1. Din va falsafa. Ellinizm davrida yunon dunyosi Sharq
diniy tasavvurlarini qabul qila boshladi. Misrda Kichik Osiyo
xudosi Serapisga sig‘inish avj oldi. Misr ma’budasi Isidani
yunonlar Demetra sifatida qabul qildilar. Pergamda Frigiya
ma’budasi (Kibela – yerning onasi) bosh ma’buda sifatida qabul
qilina boshlandi. Ellinlashgan Sharq ilohlarining barchasi mis-
tik va ekstatik edi.
442
Ellin davlatlarida turli xudolar, turli xalqlarning diniy e’tiqod-
lari keng tarqaldi. Diniy tolerantlik shakllandi. Joylarda din-
ning universalligini namoyish qilishga intilib, barcha xudolar-
ga atab ibodatxona – Panteon qurila boshlandi. Ana shunday
Panteon
Aleksandriyada qurildi. Yunonistonda yahudiy dini
tarqala boshladi. Yunonlar bu monoteistik dinga ishonib, uni
qabul qildilar. Yahudiy diniga yangi qabul qilinganlar
«prozelit-
lar» deb ataldi.
Turli hududlarda turli xudolarga e’tiqod qilish saqlanib qol-
sa-da, ayrim xudolarga e’tiqod qilish keng tarqaldi. Zevs, Dio-
nis, Osiris hamda Kichik Osiyo ma’budlari Sabaziy va Adonis-
ga, ayol ma’budalardan Misr Isidasiga sig‘inish keng yoyildi.
Sharqda shakllangan sinkretik e’tiqodlar Kichik Osiyo, Yunon-
iston va Makedoniya, keyinchalik esa G‘arbiy O‘rtayer dengiziga
kirib bordi.
Ellin madaniyatining tarqalishidagi eng muhim omil an’ana-
viy va yangi paydo bo‘lgan ko‘plab bayramlar bo‘ldi. Xudolar
sharafiga o‘tkaziladigan bayramlar bir qatorda homiy podsho-
lar sharafiga diniy markazlar va poytaxtlarda o‘tkaziladigan
maxsus bayramlar paydo bo‘ldi. Misol uchun, ana shunday
bayramlardan biri mil.avv. 165-yil poytaxt Antioxiya yaqinida
salavkiy sulolasi hukmdori Antiox IV (mil.avv. 175–160-yil-
lar) tomonidan o‘tkazilgan bayramni ko‘rsatish mumkin. Bu
bayram ning ochilishida 50 mingga yaqin piyoda va otliq askar-
lar, jang ara valari va fillar, oltin gulchambar kiygan 800 o‘smir
va oltin hamda kumush bilan bezalgan taxtiravonlarda o‘tirgan
580 ta ayollar; xudolar va qahramonlarning son-sanoqsiz boy
bezalgan haykallari; yuzlab qullar oltin va kumush buyumlar,
fil suyagini olib borar edilar. Manbada 300 qurbonlik dastur-
xonlari va minglab boqilgan buqalar ko‘rsatiladi. Bayram 30
kun davom etib, bayram davomida turli xil gimnastika o‘yinlari,
bellashuvlar, teatr tomoshalari, ming-bir yarim ming kishiga
mo‘ljallangan bazmlar va ov uyushtiriladi.
Ptolemeylar Misrda qadimgi fir’avnlar davrida bo‘lganidek,
podsho hokimiyatining mavqeyi kuchayib ketdi va ellin shar-
qidagi boshqa mamlakatlardagi kabi Misrda podsholarga
sig‘inish yana avj oldi. Ptolemey II Filadelf o‘zi va o‘z singlisi
Arsinoyaga sig‘inishga farmon berib, o‘zi va singlisi sharafiga
ibodatxonalar qurdirdi. Shuningdek, Misrda Ptolemey III va
uning xotini Berenikaga sig‘inish keng yoyildi.
443
O‘sha davr falsafasida inson shaxsini o‘rganish muammosi bi-
rinchi o‘ringa chiqa boshladi. Mil.avv. V–IV asrlarda ikki falsafiy
maktab: yangi stoik va epikur maktablari vujudga keldi. Ular
inson, shaxs nima, baxt nima degan savollar ustida bosh qoti-
ra boshladilar. Afinada stoiklar maktabiga mil.avv. 302-yil kelib
chiqi shi Kipr orolidan bo‘lgan faylasuf Zenon (mil.avv. 336–264-yil-
lar) asos soldi. Bu maktabga ellin davrining ko‘pgina taniqli fayla-
suflari va olimlari kirgan edi. Stoiklar Afinaning eng gavjum joyi
bo‘lmish ago rada, naqshin peshayvon «stoya» ostida va’z aytib, o‘z
tinglovchilariga ta’lim berar edilar (Bu maktabning nomi ham shu
so‘zdan kelib chiqqan). Stoizm yunon
va Sharq nazariyalarining
sintezi edi. U keng tarqalgan va shu bilan birga, uzoq yashagan
ellin falsafiy maktabi edi. Stoiklar hamma narsani, shu jumladan,
fikr, so‘z, olov va shu kabilarni ham jism deb atar edilar. Butun
olamni stoiklar rivojlanib turadigan olov deb hisoblashar edi.
Stoik lar barcha odamlar teng degan g‘oyani ilgari surdilar. Ular
insonlar tabiat bilan uyg‘un holda yashab, baxt va ilohiylik topadi,
degan fikrni shakllantirdilar.
Mil.avv. IV asrda Afinada Epikur falsafa maktabi shakllan-
di. Faylasuf Epikurning bog‘ida uning do‘stlari va shogirdlari
to‘planib, falsafiy suhbatlar qurdilar. Bozorlar, maydonlar,
odam lar ko‘p bo‘lgan joylarda o‘z ta’limotlarini targ‘ib qilgan
stoiklardan farq qilgan holda Epikur tinch va sokin joyda ta-
fakkur qilishni yo‘lga qo‘ydi. Epikurchilar «Baxtning mohiyati –
azobning yo‘qligidir», «Kimda kam ehtiyoj bo‘lsa, u kishida ko‘p
farog‘at bo‘ladi» tushunchalarini ilgari surdilar.
Aleksandrning ustozi faylasuf Aristotel «Afina politiyasi» asa-
rini yozib, davlat boshqaruvining uch shaklini: bir kishining
qo‘lidagi hokimiyat – monarxiyani, ozchilik hokimiyati – oli-
garxiya, uchinchisi ko‘pchilikning hokimiyati demokratiyani
ko‘rsatdi. Mil.avv. III asrda yana bir falsafiy maktab – skeptiklar
maktabi shakllandi. Bu maktabga Arastuning kichik zamon-
doshi Pirron asos soldi. Skeptiklar atrof dunyoni bilib bo‘lmay-
di, uning tabiati to‘g‘risidagi barcha nazariyalar xayol deb hi-
sobladilar. Shuning uchun ular fizika bilan shug‘ullanmadi-
lar. Dunyoni bilish nazariyalarini yaratmadilar. Lekin boshqa
maktablar yaratgan nazariyalar tanqidiga e’tibor berdilar. Ular:
«Barcha narsalarni hech qachon bilib bo‘lmaydi, ular haqida
na haqiqatni, na yolg‘onni aytishlari
mumkin emas», deb hi-
sobladilar.
444
Skeptiklar falsafiy oqimi tibbiyotga ta’sir qildi. Tabiblar ka-
salliklarning sabablarini bilishlari mumkin emas, faqat bemor
kasalligini kuzatish kerak, kasallikni kasalda dorilarni sinash
bilan davolash zarur, degan tushunchani ilgari surdilar.
Mil.avv. IV asrda falsafada yana bir maktab – kiniklar pay-
do bo‘ldi. Bu maktab asoschisi Antisfen bo‘lib, Diogen uning
mashhur o‘quvchisi edi. Kiniklar tabiatga qaytish qulaylikla-
ridan voz kechishni talab qildilar. Inson yaratgan qonun-qoi-
dalari tabiatga qarama-qarshidir deb, davlatni tan olmadilar.
Ular ko‘chalar, maydonlar va portlarda olomon oldida so‘zga
chiqib, mavjud tartib-qoidalarning noto‘g‘riligini asosladilar.
Kambag‘allikni nafaqat so‘zda, balki o‘z turmush tarzlari bilan
targ‘ib qildilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |