420
Jismoniy tarbiya yoshlarni jismonan baquvvat, epchil, sogʻlom, kuchli va kiyinchiliklarni yenga
oladigan qilib tarbiyalasa, ma’naviy tarbiya orqali yoshlar faol xayotiy nuqtai nazarni, yuksak axlokni,
yuqori darajadagi ezgulik va insonparvarlik ideallarini, shijoat va mehnatsevarlik sifatlarini shakllantiradi.
«Xar bir xalqda, xar bir jamiyatda oʻziga xos ma’naviy tarbiya tizimi mavjud. Chunki ma’naviy tarbiya
insonning oʻzligini saqlashga, uning botiniy olamini ma’rifiy boyitishga xizmat qiladi. Ma’naviy tarbiya
olib bormagan millat buguni va ertasini boy berishga maxkumdir». Shuning uchun yoshlar tarbiyasi
avvalo, ularning ma’naviy poydevori qanchalik mustaxkamligi bilan belgilanadi. Bu ta’lim jarayonida
yoshlarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish prinsipi ustuvorligini ta’minlashni talab etmoqda.
«Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi,
boshqacha
aytganda, xalkimizning ertangi kuni kanday bulishi farzandlarimizning bugun kanday ta’lim va tarbiya
olishiga bogʻliq». Shuning uchun ijtimoiy institutlarning butun e’tibori yoshlar tarbiyasining tashkiliy
pedagogik asoslarini vujudga keltirishga, uzluksiz ta’lim mazmunini ishlab chikishga, oʻqitishning
samarali uslublarini izlashga karatilgan. Yoshlarni xar tomonlama tarbiyalashning samarali tashkiliy
‘edagogik shakllari va vositalarini ishlab chiqish hamda hayotga joriy etishda uzoq yillar davomida
shakllangan uquv-tarbiya jarayonlarining oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlgan boʻgʻinlari, ya’ni jismoniy va
ma’naviy tarbiya birligi istiqbollarini oʻrganish xamda unga asoslanish muhim amaliy ahamiyat kasb
etadi. Biz tarbiya toʻgʻrisida gapirganimizda uning oʻzaro bogʻliq ikki tomonini:
1)
jismoniy, ya’ni amaliy faoliyat bilan shugʻillanadigan sohalarga ajratib;
2)
ma’naviy, ya’ni ilmiy-nazariy bilim, boshqacha qilib aytganda, fan sifatida organishimiz
lozim.
Tarbiya jarayonini rivojlantirish va uni yangi bosqichga koʻtarish uchun jismoniy yoshlar jismoniy
jihatdan yetarli darajada kuchli boʻlsayu, ammo ruhan, ma’nan qashshoq boʻlsa, bunday yoshlarni kuchli
deb boʻlmaydi. Moddiylik yoshlarga
jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy quvvat va
barkamollik baxsh etadi. Inson ongi, bilimi, aql-idroki, tafakkuri bilan kuchli. Shuning uchun yoshlar
tarbiyasida ikki muhim jihat jismoniy va ma’naviy tarbiyaning uzviy birligi talab etiladi. Shunday ekan,
yoshlarni nafaqat jismoniy jihatdan, balki ma’naviy jihatdan xam tarbiyalashimiz shart. Chunki, ruhan
bardam, ongi ziyrak, ma’naviy baquvvat kishi xar qanday jismoniy kuchli raqibni magʻlub etishga oʻzida
kuch topa oladi. Ma’naviy jihatdan tarbiyalangan yoshlar amaliy faoliyatda aql-idrok bilan ish tutadi,
iymon-e’tiqodiga sobit turadi,
erkin va mustakil fikrlaydi, gʻarazli tashviqotlarga berilmaydi xar xil
aldovlarga ishonmaydi, qiyinchilik va muammolar oldida dovdiramaydi, raqiblar tahdidi, duq-
poʻpisalaridan vahimaga tushmaydi. Bunday yoshlar jamiyat oldidagi burch va mas’uliyatini his etilgan
xolda oʻz ishini sadoqat, salohiyat bilan bajaradi.
Siyosatni iqtisodsiz, iqtisodiy oʻsish va barqarorlikni tahminlashni siyosatsiz amalga oshirib
boʻlmagani singari, ma’naviy tarbiyani jismoniy tarbiyasiz hamda jismoniy oʻsish va yuksalishni
ma’naviy tarbiyasiz tasavvur qilib boʻlmaydi. Bu ishlamasdan boylikka ega boʻlish va kurashmasdan
gʻolib boʻlishni tasavvur kilishga tengdir.
«Aqliy zakovat va ruhiy-ma’naviy saloxiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir».
Shuning uchun
ma’naviy tarbiya jismoniy tarbiya ravnaqining bosh omili va poydevoridir. Ma’naviy tarbiya inson
iste’dodini, qobiliyatini kamol toptirib, gʻururini shakllantiradi. Bu xislatlar esa jismoniy tarbiyada suv va
xavodek, fizik jarayonlarda musbat («+») va manfiy («-») zarralar bir biriga tortilgani singari zaruriyatdir.
Shuningdek, elektron bilan pozitron birikishi natijasida fotonning xosil boʻlishi singari, jismoniy va
ma’naviy tarbiya birligi, yangi sifatni birikishidagi ijobiylikni kasb etadi. Bu koʻrsatkich yoshlar
tarbiyasida ijtimoiy institutlar tomonidan, ayniqsa jamiyatning birlamchi bugungi sifatida koʻp asrlik
an’analar, urf-odatlarga, ma’naviy va ahloqiy meros makoni boʻlgan oilada unib-oʻsadi. Eng avvalo, tar-
biya jarayonidagi yangi sifat jismoniy va ma’naviy tarbiya birligi jarayonini oʻzida mujassam etgan
oiladan boshlanadi. Shuning uchun oila yoshlarning tabiiy-biologik (jismoniy) va ma’naviy (ota-ona va
bolalar oʻrtasidagi) munosabatlariga asoslangan birlik sifati bilan tarbiya jarayonlarida yoshlar hayotining
eng muhim qismi hisoblanadi. Oʻzbek oilasi tajriba tarixiga nazar tashlasak,
azal-azaldan yoshlar
tarbiyasida jismoniy va ma’naviy tarbiya birligiga alohida e’tibor qaratilganligini guvohi boʻlamiz. Bu
bizga jismoniy va ma’naviy tarbiya birligi tarixiy tajribalar asosida taxlil qilinib, sinovdan oʻtganligini
koʻrsatadi. Bugun uni zamonaviy me’yorlar va xulq-atvor qoidalari asosida sintezlash va yoshlar xayotiga
tatbiq etishni davr talab etmoqda.
Jismoniy tarbiya yoshlarning tashqi qiyofasini shakllanishiga faol ta’sir koʻrsatsa, uni oʻzgartirsa,
ma’naviy tarbiya esa xulk-atvori, xis-tuygʻulari ustidan xukmron boʻlmogʻi uchun ruhini tarbiyalab, uni
axloqiy jarroxlik vositasida davolab turadi. Jismoniy tarbiya yoshlarni gʻalabaga ishonch tuygʻusini
oʻstirib ijodkorlik, yaratuvchilik xislatlarini uygʻotish yuzasidan shart-sharoitlarni vujudga keltirsa,
ma’naviy tarbiya esa, yoshlarning ma’suliyat tuygʻusi va burchini shakllantirib, intellektual imkoniyatlari,
421
bilimlari va extiyojlaridan unumli foydalanib, shon-sharafga intilishini ta’minlaydi. Ma’naviy tarbiya
yoshlarda oʻzlikning rivojlanishini ta’minlab, uning tashki ta’sirlar (qoʻrqitish, zoʻravonlik, tajovuzkorlik,
buyruqbozlik, siyosiy-mafkuraviy talablar, buzuq muxit, xokimiyat avtoritarizm va xokazolar)ga qarshilik
koʻrsatish qobiliyatini yuksaltiradi. Mazkur fazilatlar yoshlarning mustaqilligini shakllantiradi va oʻziga
xos boʻlgan noyob ijodkorlik xususiyatlarini kashf etilishiga hizmat qiladi. Eng asosiysi, yoshlarni burch
va majburiyatlarini his qilishga oʻrgatishda ma’naviy tarbiyaning oʻrni beqiyosdir. Yoshlardagi ma’naviy
va jismoniy tarbiya birligi ularni hayot zinalaridan birma-bir chiqib, koʻtarilib borishini ta’minlaydi.
Jismoniy va ma’naviy tarbiya uygʻun boʻlishiga erishish yoshlarni shijoatga undaydigan ruhiy
quvvatlarini mustaxkam boʻlishiga olib keladi. Yoshlarning kuch-quvvati jasurligi bilan teng mutanosib
ravishda aql zakovati
va dovyurakligi xam yuksalib, ruhi tetik, nihoyatda mard va botir boʻladi.
Shuningdek, jismoniy va ma’naviy tarbiya birligi yoshlarning kuchini oʻziga boʻysundirish qobiliyati
bilan iste’dodini uygʻunlashtiradi.
Jismoniy tarbiya ma’naviy tarbiya yelkasiga suyanibgina, qoloqlik olamidan qutilib, yuksaklikka
chiqa oladi. Yoshlar oʻz faoliyatida jismoniy va ma’naviy tarbiya birligini ta’minlay olmas ekan, ular oxir
oqibat magʻlubiyatga mahkum boʻladi. Bu birlik shuning uchun xam xayotiyki, u yoshlarning muayyan
sharoitlarda tugʻri yoʻl va usullarni tanlashini tahminlaydi Ma’naviy va jismoniy tarbiyaning birligi
yoshlarni yuksak gʻalabalar sohibiga aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: