58
Har bir murg‘ak bolani o‘z farzandidek ardoqlab, yosh avlod tarbiyasi uchun ko‘z nuri qalb qo‘ri,
butun borlig‘ini baxsh etadigan o‘qituvchi va murabbiylar tom ma’noda fidoyi kasb egalaridir. Biz
fikrimizni davlatimiz rahbarining yuqoridagi izohlari bilan boshladik, zero hozirgi zamon o‘qituvchisi
chuqur bilim va tajribaga ega bo‘lmog‘i davrimizning muhim talabidir. Ta’lim va tarbiyada yangicha islo-
hotlar va ta’lim sifatini oshirish istiqbollari bugungi kun pedagoglari uchun asosiy qo‘yilgan shartlardan
biri hisoblanadi.
Xalq og‘zaki ijodi namunalarida, mumtoz adabiyot va hozirgi zamon she’riyatida
qushlar obrazi
muhim o‘rniga ega. Biz qushlar simvolikasini nafaqat xalq og‘zaki ijodi namunalarida, balki o‘zbek
adabiyoti tarixiga mansub bo‘lgan nodir asarlarda juda ko‘p uchratamiz. Ushbu asarlarning ham ildizlari
xalq og‘zaki ijodi namunalari kabi bitta daryodan suv ichgandek. Fikrimizni asoslash maqsadida quyida
dalillarni keltirishga harakat qilamiz. Avvalo mumtoz adabiyotda qushlarning majoziy tasviri haqida fikr
yuritar ekanmiz Shayx Fariduddin Attorning “Mantiqut tayr” va Hazrat Alisher Navoiyning 1498-yilda
yozilgan “Lisonut tayr” asarlari darhol shuurimizda namoyon bo‘ladi. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: Anqo,
Humo kabi afsonaviy va tovus kabi ming xil ranglarni o‘zida mujassam
qilgan chiroyli qush yoxud
bulbuldek xushovoz qushlar bo‘la turib, nega Fariddin Attor va Hazrat Alisher Navoiy qushlarga rahbar
qilib Hudhudni tanladi!? Hudhud hayot mantiqiga ko‘ra qishloq yerlarida baland uchmaydigan qush
bo‘lib, odatda xilvat joylarda inson ko‘zlaridan uzoqda, ko‘p holda binolarning ostki qismida yashaydi.
So‘zlashuv uslubida uni “popshak” deb aytishadi.Biz ushbu tanlovning asosini muqaddas manbadan
izlab ko‘rdik: “Sulaymon payg‘ambarlik va ilmda Dovudga voris bo‘ldi va aytdi: ey odamlar bizga
qushlarning tili bildirildi hamda payg‘ambar va podshohlarga beriladigan barcha narsalardan berildi.
Albatta bu ochiq fazlu marhamatning o‘zidir. Sulaymonning
amri bilan uning ins, jin va qushlardan
bo‘lgan lashkarlari to‘planib, tizilgan hollarda turdilar. U qushlarni ko‘zdan kechirib ularning orasida
hudhudga ko‘zi tushmagach nega men hudhudni ko‘rmayapman, balki u mendan beizn g‘oyib
bo‘lguvchilardandir!? Albatta men uni qattiq azob bilan azoblarman yo so‘yib yuborurman yoki u menga
o‘z uzurini bayon qilib ochiq hujjat keltirur dedi. So‘ng uzoqqa qolmay hudhud kelib dedi. Men sen ogoh
bo‘lmagan narsadan ogoh bo‘ldim va senga Yaman mamlakatidagi Saba’ shahridan aniq bir xabar
keltirdim. Darhaqiqat men bir ayolni ko‘rdim. U Saba’ shahri aholisining malikasi ekan.
Unga barcha
narsadan ato etilgan bo‘lib, uning katta taxti ham bordir. Sulaymon alayhissalom zamonlarida miloddan
ilgari taxminan X asrda Yaman mamlakatining Saba’ shahrida Bilqiys ismli ayol hukmronlik qilgan. [11]
Mana shu ilohiy asosdan so‘ng Hazrat Alisher Navoiyning “Lisonut tayr” asarlaridagi hudhud
obrazining aynan ta’rifini keltiramiz. “Hudhud (popushak) – aql nuridan bahramand va rahbarliq jig‘asi
birla sarbaland qush. Uning zoti sharafli va izzati yuksak bo‘lib, boshini to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi toj
bezaydi. U arsh oldida parvoz qiladi va Jabroil kabi unga ham yuzlab sirlar ayon bo‘lur.[12]
Demak, Sharq adabiyotining o‘ziga xos ohanrabosi, sinoati, sehri shundan iboratki, undagi har bir
tasvir, badiiy talqin o‘zining mustahkam va baqquvat ildiziga ega. Mana shu ilohiy kalomdagi iqtibosdan
so‘ng Hazrat Alisher Navoiy nega shuncha mashhur, xalq og‘zida yuksak ta’riflarini
topgan qushlar
turganida hudhudni tanlaganini anglay boshlaymiz. Xalq og‘zaki ijodida Sharq hikoyat va rivoyatlarida
Hind xalqining mashhur eposi Kalila va Dimnada, 1310-yilda musulmonlikni qabul qilgan hurmatli
mo‘g‘ul begi Nosiriddin To‘qbug‘aning iltimosiga asosan yozilgan “Qissasi Rabg‘uziy” asarida Ibrohim
Alayhissalom bilan bog‘liq voqealarda, 1366-yilda shomlik xattot Abu Bakr Damashqiyning say harakati
bilan
mukammal nusxasi tiklangan, hozirgi kunda Turkiya davlatining Istanbul shahrida joylashgan
“Millat kutubxonasi”da saqlanayotgan “Devoni lug‘otit turk” kitobida ham, uch ming yil muqaddam
Xorazm vohasi hududida yaritilgan Zardushtiylikning muqaddas kitobi ma’naviy obida “Avesto”ga
“Varagi” nomi bilan kiritilgan qarg‘a ham o‘zining ma’naviy ildiziga ega. Bu qushni badiiy talqin qilish
Qur’oni Karimdagi “Moida” surasi oyatlariga borib taqaladi. Buyuk
bobokalonimiz va donishmand
xalqimiz har bir badiiy tasvirda estetik mohiyatni, ma’naviy sarchashmani saqlab qolgan.
Yuqoridagi iqtiboslardan ma’lum bo‘ladiki, xalq og‘zaki ijodida, mumtoz adabiyot namunalarida,
hatto XX asr she’riyatida qushlar timsollari, majoziy tasvirlari ularga murojaatlar juda ko‘p uchraydi.
Bularning asosida, negizida, albatta, ilohiy manba yotadi. Saba’ surasi 14-oyati karimasida aytilgan
sharhda ham qushlarning o‘ziga xos estetik bahosi mavjud: “Alloh taolo Dovud alayhis-salomga shunday
xush ovoz bergan ekanki u kishi Zaburni tilovat qilganliklarida osmonda uchib
ketayotgan qushlar tek
qotar va chor atrofdagi tog‘-u toshlar bilan birga u zotga jo‘r ovoz bo‘lib tilovat qilishar ekan. Millatimiz
adabiyotida qushlar simvolikasini badiiy talqinini an’anaviylik va novatorlik aspektida o‘rganish bugungi
davr fanining mas’ul vazifasidir.
Biz qushlar obrazini talqin qilganimiz kabi izohlash ta’lim va tarbiya tizimida quyidagi ma’naviy
manfaatlarga asos bo‘ladi.
59
1.
Beshta muhim tashabbusdan biri bo‘lgan kitobxonlik nuqtayi nazaridan ijobiy siljish paydo
bo‘ladi.
2.
Tarix, zoologiya, tarbiya va ma’naviyat darslari bilan uzviy bog‘liqlik ta’minlanadi.
3.
Mumtoz adabiyotimiz vakillari va badiiy merosimizga nisbatan o‘quvchilarda o‘zgacha ehtirom
ruhi shakllanadi;
4.
Matn va lug‘atlar bilan ishlash tartibi va ulardan unumli foydalanish tajribasi ortadi.
5.
O‘quvchilar tasavvurida ilmiy axborot bazasi kengayadi.
6.
Do'stlaringiz bilan baham: