7. Sin, Xan davlatlari (mil.avv. III asr – milodiy III asr). Mil.
avv. IV asrda boshqa davlatlarda ham davlat hokimiyatini mus-
tahkamlaydigan, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni barqaror qiladigan
286
islohotlar o‘tkazildi. Amaldor Shan Yanning mil.avv. 350-yil-
larda o‘tkazgan islohoti natijasida Sin davlati qudratli davlatga
aylandi. Shu davrdan boshlab Sin hukmdorlari bosqinchilik si-
yosatini olib bordilar. Qo‘shni davlatlarning ichki ziddiyatlari va
o‘zaro urushlaridan foydalangan Sin vanlari qadimgi Xitoyning
barcha davlatlari hududlarini bosib ola boshladilar.
Mil.avv. 246-yil Sin taxtiga 10 yoshli In Chjen chiqdi. Mil.
avv. 238-yil yosh podsho Chjen o‘ziga qarshi fitnani fosh qil-
di. Mil.avv. 230-yil asosiy raqib bo‘lgan Xan podsholigini, mil.
avv. 228–221-yillar oralig‘ida boshqa besh podsholiklarni bosib
oldi. Mil.avv. 221-yil Shandun yarim orolidagi so‘nggi mus-
taqil davlat Si podsholigi bosib olinib, Xitoy o‘z tarixida ilk bor
yagona davlatga birlashtirildi. Sin davlatining poytaxti Syanyan
umumxitoy davlati poytaxti deb e’lon qilindi. Sin vani 28 yoshli
In Chjen Sin Shixuandi («Sin sulolasining birinchi imperato-
ri») unvonini qabul qildi. U «Bizning avlodimiz vorislik tartibiga
ko‘ra, Ershi («Ikkinchi»), San’shi («uchinchi») va toki o‘n ming-
lab avlodlargacha ular abadiy merosxo‘r bo‘ladilar», deb o‘z far-
monida tantanali e’lon qildi. Ammo bu davlat bor-yo‘g‘i 14 yil
yashadi.
Sin Shixuandi bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Shi-
molga yurish qilib, syunnu qabilalarini Xuanxe havzasidan
haydab chiqardi. U Janubiy Xitoy va Shimoliy Ve’tnamga
yurish qildi. Qo‘shin bu yurishda juda katta talafot ko‘rdi. Qad-
imgi Ve’tnamning Namyue (Namvyet) va Oulo (Aulak) davlatlari
rasman bo‘ysundirildi xolos. Sin davlatining poytaxti Chyanyan
imperiya poytaxtiga aylantirildi.
Sin Shixuandi butun mamlakatda Shan Yan ko‘rsatmalarini
yuritdi. Sin hududi zodagonlari imtiyozli mavqega ega bo‘lib,
barcha davlat lavozimlarini egallab oldilar. Ieroglif yozuv uni-
fikatsiya qilinib, soddalashtirildi. Barcha to‘la huquqli erkin
fuqaro uchun qonun bilan «qoraboshlar» nomi belgilandi. Qul-
lar bozori tashkil etildi.
Mamlakat hududi 36 yirik ma’muriy okrug (szyun)ga bo‘lin-
di. Har bir okrug uyezdlar (szyan)ga, uyezdlar volostlar (szyan)
ga, volostlar esa bir necha jamoa (li)dan iborat edi. Okrug bosh-
lig‘i (szyun shou) va okrug qo‘shin boshlig‘i (szyun vey) impe-
rator tomonidan tayinlangan. Okrug boshlig‘i uyezd boshlig‘i va
ularning o‘rinbosarlarini tayinlagan. Har ikki lavozimga bir xil
miqdorda maosh berilgan. Jamoa oqsoqollari (fulao yoki sanlao)
saylab qo‘yilgan. Imperatorning ikki maslahatchisi (chensyan)
287
bo‘lib, ular markaziy davlat apparatini boshqarganlar. Impe-
ratorning barcha farmonlarini hayotga tadbiq qilishga mas’ul
bo‘lganlar.
Markazlashgan davlat apparati harbiy, moliya, sud, impe-
rator oilasi bo‘limi va inspeksiya nazorat bo‘limlaridan tash-
kil topgan. Harbiy ishni imperiyaning barcha qo‘shinlarining
qo‘mondoni (tayvey) boshqargan. Unga okrug harbiy boshliqlari
bo‘ysungan. Moliya boshqarmasi boshlig‘i Chjisuneyshi deb
atalgan. Sud boshqarmasi boshlig‘i tinveyning vakolatiga jinoiy
qonunlarni bajarish va nazorat qilish kirgan. Imperator oilasi
bo‘limi boshlig‘i (shaofu) imperator oilasi shaxsiy ehtiyojlari-
ning ta’minoti bilan shug‘ullangan.
Qat’iy markazlashgan davlat boshqaruv apparatida eng
quyi bo‘g‘inda jamoa oqsoqollari turar edi. Davlat jamiyat
hayotining barcha jabhalarini qat’iy bir qolipga soldi. Aholi-
dan barcha qurollar tortib olinib, qo‘ng‘iroqlar quyildi. Mam-
lakat bo‘yicha yozuv, pul, tanga, o‘lchov birliklari, yo‘llarning
kengligi, aravalarning o‘lchami unifikatsiya qilindi. Beqi yos
shavqatsiz ruhda bo‘lgan yagona qonunchilik tizimi joriy
qilindi. Jinoyati uchun butun oila jazolangan. O‘lim jazosi
barcha ayblar uchun qo‘llanilgan. Jinoyatchilar ommaviy
ravishda
katorga ishlariga surgun qilingan. Mafkura ham
bir xil qilindi; xususiy maktablar taqiqlandi; ta’lim davlat
tasarrufiga o‘tdi. Eskilik to‘g‘risida fikrlash jinoyat deb qa-
raldi. Konfutsiy kitob lari yoqilib, 460 olim hukmdor farmoni
bilan tiriklay yerga ko‘milgan. Odamlar Sin davridan oldin-
gi davrlarni xotirasidan chiqarishi uchun Sin podsholigidan
oldingi davrda yozilgan asarlarni yo‘q qilishga buyruq beril-
gan. Qadimiyatga e’tiqod qilganlari uchun yuzlab Konfutsiy
ta’limoti muxlislari, olimlar jismoniy yo‘q qilingan. Butun
Xitoy aholisi og‘ir mehnatga duchor qilindi. Misli ko‘rilma-
gan qurilish bo‘lgan: shimoldan xunnlardan himoya vositasi
bo‘lgan 5 ming km uzunlikdagi Buyuk Xitoy devorini bun-
yod qilishga kirishildi. Uzoq davom etgan istilochilik urush-
lari, Buyuk Xitoy devori, sug‘orish inshootlarining qurilishi,
yo‘llar, saroylar, ibodatxonalar, maqbaralar va shaharlar qu-
rilishi ulkan xarajatlar, yuz minglab odamlarni qurbon qilish
evaziga amalga oshirildi. Sin Shi Xuandi istilochilik urush-
larini olib bordi. Shimolda 300 ming kishilik Xitoy qo‘shini
xunnlarga zarba berdi. Janubiy Xitoy va Shimoliy Ve’tnamni
bosib olish uchun urush olib borildi. Xitoy qo‘shini ulkan
288
yo‘qotishlar evaziga qadimgi Ve’tnamning Namvyet va Aulak
davlatlarini rasman bo‘ysundirdi.
Epon imperator saroyi va tog‘ qoyatoshida o‘yib qurilgan im-
perator sag‘anasida o‘rtacha odam bo‘yi balandligida bo‘lgan 6
ming jangchi haykallari joylashtirildi. Xitoyning barcha hudud-
lari aholisi bu qurilishlarga majburan, zo‘ravonlik bilan haydab
kelindi. Sin Shixuandi mil.avv. 210-yil to‘satdan 48 yoshida va-
fot etdi. Uning o‘limidan so‘ng butun mamlakat qo‘zg‘olonlar
ichida qoldi. Qo‘zg‘olonchilar boshida dehqon yo‘lboshchilari va
eski zodagonlarning vakillari turdilar. Qo‘zg‘olonchi guruhlar-
dan birining omadli yo‘lboshchilaridan biri, oddiy jamoachilar-
dan chiqqan Lyu Ban xalq harakati kuchlarini birlashtirdi. Har-
biy ishga Sin hokimiyatining dushmanlari bo‘lgan merosiy zo-
dagonlarni jalb qildi. Qo‘zg‘olonchilar mil.avv. 207-yil poytaxt ni
ishg‘ol qilib, Sin sulolasini hokimiyatdan mahrum qildilar.
Mil.avv. 202-yilda Lyu Ban Gao-szi nomi bilan imperator deb
e’lon qilindi (mil.avv. 202–195-yillar) va u yangi Xan sulolasi
asoschisi bo‘ldi. Xan sulolasi davri (mil.avv. 202-yildan – mi-
lodiy 220-yillar) qadimgi Xitoy xalqi shakllanishining muhim
bosqichidir. Shu davrdan boshlab xitoyliklar o‘zlarini xan – etnik
nomi bilan atay boshladilar. Xan davri ikki bosqichga bo‘lina-
di: Katta Xan (yoki ilk Xan) davri mil.avv. 202-yildan – milodiy
8-yilgacha va Kichik Xan (yoki so‘nggi Xan) milodiy 25-yildan
- 220-yilgacha. Yangi sulola Sin qonunlarini bekor qildi, lekin
Sin ma’muriy bo‘linishi va boshqaruv tizimi hamda ko‘p iqti-
sodiy tartib-qoidalar saqlab qolindi. Lekin mavjud siyosiy vazi-
yat Luyu Banni markazlashuv tamoyilidan chekinishga majbur
qildi, u bir qism yerlarni o‘z safdoshlariga mulk qilib berishga
majbur qildi. Ulardan eng kuchli yettitasi «Van» unvonini olib,
oliy zodagon darajasiga ko‘tarildi. Lyu Banning vorislari uchun
ularning separat harakatlariga qarshi kurash eng birinchi ichki
siyosiy muammo bo‘ldi. Vanlarning kuchi faqat imperator U-di
davrida (mil.avv. 140–87-yillar) to‘la sindirildi.
Imperator Gao-szu (Lyu Ban, mil.avv. 202–195-yillar)
xalqning ahvolini yengillashtiradigan tadbirlarni amalga
oshir di. Qarzi uchun qul qilinganlar qullikdan ozod qilindi-
lar. Jamoa larga vaq tinchalik imtiyozlar berildi. Soliqlar Sin
davridagidan 10 marta kamaytirilib, hosilning 1/15 qismini
tashkil etdi. Imperator Syao Ven-di (mil. avv. 180–165-yillar)
xalqning ahvolini yanada yengillashtirdi. U saroy xarajatlarini
kamaytirdi. Dehqonlardan olinadigan yer solig‘ini kamaytirdi.
289
Qarindoshining jinoyati uchun jazolash, imperatorni haqorat
qilgani uchun jazo berish bekor qilindi
. Xitoy iqtisodiyotining
asosi bo‘lgan deh qonchilikda asosiy ishlab-chiqaruvchilar deh-
qon jamoatchilar edi. Ular yer solig‘i (hosilning 1\15, 1\30 qis-
mi), jon solig‘i, xo‘jalikdan olinadigan pul soliqlariga tortildilar. Er-
kaklar mehnat majburiyati (yilda bir oy, uch yil davomida), harbiy
(2 yillik armiya va har yili 3 kunlik garnizon xizmati) majburiyatini
o‘tadilar. Xan davrida hunarmandchilik va savdo sohasi rivojlan-
di. Poytaxt Chanyan va Linszi shaharlarida yarim milliongacha,
boshqa ko‘pgina shaharlarda 50 mingdan ortiq aholi yashar edi.
Shaharlar o‘z-o‘zini boshqarish organlariga ega edilar. Qullar ko‘p
sonli bo‘lib, dehqonchilik va hunarmandchilikda hamda davlat
xo‘jaligida qul mehnatidan keng foydalanilgan. Har bir shaharda
qul bozori mavjud edi. Mil.avv. II asrda Sariq dengizdan boshla-
nib, O‘rtayer dengizigacha borgan Buyuk Ipak yo‘li shakl landi.
Imperator U-di davri (mil.avv. 140–87-yillar) qadimgi Xitoy
ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisi edi. U-di
markazlashtirish siyosatini olib bordi. Vanlar va oqsuyak zo-
dagonlarga meros mulkni faqat katta o‘g‘li emas, balki bar-
cha o‘g‘illari o‘rtasida taqsimlash joriy etildi. Natijada merosiy
mulklarning hajmi keskin qisqarib, ular amalda hokimiyatdan
mahrum bo‘ldilar. Markaziy davlat apparati mustahkamlan-
di. Mamlakat hududi 14 okrugga bo‘lindi. Okrug amaldorlari
faoliyatini nazorat qiladigan nazorat inspektori lavozimi qayta
tiklandi. Okrug boshliqlari tomonidan amaldorlik vazifasiga qo-
biliyatli kishilarni muntazam tavsiya etish tizimi joriy qilindi.
Ma’muriy mansablarni egallash uchun davlat imtihonlari tizimi
joriy qilindi. Imperatorning birinchi maslahatchisi ni vakolat
doirasi cheklandi. Imperator devonxonasi tashkil etilib, impe-
rator hududlarni boshqarish tizimlari faoliyatini nazorat qilish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. U di, Lyu che davrida konfutsiylikni
davlatning rasmiy mafkurasiga aylanish jarayoni tugallandi.
Xitoy azaldan o‘zining shimoliy qoshnisi xunnlar bilan
yaqin aloqada bo‘lishga majbur bo‘lgan. Mil.avv. 214-yilda Sin
Shi Xuandining 300 ming kishilik qo‘shini xunnlarga qarshi
urushib, ularni Inshan tog‘ etaklari va Xuanxe daryosi vodiysi-
dagi o‘tloq yaylovlardan mahrum qildi. Shimoliy chegaralarni
xunnlardan himoya qilish uchun Xitoy devorini bunyod qildi.
Ammo Xitoyning bu g‘alabasi vaqtinchalik edi. Mil.avv. 200-yil-
da xunnlar xitoy qo‘shinlarini to‘la yanchib tashlab, imperiyani
«Tinchlik va qon-qarindoshlik» shartnomasini imzolashga maj-
290
bur qildilar. Shartnomaga ko‘ra xunnlar hukmdori xitoy ma-
likasiga uylanishi va har yili xitoyliklar sovg‘a-salom (o‘lpon)
jo‘natishlari kelishib olindi. Xan imperiyasi Mode boshchiligida
kuchayib ketgan xunnlarga qarshi turli diplomatik o‘yinlarni
olib bordi. Xitoy xunn qabila, urug‘lari o‘rtasida nizolar kelti-
rib chiqarish, qo‘shni qabila-etnik birliklarni xunnlarga qarshi
qo‘yish yo‘liga o‘tdi. Imperator U-di chaqqon harakat qiladigan
otliq qismlarini tuzdi, xunnlarning jang taktikasini o‘rgandi.
Mil.avv. 127–119-yillardagi Xitoy qo‘shinining xunnlarga qar-
shi yurishlari g‘alaba bilan tugadi. Xunnlar xitoy devori atrofi-
dagi hududlardan siqib chiqarildi.
Xunnlar bilan urush yillarida Xitoy hozirgi Sinszyan (Shar-
qiy Turkiston) va O‘rta Osiyo bilan ilk aloqalarni o‘rnatdi. U-di
mil.avv. 139-yilda o‘z elchisi Chjan Syanni O‘rta Osiyo («G‘arbiy
o‘lka»)ga yuborgan. Elchi 10 yildan so‘ng Xitoyga qaytib kela-
di. Xitoyliklar Farg‘ona, Baqtriya va Parfiya to‘g‘risida bilimga
ega bo‘ldilar va bu mamlakatlar bilan aloqa o‘rnatdilar. Ana
shu vaqtda Xitoy O‘rta Osiyodan uzum, poliz ekinlari, musiqa
asboblari, idish-tovoqlarni o‘zlashtirib oldi. Xitoy Hindistonga
boradigan yo‘lda Yuanyan va Sichuanni mil. avv. 109-yil Ko-
reya yarim orolidagi Choson davlatini bosib oldi.
Imperator U-dining hukmdorlik yillari qadimgi Xitoy tarixi-
da «oltin davr» hisoblanadi. Xan davrida qullarning soni oshdi.
Xususiy, davlat qullari, qarz uchun qul qilingan qullar mavjud
edi. Manbalar bu davrdagi yirik quldor xo‘jaliklari, qul bozor-
lari to‘g‘risida ma’lumot beradi. Mil.avv. II–I asrlarda xalqning
iqtisodiy ahvoli yanada og‘irlashdi. Yer va boshqa boyliklar ol-
di-sotdisi keng tus oldi. Qarzi uchun o‘zi va oila a’zolarini qul
qilish yanada rivojlandi. Yer katta yer egalari qo‘lida to‘plana
boshladi. Qaram dehqonlar ko‘paydi. Yer ijara haqi juda yuqo-
rilab ketdi. Yollanma mehnat keng tarqaldi.
Milodiy birinchi yillarda yirik amaldor Van Man imperator
hokimiyatiga ega bo‘lib, yer egaligi va quldorlik munosabat-
larida islohot o‘tkazdi. Bu vaqtda dehqonlarning yersizlanishi
kuchayib, katta-katta yer maydonlari boy zodagonlar qo‘lida
to‘planib qolgan edi. Van Man barcha yerlarni imperator mulki
deb e’lon qilib, yer sotishni taqiqladi. Qul savdosi ham taqiqlan-
di. Ammo bu islohotlar amalga oshmadi. Shandun viloyatida
milodiy 18-yilda «Qizilqoshlilar» xalq harakati boshlanib, poy-
taxt Chanyan egallanib, Van Man o‘ldirildi. Hukmron tabaqa
xalq harakatini uyushmaganidan foydalanib, tashabbusni o‘z
291
qo‘liga oldi. Xan sulolasining kichik vakili Guan Udini (mil.
25–57-yil) imperator deb e’lon qildi. «Qizilqoshlilar» qo‘zg‘olo-
ni 29-yil bostirildi, yangi imperator qullarni tamg‘alash, qul-
ni xo‘jayin tomonidan o‘ldirilishini taqiqlovchi qonunlarni e’lon
qildi, qulchilikni cheklovchi, xalqning ahvolini yengillashtiruv-
chi tadbirlarni amalga oshirdi. Shimoliy Ve’tnamda opa-singil
boshchiligida Xitoyga qarshi xalq ozodlik harakati boshlanib,
bu harakat 44-yilda zo‘rg‘a bostirildi.
Xunn davlati hukmdori Mode dun-xu, yueji, usun va qirg‘izlar
(gyangun)ni bo‘ysundirdi. Keyin esa Xitoyga bostirib kirib, im-
perator Lyu Banni o‘lpon to‘lashga majbur qildi. Mil.avv. I asrda
Xitoyning makkor diplomatiyasi xunnlar orasiga nifoq soilish-
ga erishdi. Oqibatda, xunn davlati parchalanib, davlat boshlig‘i
Shanyuning hokimiyati o‘ta zaiflashdi. Paytdan foydalangan
Xitoy xunnlarga qarshi qo‘shin tortdi va ularni Xitoyga qaram
qildi (mil.avv. 51-yil). Milodiy I asr boshlarida Xitoy zaiflash-
di. Xunnlar o‘z mustaqilligini qayta tikladilar. Lekin Xitoy yana
xunnlar orasiga nifoq urug‘ini sochib, milodiy 48-yilda sakkizta
xunn urug‘ini o‘ziga qaram qildi. Xan davlati xunnlarni to‘la
zaiflashtirish va davlat sifatida yo‘q qilish siyosatini davomiy
olib bordi. Xunnlar janubiy va shimoliy qismlarga bo‘linib ket-
dilar. Milodiy III asr boshlarida o‘zlarining shimoliy urug‘dosh-
lari bilan birga 304-yilda Lyu-Xann (304–318-yillar) imperiya-
sini tashkil etdilar va Katta Chjao, Kichik Chjao podsholiklarga
bo‘linib ketdilar. Kichik Chjao 329-yil Katta Chjao davlati va
shimoliy Xitoyni bo‘ysundirdilar. Lekin xunn hukmdori asrandi
o‘g‘il qilib olgan Xitoy lashkarboshisi Jan Min 350-yilda hoki-
miyatni bosib oldi. U kichik Chjao davlatidagi barcha xunnlarni
qirib tashlashga buyruq berdi. Faqat Ordosda va Nanshan (ho-
zirgi Gansu provinsiyasi)da yashagan xunnlar tirik qoldi.
I asrning ikkinchi yarmidan Xitoy Rim bilan savdo aloqala-
rini o‘rnatdi. Birma va Assam orqali Hindiston bilan, Koreya
orqali Yaponiya bilan aloqa o‘rnatildi. Bu vaqtda Xitoyda 68
mln kishi yashagan edi, bu butun dunyo aholisining 15 qis-
mini tashkil etar edi. III asrdan Xitoyda tushkunlik boshlandi.
Dehqonlarning yersizlanishi kuchaydi, pul-tovar xo‘jaligi zaif-
lashdi, pul-tanga iste’moldan chiqib, natural mahsulot ayir-
boshlash keng tus oldi. Iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy tushkunlik
oqibatida 184-yilda «Sariq belbog‘lilar» deb nomlangan kuchli
xalq harakati boshlandi. Harakat 10 yil davomida sehrgar-tabib
Chjan Syao tomonidan tayyorlangan edi. Harakat davlat hokimi-
292
yati binolarini buzib tashladi, amaldorlarni o‘ldirdi. Mulkdor
tabaqalar bu harakatga qarshi birlashib, zo‘rg‘a bostirdilar,
xalq harakati bostirilgach, g‘oliblar hokimiyat uchun o‘zaro ku-
rash boshladilar. Natijada Xann imperiyasi 220-yil uch mus-
taqil podsholik: Vey, Shu va U davlatlariga bo‘linib ketdi. Bu
davr San-Go-uch podsholik davri deb ataladi (220–280-yillar).
Vey davlati shimoliy-g‘arbiy va markaziy Xitoy hamda hozirgi
Dunbeyning janubiy qismini, U davlati Xitoyning janubi, janu-
bi-sharqiy qismini egalladi. Shu davlati janubi-g‘arbiy Xitoy,
qisman Shansi va Xubey hududlarini egalladi. Shu davlati qirq
uch yil yashadi, 263-yilda Vey davlatiga qo‘shib olindi. Vey dav-
latida hokimiyatni sarkarda Sima Yan bosib olib, Szin sulo-
lasiga (265–420-yillar) asos soldi. U davlati 280-yilda bu sulola
tomonidan bosib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |