461
qazishmalar Italiyada odamlar paleolit davrida joylashgani-
ni tasdiqlaydi. Ular dastlab g‘orlarda yashaganlar va ovchilik
bilan shug‘ullanganlar. Mil.avv. 1800-yillar atrofida Apennin
yarim orollariga shimoldan yangi qabilalar kelib o‘rnashdilar.
Ular o‘zlari bilan Terra-Marra (italyancha – «qora unumdor yer»)
dehqonchilik madaniyatini olib keldilar. Bu qabilalar suvdan
ko‘tarilgan ustunlarga o‘rnatilgan yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri qirg‘oq-
da qurilgan uylarda yashaganlar. Keyinchalik bu madaniyat-
ning vakillari lotin, samniy, umbr qabilalariga bo‘linib ketdilar.
Mil.avv. I ming yillik atrofida qabilalarning yangi to‘lqini Vil-
lan madaniyatini (Boloniya yaqinidagi joy nomi bo‘yicha) olib
keldilar. Bu madaniyat vakillari mayitlarni
gulxanda yoqib,
kulini maxsus idishlarda saqlaganlar. Mil.avv. VIII asrda Itali-
yada ikki til guruhida so‘zlaydigan: lotin-sikull, sabin-umbrlar
qabilalar guruhi tashkil topdi. Lotinlar dastlab qadimgi Lat-
siya hududida yashadilar. Umbrlar Tibrning yuqori qismida,
samniylar tog‘li Samniy viloyati, Shimoliy Kampaniya, Apuli-
ya, Lukaniya va Bruttiyada hayot kechirganlar. Tili umbrlar va
sabin qabilalariga yaqin bo‘lgan volsklar lotinlardan janubdagi
hududda joylashganlar.
Aterna
daryosining so‘l qirg‘og‘ida vestin va marusin qabi-
lalari yashaganlar. Ularning ijtimoiy munosabatlari mutlaqo
ibtidoiy edi. Mamlakatning shimoliy-g‘arbidagi ligurlar itali-
yaliklar kelishigacha eng qadimgi tub joy aholi edi. Jez davri
boshlarida kelgindi hind-yevropa qabilalari ligurlarni Itali-
yaning shimoliy-g‘arbiga siqib chiqardilar. Italiyada joylash-
gan sikan va sikunlar ham ibtidoiy hayot kechirar edilar. Ular
dastlab Sitsiliyada yashaganlar. Keyinchalik ularni Finikiya va
yunon kolonistlari orol ichkarisiga siqib chiqardilar. Bu davr-
da Italiya hududida finikiyaliklar va etrusklar qaram kishilar
mehnatidan foydalanib, jamiyat taraqqiyotida yuqori darajaga
erishganlar. Mil.avv. I ming yillikda yarim orol aholisining aso-
siy qismini hind-yevropa qabilalari bo‘lgan italiyaliklar, illiriya-
liklar va yunonlar tashkil qildi.
Yunonlar ilk bor Italiyada mil.avv. II ming yillikda pay-
do bo‘ldilar. Mil.avv. VIII asrda Janubiy Italiya va Sitsiliyada
ko‘plab yunon koloniyalari barpo qilina boshlandi. Janubiy
Italiyada shunday koloniyalardan Lokri, Sibaris, Tarent va Kro-
ton; Sitsiliyada esa Sirakuza, Gela va Akragant koloniyalariga
asos solindi. Yunonlar uzumchilik, zaytun daraxti, donli ekin-
lar ekish, chorvachilik bilan shug‘ullandilar. Yunon shaharla-
462
rida hunarmandchilik rivojlanib, Tarent qizil zarbof matosi,
Regiy bronza buyumlari, Sirakuza kemalari, Qum shahri kulol-
chilik bilan shuhrat qozondi. Yunon koloniyalarida savdo-hu-
narmandchilik, dehqonchilik gullab-yashnadi. Bu koloniyalar
o‘z ona vatanlari – Bolqon Yunonistoni, Kichik Osiyo va bosh-
qa hududlar bilan faol savdo aloqalarini yo‘lga qo‘ydilar. Vaqt
o‘tishi bilan bu hudud Buyuk Yunoniston nomini oldi. Yunon
koloniyalarida ijtimoiy-siyosiy hayot o‘ta ziddiyatli edi. Yunon-
lar va ularning koloniyalari joylashgan hududlardagi xalqlar-
ning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari, davlat tuzumi, madaniy
turmush tarzi o‘zaro bir-biriga ta’sir qilib, taraqqiyot jarayonida
jiddiy o‘zgarishlarga olib keldi.
Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Po daryosi vodiysida kel’t qa-
bilalari o‘rnashdilar. Ular bosh kiyimlarini xo‘roz patlari bilan
bezar edilar. Shu sababli, rimliklar ularni gall (lotincha gallus
– «xo‘roz») deb atadilar. Mil.avv. VI asrdan Sitsiliya va Italiya-
ga finikiyaliklar o‘rnasha boshladilar. Mil.avv. III asrda Itali-
ya hududi Rim istilolari natijasida yagona davlatga birlashdi.
Natijada bu yerda yashagan turli qabila va xalqlar bir-biri bi-
lan yaqinlashib, romanlashish jarayonini boshdan kechirdi.
Mil.avv. I asrga kelib lotin tilida so‘zlashadigan yagona italiyan
xalqi shakllandi. Shu davrdan boshlab mamlakat Italiya deb
atala boshlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: