur-
ligini aytdi. Komisiyalar (mil.avv. 82-yil)da oliy hokimiyat
to‘g‘risida qonun qabul qilinib, Sullaga noma’lum vaqtgacha
526
diktatorlik vakolatini berdi. Qonunga ko‘ra, Sulla qonunlar
chiqarish va boshqaruvni tashkil etish uchun cheklanmagan
vakolatlarga ega bo‘ldi. Diktator barcha sohalarda fuqarolar
hayoti va mulkiga o‘zi xohlagancha egalik qiladi; u alohida
kishilarga oliy hokimiyatni berishi mumkin, koloniyalar bar-
po qilishi mumkin, tashqi siyosatni olib borishi mumkin, har
qanday muammo bo‘yicha qonunlar chiqarishi mumkin. Ilgari
diktatura muddati qat’iy (6 oygacha) cheklab qo‘yilar edi. Sulla
esa noma’lum vaqtgacha diktator etib tayinlandi. Sulla o‘zining
raqiblarini bartaraf qilish uchun proskripsiya deb nomlangan
tadbirni amalga oshirdi. Sulla tomonidan tuzilgan, mol-mul-
ki tortib olinishi kerak bo‘lgan va o‘zi xoin deb hisoblagan
kishilarning alohida ro‘yxati (proskripsiya) shunday deb atalar
edi. Kim bu ro‘yxatga tushgan bo‘lsa, u qonundan tashqari deb
e’lon qilinib, har qanday kishi uni o‘ldirishi, hatto bu uchun
mukofot olishi mumkin edi. Shu yo‘l bilan 100 senator va 2500
suvoriy o‘ldirildi va ularning mulki musodara qilindi. O‘ldiril-
ganlarning boshi forumga qo‘yildi. Hukm qilinganlarning mul-
ki auksionda sotildi. Sullaning yaqinlari, uning ozod qullari va
veteranlari katta mol-mulkka ega bo‘ldilar. G‘arazli maqsadlar,
shaxsiy dushmanlik bilan ko‘pgina begunoh kishilar o‘ldirildi.
Sulla bepul non tarqatishni bekor qildi, qarz foizlarini chek-
ladi hamda mil.avv. 241-yilda bekor qilingan senturiy komisi-
yalarini qayta tikladi. Senat tarkibiga Sulla o‘z tarafdorlaridan
bo‘lgan 300 yangi a’zoni kiritdi. Diktator plebey tribunlari va
komisiyalarning qonunchilik hokimiyatini bekor qilib, bu va-
kolatni senatga berdi. Sullaning maqsadi eski bo‘lib, patritsiy–
plebey aslzodalarining hokimiyatini qayta tiklash edi.
Uning davrida senatda aslzodalar hukmronlik qila bosh-
ladilar. Sud hokimiyati suvoriylardan qaytarib olinib, senatga
berildi. Sulla o‘rnatgan tartib-qoidalarning tayanchi uning ve-
teranlari edi. Sulla o‘zining legioner veteranlariga (harbiy xizmati
tugagan askarlar) Italiya shaharlari va qishloqlaridan proskrip-
siya ro‘yxati bo‘yicha qatl etilgan «yangi fuqarolarning» yerlarini
taqsimlab berdi. Veteranlar har qanday norozilikni bostirishga
tayyor turar edilar. Lekin tez orada mil.avv. 79-yilda ko‘plar
uchun kutilmagan holda Sulla diktatorlik vakolatini o‘zidan so-
qit qilib, hokimiyatdan chetlashdi. Diktator tuzalmas qichima
kasalligiga yo‘liqqan bo‘lib, badaniga yiringli yara toshib ketgan
va faqat suvda cho‘milib, bir oz orom topar edi. Sobiq diktator
baliqchilik bilan shug‘ullanib, memuarlar yozdi. Sulla mil.avv.
527
78-yil 60 yoshida miyasiga qon quyilishi oqibatida vafot etdi.
Sulla konstitutsiyasi yana 8 yil yashadi.
Mohir sarkarda Sulla askarlari orasida katta obro‘ga ega edi.
U xudbin, sovuqqon bo‘lib, pulga juda o‘ch edi. U ma’lumotli
odam bo‘lib, yunon adabiyoti va falsafasini yaxshi bilgan. Bir
qobilyatsiz shoir Sullaga bag‘ishlangan maqtov she’rini keltir-
ganda Sulla unga boshqa she’r yozmaslik sharti bilan katta
miqdorda pul berishga buyruq beradi.
Sulla konstitutsiyasiga birinchi bo‘lib 78-yilda konsul
bo‘lgan Mark Emiliy Lepid qarshi chiqdi. Konsullikni top-
shirib, Lepid qo‘shin to‘plab Rimga yurish qildi. Lekin Mars
maydonidagi jangda yengildi. U Sardiniyaga qochib ketdi
va shu yerda vafot qildi. Ikkinchi bo‘lib Sullaga qarshi mil.
avv. 81-yil Ispaniyada noiblikni topshirgan Sertoriy chiqdi.
Kvint Sertoriy iberlar bilan yaxshi munosabatda bo‘ldi. Ibirlar
uning legionlari safini to‘ldirdilar. Sulla tartib-qoidalariga
sodiq bo‘lgan senat unga qarshi Gney Pompey boshchiligi-
da katta qo‘shin yubordi. Mil.avv. 72-yil Ispaniyada Sertoriy
qo‘zg‘oloni bostirildi va qatl etildi.
Shu vaqtda Italiyani Spartak rahbarligidagi misli ko‘rilmagan
qullar qo‘zg‘oloni qalqitib yubordi (mil.avv. 74 –71-yillar). Spar-
tak kelib chiqishi Frakiyadan bo‘lib, Rim qo‘shinida yollanma
askar bo‘lib xizmat qiladi va xizmatdan qochadi. Keyin esa asir
olinib, gladiatorlikka berilgan. Spartak o‘zining jismoniy kuchi,
dovyurakligi uchun ozodlikka chiqadi. Kapuya shahridagi Len-
tul Batiatning gladiatorlik maktabiga qilichbozlik o‘qituvchisi
bo‘lib ishga kiradi. Boshda Spartak qo‘zg‘oloniga ahamiyat be-
rilmadi. Sarkardalik qobiliyatiga ega bo‘lgan shijoatli Spartak
tez orada o‘z qo‘l ostida qullardan tuzilgan 120 ming kishilik
qo‘shin to‘pladi. Bir necha bor rimliklar ustidan g‘alaba qildi.
Ayniqsa, Shimoliy Italiyadagi Mutina shahri yonida Spartak
yaxshi qurollangan ikki konsul boshchilik qilgan Rim qo‘shin-
larini tor-mor qildi (mil.avv. 72-yil). Bu hol Rimni vahimaga
tushirib qo‘ydi.
Senat mil.avv. 72-yilda Spartakka qarshi qo‘shinga bosh-
chilik qilishni favqulodda vakolatlar bilan eng boy quldor Mark
Krassga topshirdi. Spartak tezlik bilan Rimni chetlab o‘tib, Ita-
liyaning janubiga yurish qildi. Farazlarga ko‘ra, Spartak Sitsili-
yaga o‘tishga harakat qilgan. Spartakning Sitsiliyaga o‘tishi-
da kemalar bilan ta’minlashga va’da bergan Kilikiya dengiz
qaroqchilari (piratlar) uni aldadilar. Qullar qo‘shini Bruttiya
528
viloyatida qamalib qoldi. Krass bu yerda 52,5 km uzunlikdagi
okop qazishga buyruq berdi. Spartak qo‘shinlari rimliklarning
bu to‘siqlarini buzib o‘tib, Brundiziy portiga qarab harakat qil-
dilar. U o‘z qo‘shinini kemalar bilan Yunonistonga olib o‘tmoq-
chi edi. Tez orada Spartak qo‘shinlaridan bir necha qismlar
ajralib ketdi. Bu Spartakning kuchini zaiflashtirdi. Krass qullar
qo‘shinini ta’qib ostiga olib, ularning orqasidan izma-iz bordi.
Apuliya viloyatida Krass va Spartak qo‘shinlari o‘rtasida hal qi-
luvchi jang bo‘ldi (mil.avv.71-yil). Jang boshlanishida Spartak-
ka otini minishga hozirladilar, lekin u qilichini sug‘urib otni
o‘ldirdi. Spartak g‘alaba qilgan taqdirda eng yaxshi otlarga ega
bo‘lishi mumkinligi, yengilgan taqdirda hech qanday ot kerak
emasligini aytdi. Jang juda shafqatsiz bo‘lib, rimliklar g‘alaba
qildilar. Spartak va minglab qullar bu jangda qahramonlarcha
halok bo‘ldi. Uch yil davom etgan qullar qo‘zg‘oloni bostirildi. 6
ming qul Kapuyadan Rimga boradigan yo‘lda xochga mixlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |