Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

RIM IMPERIYASINING OLTIN DAVRI  

(MILODIY II ASR)

1. Rim imperiyasining oltin davri (milodiy II asr). 2. Im-

perium Romanum. 3. Ijtimoiy-iqtisodiy hayot.

1. Rim imperiyasining oltin davri (milodiy II asr). Domit-

sian o‘limidan so‘ng senat 66 yoshli senator Mark Koksey Ner-

vani (96–98-yillar) imperator etib sayladi. Uning hukmronligi 

bilan II asrdan Rim imperiyasida Antoniylar sulolasi hukmron-

ligi boshlandi. U qadimgi senator urug‘idan bo‘lib, uning sayla-

nishi senat va imperator o‘rtasidagi kelishuvning ramziy belgisi 

edi. Nerva qo‘shinda tayanchga ega bo‘lish uchun Germaniya 

provinsiyasi noibi Mark Ulpiy Trayanni taxt vorisi etib tayin-

lashga majbur bo‘ldi. Trayan askarlar o‘rtasida obro‘-e’tiborga 

ega edi. Nerva agrar qonun qabul qilib, eng kambag‘al fuqa-

rolarga 60 mln sestersiyli yerni taqsimlab berdi. Kam ta’min-

langan fuqarolar, bolalarga mablag‘ ajratilib, ijtimoiy ta’minot 

jamg‘arma tizimi asoslari yaratildi. Trayan 98–117-yillar Rim 

imperiyasiga hukmronlik qilgan paytdan imperiya o‘zining iqti-

sodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisiga 

chiqdi (96–196-yillar). Bu imperiyaning oltin davri edi. 

Trayan davrida Rimning oxirgi istilochilik urushlari olib bo-

rildi. U faol tashqi siyosat olib borib, imperiya hududlarini ken-

gaytirdi. Uning davrida legionlar soni 30 taga yetkazildi. Rim 

qo‘shinlari 101–103-yillar va 105–107-yillarda Dunay bo‘ylari-

dagi kuchli Dakiya podsholigini bo‘ysundirdi. Dakiyaning pod-

shosi Detsebal o‘z joniga qasd qildi. Dakiya Rim provinsiyasiga 

aylandi. Dakiyaning bosib olinishi natijasida uning boy oltin va 

tuz konlari Rimga katta o‘lja bo‘ldi. Dakiya g‘alabasiga bag‘ish-

lab Rimda 123 kun turli tomoshalar ko‘rsatildi. Plebeyga mo‘l-

ko‘l sadaqa ulashildi. Trayanning ajoyib termalari (hammom-

lari), yangi suv quvuri hamda balandligi 30 metrli Trayan ko-

lonnasi bunyod etildi. 106-yilda Arabistonda Nabatey davlati 

Rimga qo‘shib olindi. 

Trayan  Parfiyadan  Mesopotamiya  va  Armanistonni  tortib  

olish uchun 113-yilda urush boshladi. Keyingi yil Armaniston-

ni bosib olib, uni provinsiyaga aylantirdi. G‘ayratli imperator 

115–116-yillarda Parfiya podshosi Vologes IV qo‘shinlarini tor-



549

mor qilib, uning poytaxti Ktesifonni egalladi. Butun Mesopo-

tamiya Fors qo‘ltig‘igacha imperiya tarkibiga kirdi. Mahalliy 

aholining Rim bosqinidan noroziligi va sharqiy provinsiyalarda 

vaziyatning notinchligi Trayanni legionlarni Frot qirg‘og‘idan 

olib ketishga majbur qildi. Sharqda yangi bosib olingan yerlar-

ni rimliklar qo‘ldan chiqardilar. Italiyaga qaytishda Kilikiyada 

Trayan kasal bo‘lib, 117-yil avgustida vafot etdi. 

Taxtga Trayanning jiyani, 41 yoshli asrandi o‘g‘li Publiy Eliy 

Adrian chiqdi (117–138-yillar). U Trayanga loyiq, juda puxta 

ma’lumot olgan, ajoyib boshqaruvchi, tajribali sarkarda, aqlli 

va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi sifatida o‘z oldida turgan 

muammolarni juda yaxshi tushunar edi. Adrian davlat resurs-

larining to‘la tugagani va Sharqda bosqinchilik siyosatining 

samarasizligini  anglab  yetib,  Parfiya  bilan  Frot  daryosi  bo‘yi 

chegaralarini tiklash sharti bilan tinchlik shartnomasini tuz-

di. Adrian imperiyaning sharqiy chegaralarida kuchli mudofaa 

inshootlarini bunyod qildi. Ana shunday tadbirlar natijasida 

Parfiya bilan tinchlik 44 yil saqlandi. 

Sharqda ishlarni tugallab, Adrian Yevropa va Afrikada im-

periya chegaralarini mustahkamlash maqsadida chegara isteh-

komlarini qurish bo‘yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi. Ana 

shunday istehkomlardan biri Adrian vali (istehkomi) Britaniya-

da hozirgacha saqlanib qolgan. 

Adrian qo‘shinning yuqori jangovar holatda saqlab turish-

ga katta e’tibor berdi. U legionlarni Rim yoki lotin fuqaroli-

gi bo‘lmagan provinsiya aholisidan to‘ldirishga ruxsat berdi. 

Chunki bu vaqtda qo‘shinga xizmat qilishga xohish bildirgan 

fuqarolar soni keskin qisqardi. Rim harbiy mashinasini var-

varlashtirish uchun asos ana shunday yaratildi. Adrian davlat 

boshqaruvi tizimini mustahkamlashga qaratilgan qator tad-

birlarni amalga oshirdi. U prinseps kengashini qayta tashkil 

qildi. Kengash tarkibiga oliy amaldorlar, muassasa rahbarlari 

va yirik yuristlar jalb qilindi. Adrian boshqaruvga suvoriylar 

toifasining ko‘plab vakillarini taklif qildi. Qullarni qatl qilishni 

taqiqladi. Uning vorisi Antonin Piy qullarga ibodatxona meh-

robi va imperatorlar haykallari oldida panoh izlash huquqini 

berdi. U davlat pochtasini joriy qildi. Provinsiyalar boshqaruvi-

ni qayta tuzib, noiblar faoliyati ustidan doimiy nazorat o‘rnat-

di. Adrian uzoq sayohat qildi va ko‘plab inshootlarni bunyod 

qildi: Venera va Roma ibodatxonalari, mashhur Rim panteo-

nini bunyod qildi. Panteon hashamatli marmar va ma’budlar 




550

haykallari (inshoot markazida Yupiter haykali) bilan bezaldi. 

Panteon binosi hozirgi kunda mashhur kishilar dafn qilinadi-

gan mavzoley. Adrian deyarli barcha provinsiyalarga safar qil-

di. Safar davomida aholining turmush tarzini o‘rgandi, joylarda 

turli ijtimoiy-iqtisodiy muam molarni hal qildi. Provinsiya zoda-

gonlari Adrianning siyosatini qo‘llab-quvvatladilar. Rim shahri 

aholisi bilan provinsiyaliklar o‘rtasidagi farq yo‘qoldi. Adrian 

138-yil og‘ir kasallikdan vafot etdi. Uning tantanali dafnidan 

so‘ng kuli solingan idish maxsus qurilgan mavzoleyga qo‘yildi.  

Uning vorisi Antonin Piy (138–161-yillar) boy senator bo‘lib,  

uning davrida iqtisodiy o‘sish davom etdi. U daklarning qo‘z-

g‘olonini,  Mavretaniyadagi  norozilikni  bostirdi.  Parfiyaga  bir 

vaqt lar bosib olingan podsho taxtini qaytardi. 

Adrianning vorisi kelib chiqishi Gall shahri Nimdan bo‘lgan 

Antoniy Piy (mil.avv. 138–161-yillar) boy senatorlardan biri 

edi.  Uning  boshqaruv  tamoyili  aeguetas,  felieitas,  fides  (ado-

lat, baxt, sadoqat) edi. U Trayan va Adrian erishgan yutuqlarni 

mustahkamladi. Uning davrida Yahudiylar qo‘zg‘oloni (mil.avv. 

152-yil), Misr (mil.avv. 155–152-yillar)da norozilik harakatlari 

yuz berdi. Qo‘zg‘olon ko‘targan gaklarga qarshi urush olib bor-

di. Tashqi siyosatda Adrianning hamkorlik siyosatini olib bordi. 

Parfiya, Hindiston, Gerkaniyadan Rimga elchilar keldi. Trayan 

Parfiyadan tortib olgan taxtni Vologez III ga qaytarishdan bosh 

tortdi. Parfiyaning bosqinini murosa-muzokara bilan yo‘q qildi. 

Antoniylar sulolasining taniqli vakillaridan biri, tarixga taxt-

dagi faylasuf sifatida kirgan Mark Avreliy (161–180-yillar) edi. 

Mark Avreliy uchun davlat manfaatlari hamma narsadan yuqori 

bo‘lib, imperiya taqdiri uchun o‘z mas’uliyatini to‘la anglab yet-

gan edi. U senator va suvoriy toifalari bilan yaqin hamkorlik-

da ish olib bordi. Senat tarkibiga ko‘pgina provinsiya zodagon-

larini, ayniqsa, kelib chiqishi Sharqdan va Afrikadan bo‘lgan 

nufuz li kishilarni kiritdi. Mark Avreliy 19 yil hukmronlik qildi. 

Unga qarshi shu yillar davomida birorta ham fitna uyushtiril-

madi. U 180-yil 59 yoshida Vindobana (Vena) shahrida vafot 

etdi. Rimda uning sharafiga kolonna bunyod etildi. 

Uning vorisi 18 yoshli o‘g‘li Kommod (180–192-yillar) impera-

tor bo‘ldi. Antoniylar sulolasining so‘nggi vakili Kommod qo‘pol, 

shafqatsiz va maishatparast hukmdor edi. Otasining o‘limidan 

keyin Kommod kvad va markomann qabilalari bilan urushni 

tugatib, 180-yilda Rimga qaytdi. Davlat boshqaruvini o‘zining 

ochko‘z  yaqinlariga  topshirib,  kayf-safoga  berildi.  O‘z  rafiqa-




551

sini qatl etib, buzuqchilk yo‘liga kirdi. Katta jismoniy kuchga 

ega bo‘lgan imperator o‘zini rimlik Gerkules deb e’lon qildi. U 

omma oldida arslon terisini yopinib, yelkasida kaltak bilan pay-

do bo‘lar edi. Amfiteatr sahnasiga gladiator sifatida chiqdi. Oxir- 

oqibatda es-hushini yo‘qotib, kalendarning barcha oylarini o‘z 

nomiga o‘zgartirdi. Hatto Rimning nomini o‘zgartirib, uni «Kom-

mod» shahri deb atashga buyruq berdi. 

Kommodga qarshi 183-yilda fitna uyushtirildi, lekin u amal-

ga oshmadi. Shundan so‘ng senatorlar toifasiga qarshi ta’qib, 

qatllar avj oldi. Pannoniya va Britaniyada norozilik harakat-

lari, daklar va markomannlar qo‘zg‘olonlari qo‘shin tomonidan 

zo‘rg‘a bostirildi. 193-yilga o‘tar kechasi Kommod gladiatorlar 

kazarmasida ma’shuqasi va pretor gvardiyasi boshlig‘i qat-

nashgan  fitnada  o‘ldirildi.  U  keyingi  kun  gladiator  kiyimida 

konsullik ni qabul qilishi kerak edi. 




Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish