liklariga o‘xshash. Paleolit yodgorliklari Hindiqush tog‘ etaklari-
dahorda ilk dehqonchilik rivojlanishini ko‘rsatadi. Afg‘oniston-
da eng qadimgi dehqonchilik va chorvachilik yodgorliklari mil.
suz arxeologi J.M. Kasalning arxeologik qazishmalari natijasi-
turli taqinchoqlar tayyorlash boshlanadi. Bu davrda ko‘rinishi-
dan mulkiy tabaqalanish kuchaydi. Mingquduq hududi deh-
201
qon jamoasining manzilgohi va ilk shahar bo‘lgan. Munguduq
qo‘rg‘oni mahalliy poytaxt bo‘lgan deb faraz qilinadi. Bu yerda
katta inshootlar barpo qilinadi. Shunday inshootlardan biri ma-
halliy hokimning qarorgohi bo‘lgan. Bu yerdagi ikkinchi yana
bir inshoot – ibodatxona qurilgan. Hozirgi Pokiston hududida
joylashgan qadimgi Xarappa shahri Afg‘onistondan mashhur
la’l toshini olgan.
Janubiy Afg‘onistonda Seyiston viloyatida (Gilmen viloya-
ti) ham ilk dehqonchilik rivojlanadi. Mil.avv. II ming yillikda
Shimolda Mozori sharif hududida bir necha vodiylarda deh-
qonchilik va chorvachilik o‘choqlari paydo bo‘ladi. Avesto-
da Afg‘onistondagi qator tari xiy-madaniy viloyatlar nomlari
mavjud: Qandahor viloyati «Avesto»da Xaraxvati (yunon tilida
Araxosiya), Seyiston viloyati «Avesto»da Xaytumanta (hozirgi
Gilmend). Hirot viloyati «Avesto»da Xaroyva (yunon tilida Ari-
ya), Amudaryoning o‘rta oqimi O‘zbekiston va Tojikistonning
janubi bilan Baqtriya Avestoda Baxdu (yunon tilida Baqtri-
ana), Murg‘ob va Turkmanistonning janubi-sharqi Marg‘i-
yona Avestoda Mouru (yunon tilida Margiana). Avestoda
Afg‘oniston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston hududla-
rini o‘z ichiga olgan Baqtriya davlatini shakllangani to‘g‘risi-
da qimmatli ma’lumotlar mavjud. Avestoning «Mixr yasht»
qismida (Mitraga bag‘ishlangan qism) bir necha viloyatlar-
ni birlashtirgan davlat tepasida turgan Daxyanat to‘g‘risida
so‘z boradi. Oriylar mamlakati So‘g‘d, Marg‘iyona, Ariya, Xo-
razm va Afg‘onistonning tog‘li hududlaridagi viloyat tavsifla-
nadi. Zardushtiylik dini asoschisi Zardusht mil.avv. VII asr-
da yashagan. Uning onasi Dugdava (sigir sog‘uvchi), otasi
Purushaspa (kulrang otlar egasi). Zardusht 30 yoshida yan-
gi ta’limotni targ‘ib qilishni boshlaydi. An’anaviy din kohin-
lari uni ta’qib qilganlari uchun o‘z tug‘ilgan joyidan ketish-
ga majbur bo‘ladi. U hokim Vishtasp saroyida panoh topa-
di. Vishtasp saroyida uning ta’limotiga zodagonlar, hokim-
ning bosh maslahatchisi Jamasp ergashadilar. U 42 yoshida
necha yutuqqa erishadi. Vishtasp hokimiyatini mustahkam-
lay olmaydi. Uning yaqinlaridan biri uni hokimiyatdan chet-
lashtiradi. Zardusht 77 yoshida tur qabilasi vakili tomonidan
o‘ldiriladi. Bu Baqtriyada katta davlat tuzish uchun kurash
borganidan dalolat beradi. Baqtriya davlati hukmdorlari kat-
ta yutuqlarga erishadilar. Avestoda Baqtriya bayroqlari ba-
land ko‘tarilgan ming shaharli mamlakat deb tavsiflanadi.