shakllangan. O‘sha vaqtdan qolgan juda ko‘p hujjatlar marka-
beradi. Markazlashgan byurokratik idora tizimi borgan sari
49
va fir’avnga tamomila itoat qilishga maj bur qilinganlar. Mam-
lakat Shimoliy va Janubiy Misrni o‘z ichiga olgan ikkita kat-
ta ma’muriy okrugga bo‘lingan. Okrugga fir’avnning maxsus
hokimi qo‘yilgan. Bu esa idora qilish ishini yanada ko‘proq
markazlashtirishga imkon bergan. Nomlarni idora qilish pod-
sho amaldorlari qo‘liga topshirilgan. Har bir viloyatning boshi-
da maxsus amaldor turgan. Uning mirzasi va alohida devoni
bo‘lgan. Shaharlarni fir’avn tayinlagan maxsus mansabdorlar
boshqarganlar.
Hujjatlarda sud ishining qanday tashkil qilinganligiga oid
ba’zi bir ma’lumotlar saqlanib qolgan. O‘sha davrdayoq sud
qonunlari to‘plami bo‘lgan. Shunday tasvirlar saqlanib qolgan-
ki, bu tasvirda biz sud mahkamasida bosh sudyaning o‘tirgani-
ni va uning oldida bir sandiq bo‘lib, uning ichida 40 ta qonun-
lar to‘plamining yozilgan matni borligini ko‘ramiz. Exnaton o‘zi-
ni «Qonun o‘rnatuvchi» deb atagan. U o‘z yozuvlarida qonunga
doimo rioya qilinganligini bayon qiladi.
Bu davrda boshqaruv xodimlari soni o‘sib ketdi, boshqaruv
bo‘g‘inlari ko‘paydi. Lavozimlar aniq darajalarga bo‘linadi. Tut-
mos III ning bosh vaziri Rexmirning yo‘riqnomasi davlat ap-
parati murakkab tuzilganini ko‘rsatadi. Bizgacha yetib kelgan
ushbu hujjatga ko‘ra, XVIII sulola davrida davlat apparati bir
necha bo‘g‘inlarga bo‘lingan. Bu yo‘riqnoma quyidagi so‘zlar-
dan boshlanadi: «Shahar boshlig‘i, janubiy shahar va qaror-
goh vaziri vazir devonida o‘sha to‘ra-vazir majlis qurganida,
shu vazir devonida eshitib turgan chog‘ida qilishi lozim bo‘lgan
hamma ishlar xususida farmoyish beradi va u vazir kursisi-
da o‘tiradi. Yerga bo‘yra solingan, tepasida taxtiravon, uning
orqasida ham, oyoq ostida ham teri to‘shalgan, qo‘lida aso,
oldida 40 kun uning kamida ikki tomonida janubning 10 ta
kibori, ichki qasr boshlig‘i uning o‘ng tomonidan daromadlar
boshlig‘i, chap tomonda vazirning mirzalari qo‘liga yaqin joyda
turadigan…». Bu yo‘riqnomaga qaraganda, bu oliy mansabdagi
amaldor butun mamlakatni idora qilish ishini o‘z qo‘liga olgan.
Markaziy boshqaruv apparati bir necha bo‘g‘inlarga bo‘lingan.
Xazina boshlig‘i, uy boshqaruvchisi (soliq yig‘uvchi, xiroj to‘lov-
chi), ekinlar mudiri, chorva boshlig‘i, qabulxona boshlig‘i, sud
mudiri, harbiy palatalar boshlig‘i kabi vazifalariga ega bo‘lgan
vazir qoshida 10 ta Yuqori Misr amaldorlari bo‘lgan. Keyingi
bo‘g‘in hududiy-ma’muriy boshqaruv apparati bo‘lgan. Rexmir
yo‘riqnomasiga ko‘ra, vazir to‘rtta ma’muriy hududlarni bosh-
50
qaradigan amaldorlarni tayinlagan. «U (vazir) Yuqori va Quyi
Misr va Yuqori Misrning janubiy qismi (Fiva boshchiligidagi
poytaxt okrugi). Nilning viloyati. Ular barcha yuz bergan vo-
qealar to‘grisida har to‘rt oyda hisobot berishlari kerak. Ular
vazirlarga o‘zlarining boshqaruvlari yozuvlarini yetkazadilar»
(O‘sha davrdagi hujjatdan parcha…).
Davlat xavfsizligi uchun muhim bo‘lgan qo‘shinda yollanma
askarlar soni ko‘paytirilgan. Shu maqsadda Liviya qabilalari-
dan ko‘plab askarlar olingan, qo‘mondonlik tarkibi va qo‘shin-
ning moddiy ta’minoti mustahkamlangan. Tashkiliy jihatdan
qo‘shinlar shimoliy va janubiy qismlarga bo‘lingan.
Do'stlaringiz bilan baham: