Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI 
O‘STIRISHNING ZAMONAVIY USULLARI 
Qosimov Fayzullo Muhammedovich, 
BuxDU dotsenti 
Fayzullayeva Sarvinoz Nabi qizi 
BuxDUPI 1- bosqich magistranti 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini 
o‘stirishda TIMSS xalqaro baholash dasturi topshiriqlaridan foydalanishning ahamiyati yoritilgan. 
O‘quvchilarni mustaqil o‘quv topshiriqlari tuzishga o‘rgatish asosida matematik savodxonlikni o‘stirishga 
xizmat qiladigan topshiriq turlaridan namunalar keltirilgan. 
Kalit so‘zlar: 
xalqaro tadqiqotlar, kreativ fikrlash, mustaqil topshiriqlar, test, matematik 
savodxonlik, individual, mulohaza, qo‘llash. 
Matematika fanini yaxshi bilgan bola aqlli, keng tafakkurli bo‘lib o‘sadi, istalgan sohada 
muvaffaqiyatli ishlab keta oladi. 
Shavkat Mirziyoyev 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida 
davlat va jamiyat ahamiyatiga molik dolzarb masalalar qatorida ta’lim sifatini oshirishga, 2021-yildagi 
xalqaro baholash jarayonlariga tayyorgarlik ko‘rish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Xalqaro baholash 
dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lib kelmoqda. 
Buning natijasida o‘quvchilarning dastur materiallarini yodlash orqali o‘rganilgan bilimlarni baholashdan 
ularning kompetensiyalarini baholash, ya’ni maktabda o‘rganilgan bilimlarini real hayotda qo‘llay 
olishlari, ijodiy – mantiqiy-kreativ fikrlashlarini baholashga o‘tish muhim maqsad qilib belgilandi. 
Ta’kidlash joizki, Prezidentimiz farmoni bilan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 
2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi” tasdiqlanib, unda O‘zbekiston Respublikasining 2030-yilga 
kelib Xalqaro baholash dasturlarining reytingi bo‘yicha 30 ta ilg‘or mamlakat qatoriga kirishga erishish 
asosiy masala qilib belgilandi. Xalqaro baholash dasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etish, bevosita ta’lim 
sifatini oshiradi, jahon yoshlari bilan raqobatlasha oladigan zamonaviy kadrlarni yetishib chiqishiga 
xizmat qiladi. Matematika fanidan o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini baholashda 
TIMSS(Trends in International mathematics and science study) xalqaro baholash dasturi mavjud bo‘lib, 
bu tadqiqot to‘rt yilda bir marta o‘tkaziladi. Ushbu dastur 4-8- sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy 
fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash dasturi. TIMSS dasturi savollari zamirida jahon banki bilan 
hamkorlikda 150 ta maktabda tadqiqot ishlari olib borilib, 4051 nafar o‘quvchilarning matematik 
savodxonliklari baholanadi. Ushbu dastur 1-tadqiqotini 1995-yilda boshlab, har to‘rt yilda tashkil etib 
kelinmoqda. Kelgusi tadqiqot 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan. TIMSS xalqaro baholash 
dasturi o‘quvchilarning matematika hamda tabiiy fanlardan egallayotgan bilimlarini baholash bilan birga 
bilimlarni egallashning eng yuqori ko‘rsatkichini ko‘rsatib beradi. Bu bilan o‘quvchi o‘z ustida ishlashga, 
rivojlanishga harakat qila boradi. O‘quvchi-o‘rganilayotgan bilim va real hayot o‘rtasida 3 ta bosqich 
mavjud. Agar o‘quvchi bu bosqichlardan muvaffaqiyatli o‘tsa, baholash dasturi ko‘zda tutgan natijaga 
erishadi. Bular: 
1.
Bilish va anglash. 
2.
Turli vaziyatlarda qo‘llash. 
3.
Fikr-mulohaza yurita olish. 
Bilish va anglashda berilgan nazariy bilimlarni puxta egallash, ularni boshqa bilimlardan 
farqlagan holda o‘rganish tushuniladi. Masalan, geometrik tushunchalar xususidagi bilimlar turli jihatlari 
bilan o‘rganiladi. Ularning masalalar yechishdagi xususiyatlari ochib beriladi. 
Qo‘llashda o‘rganilgan bilimlarga oid test yoki topshiriqlar bajarishda hayotiy vaziyatlarni o‘zida 
aks ettiradigan ilmiy masalalar, jadvallar, diagramma va grafiklarni talqin qilishda tajriba sifatida 
qo‘llaydi. 
Fikr-mulohaza yuritishda aynan bir masalaning turli usullarda yechish mumkinligini ko‘ra olish; 
tizimli , mantiqiy va kreativ fikrlash malakalari shakllanadi. 
Matematika darslarida har bir yangi bilim mana shu 5 bosqich asosida egallanishi juda katta samara 
beradi. Chunki berilgan topshiriqlarni yecha olish bilan birga o‘quvchi undagi mazmunni keng 
mushohada qilib, kerakli vaziyatlarda qo‘llay olishi ta’lim sohamizga kiritilayotgan tadqiqotlarning 


134 
maqsadi hisoblanadi. Buning natijasida esa matematik savodxon, dunyoqarashi keng, kreativ fikrlay- 
digan, zamonaviy avlod shakllanib boradi. 
Shuning uchun matematika darslarida qo‘llanilayotgan har bir topshiriqqa o‘qituvchi ham 
o‘quvchi ham integratsion va albatta kreativ yondashish kerak, nazarimda. Quyidagi test-topshiriqlardan 
foydalanish boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik savodxonligini o‘stirishga xizmat qiladi: 
1-
topshiriq. Bo‘sh o‘rinni to‘ldirib, to‘g‘ri tenglik hosil qiling: 17+39= _ -40 
a)84 
b)94 
c)99 
d)96 
2-
topshiriq. Qolganlaridan farq qiladigan kasrni toping. 
a)1/9 
b)3/27 
c)3/9 
d)9/81 
3-
topshiriq. Quyidagi qaysi sonda 7 raqami yuzlikni ifodalagan? 
a)18747 
b)77177 
c)17470 
d)20377 
4-
topshiriq. Ravshan 2 litrli 5 ta bankaga suv to‘ldirdi. Ukasi 4 litr suvni to‘kib qo‘ydi. Ravshan 
to‘ldirgan suvning necha qismi qoldi? 
Javob: 
5-
topshiriq. Suhrob dastlab yo‘lning 9,8 km ini mashinada va 6,4 km ini avtobusda bosib o‘tdi. 
Suhrob qancha yo‘l yurdi? 
a)12,2 
b)14,2 
c)16,2 
d)15,2 
6-
topshiriq. Futbol o‘yini uchun 3 mingta chipta 1 dan 3000 gacha raqamlangan. Chipta raqamlari 
112 bilan tugaydigan odamlarga sovrin qo‘yilgan. Sovringa ega bo‘ladigan raqamli chiptalarni yozing. 
Javob: 
7-
topshiriq. 18 ning bo‘luvchisi bo‘lgan har bir sonni belgilang: 

Yoki 
-


8-topshiriq. 
200 3 50 4 100 
Matematik amallarni shunday joylashtiringki, ifodaning natijasi 300 chiqsin. Uning turli usullarini 
ko‘ring. 
9-
topshiriq 
Berilgan shaklda nechta uchburchak mavjud? 
Javob: 
10-
topshiriq. Rasm darsida oʻqituvchi katta qog‘oz varaqlarini 4 bo‘lakka bo‘lib, 23 nafar 
o‘quvchiga tarqatdi. Barcha o‘quvchilar qog‘oz bo‘lagi olishlari uchun o‘qituvchi nechta katta qog‘oz 
ishlatadi? Javobingizni rasmda ifodalang. 
Matematika darslarida o‘quvchilarga topshiriqlar berish bilan birga ularni mustaqil topshiriqlar 
tuzishga o‘rgatish ularning aqliy faoliyatini o‘stirishga, mustaqil fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga, 
kreativ yondasha olishga, o‘rgangan nazariy bilimlarini amaliy jarayonlarda qo‘llay olish bilan birga 
matematik savodxonliklarining oshishiga xizmat qiladi. Masalan: Berilgan masalaga teskari masala 
tuzing, yigʻindi berilganda ayirmasi ushbu yigʻindiga teng ifoda tuzing, sonlarni oʻsish tartibida 
joylashtiring, mos amallarni qoʻyib ifoda tuzing, shaklda nechta uchburchak bor, geometrik shakllardan 
manzara hosil qiling, shakllarning teskari tomonlaridan yangi shakl hosil qiling, berilgan sonning 
boʻluvchilarini qatnashtirib murakkab ifoda tuzing. Ushbu topshiriqlardan dars davomida, guruh bilan 
yoki individual tarzda qo‘llash darsning samaradorligini oshiradi. Bu bilan zamonaviylik kasb etgan 
darslar orqali zamonaviy o‘quvchilarni zamonaviy qarashlarda jahon ta’lim sistemasiga mos tarzda 
tarbiyalay olamiz. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish