Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi



Download 3,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/345
Sana29.12.2021
Hajmi3,16 Mb.
#84336
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   345
Bog'liq
jahon tarixi i qism. qadimgi sharq yunoniston rim

6. Tiraniya. Yunonistonda mil.avv. VIII–VI asrlarda xo‘ja-

lik hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar siyosiy hayotga o‘z 

ta’sirini ko‘rsatdi. Savdo, hunarmandchilik ishlab chiqarishi-

ning ilk rivoji hukmron tabaqa – katta yer egalari – oqsuyak zo-

dagonlarga qarshi turgan kuchli, ko‘p sonli savdo, hunarmand-

lar qatlamining paydo bo‘lishiga olib keldi. Milet, Efes, Korinf, 

Sikion,  Megara,  Afina  shaharlari,  Samos,  Lesbos  va  Sitsiliya 

orol larida iqtisodiy o‘sish kuchli edi. Aynan shu joylarda kuch-

li, siyosiy faol shaxslar hokimiyatni noqonuniy tarzda zo‘ravon-

lik bilan bosib oldilar. Hokimiyatni noqonuniy, zo‘ravonlik bi-

lan egallab, boshqarish shakli – «tiraniya» paydo bo‘ldi. Tiraniya 

mil.avv. VII asrda ayrim yunon shaharlari (Korinf, Sikion, Milet, 

Efes,  Afina,  Sirakuza,  Megara,  Argos)da  keng  tarqaldi.  Zoda-

gonlar ichidan chiqqan tiranlar urug‘ zodagonlari va xalq hoki-

miyatini keskin rad qildilar. Hokimiyatni bosib olgan tiranlar 

o‘zlarining raqiblari bo‘lgan oqsuyak urug‘ zodagonlariga qarshi 

shafqatsiz kurashdilar. Chunki bu vaqtda urug‘ zodagonlari ja-

moa-polisning eng uyushgan hamda boy va ta’sirli qismi edilar. 

Shu sababli, tiranlar o‘zlarining shaxsiy hokimiyatlari uchun 

eng xavfli deb, zodagonlar hokimiyatini hisoblar edilar. Tiran-




354

lar o‘z hokimiyatlarini kuch bilan ushlab turgan holda urug‘ 

aslzodalarining siyosiy-iqtisodiy hukmronligini zaiflashtirdilar. 

Tiranlar  aslzodalarning  kuch-qudratini  zaiflashtirib,  demosni 

kuychaytirdilar va o‘zlari istamagan holda hokimiyatlarining 

halokati uchun qulay shart-sharoit yaratdilar. 

Xalq ommasi orasida mustahkam tayanchga ega bo‘lish 

uchun tiranlar kambag‘al qatlamlarni tirikchilik o‘tkazishi 

uchun shart-sharoitlar yaratdilar. Xalq ommasi tiranlarni yoq-

tirmas, lekin hurmat qilar edi. Ular aholini ish bilan band qilish 

maqsadida yo‘llar, kanallar, binolar qurilishi kabi jamoat ish-

larini uyushtirdilar. Savdo-hunarmandchilik va qishloq xo‘jalik 

sohalarini bevosita qo‘llab-quvvatladilar. Tiranlar madaniyat, 

ma’rifat, qadimiy urf-odat, an’ana va diniy e’tiqodlarni rag‘bat-

lantirdilar. Ularning hukmronligi davrida yunon polislari o‘zla-

rining  buyuk  kelajaklari  poydevorini  qo‘ydi  (Afina-Pisistrat 

davrida, Sirakuza-Gelon va Dionisiy davrida). Korinf va Samos 

shaharlarining gullab-yashnashiga tiranlar sababchi bo‘ldilar. 

Tiranlar boshqaruvga o‘z qarindosh-urug‘larini tortdilar. Ular 

boshqaruvda yollanma qo‘shinlardan foydalandilar.

Sitsiliya orolidagi yunon-shahar davlatlaridan biri Sirakuza 

edi. Geron tiraniyasidan so‘ng shaharda demokratik tuzum qa-

ror topdi va mil.avv. V asr oxirigacha davom etdi. Sirakuzaning 

raqibi Karfagen unga qarshi mil.avv. 409–405-yillarda g‘olibona 

urush olib bordi. Sirakuzada og‘ir harbiy siyosiy vaziyat yuzaga 

kelib, hokimiyatni o‘rta tabaqadan chiqqan harbiy boshliq, 24 

yoshli Dionisiy bosib oldi. Dionisiyning tiraniyasi 40 yil atrofida 

(mil.avv. 406–367-yillar) davom etdi. Bu davrda Sirakuza na-

faqat Sitsiliyada, balki butun Yunonistonda eng yetakchi davlat 

birlashmalaridan biriga aylandi. Mohir siyosatchi bo‘lgan Di-

onisiy mil.avv. 398–392-yillarda Karfagen bilan bo‘lgan urush-

da g‘alaba qozondi. Natijada Sitsiliyaning katta qismini bosib 

oldi. Janubiy Italiyadagi Regiy, Kavloniya va Kraton shaharla-

rini qaram qildi. Hatto Adriatika dengizining shimoli, Illiriya 

qirg‘oqlariga o‘rnashib oldi. Dionisiy Po daryosining boshida o‘z 

koloniyalarini barpo qiladi. Sirakuza Sitsiliyani Bolqon bilan 

bog‘laydigan savdo yo‘li ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi. 

Dionisiy davlat boshqaruvida xalq yig‘ini mavqeyini pa-

saytirdi. Muhim davlat ishlari Dionisiy oldida majlis qiladigan 

«do‘stlar kengashi»da muhokama qilindi. Tiran harbiy qo‘shinni 

nihoyat darajada mustahkamladi. Qo‘shin yaxshi qurollantiril-

di.  Qo‘shinning  1/3  qismi  yollanma  askarlar  edi.  Harbiy  flot 




355

400 kemadan tashkil topdi. Dionisiy nozik ijtimoiy siyosat olib 

bordi. U barcha ijtimoiy qatlamlarning manfaat va ehtiyojlarini 

qondirishga harakat qildi. Yersizlarga yer berdi, harbiy o‘ljalar-

ni xayr-ehson qilib, xalq uchun bayramlar uyushtirdi. Sirakuza 

zodagonlariga mansablar berib, o‘ziga moyil qilishga urindi. O‘z 

muxoliflarini musodara qildi. Dionisiyning hokimiyati merosiy 

deb e’lon qilindi. Qudratli Dionisiy vafotidan so‘ng uning zaif 

o‘g‘lining hokimiyati ag‘darilib, Sirakuzada demokratiya qaror 

topdi. Dionisiyning o‘g‘li Dionisiy II Sirakuzani mil.avv. 357-yil-

gacha boshqardi. Hokimiyatdan mahrum bo‘lgach, Korinfda 

yashab, kambag‘allashib tilanchilik qildi va tirikchilik uchun 

bolalarni o‘qitdi. 

Timoleon (mil.avv. 411–337-yillar) siyosatchi va sarkarda 

bo‘lib, demokratiyaning qizg‘in tarafdori edi. U mil.avv. 364-yil-

da Korinfda o‘z akasi tiran Timofanni o‘ldirishda qatnashdi. 

Mil.avv. 357-yilda Korinfning koloniyasi Sirakuzaga Dionisiy 

II ning tiraniyasiga qarshi va Sirakuzani bosib olishga uri-

nayotgan qudratli Karfagen davlatiga qarshi urushga yuborildi. 

U Sirakuza, Leontina, Kanat shaharlarida tiraniyani tugatdi. 

Bu shaharlarni Sirakuza ittifoqiga birlashtirdi. Korinflik fuqa-

rolarning katta qismini Sirakuzaga ko‘chirdi, Karfagen qo‘shin-

larini mil.avv. 341-yilda tor-mor qilib, Karfagen bilan tinchlik 

shartnomasini tuzdi. Shartnomaga ko‘ra Karfagenning mulklari 

Sitsiliyaning g‘arbiy qismi bilan cheklandi. Timoleon Sirakuza-

da demokratiyani qayta tikladi (mil.avv. 352–336-yillar). Uning 

vafotidan so‘ng shahar oldidagi xizmatlari uchun Sirakuzada 

unga haykal o‘rnatildi. 

Yunon shaharlarida demos ma’lum darajada kuch to‘pla-

ganidan so‘ng, o‘zlari yoqtirmagan tiranlarning hokimiyatidan 

yengil qutildilar. Tiraniya urug‘ zodagonlari bilan kurashda 

yetakchi rol o‘ynab, mil.avv. V asr boshlarida deyarli hamma 

joyda polis tuzumi o‘rnatilishi uchun qulay shart-sharoitlarni 

yaratib berdi va hokimiyatni topshirib, siyosiy sahnadan chiqib 

ketdi. 


Download 3,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   345




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish