Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI TA’LIMINI IJODIY TASHKIL ETISH



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/502
Sana29.11.2022
Hajmi12,46 Mb.
#874711
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI TA’LIMINI IJODIY TASHKIL ETISH 
Ozodova Madina Hamza qizi, 
BuxDU 2-bosqich magistranti 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tilini tashkil etishda ijodiy topshiriqlardan foydalanish 
haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‘zlar: 
ijodiy ta’lim, loyihalash, texnologiya, tasniflash 
Hozirgi pedagogik amaliyotda va ilg‘or o‘qituvchilar faoliyatida boshlang‘ich sinf ona tili ta’limini 
ijodiy tashkil etish elementlari mavjud. Fanning vazifasi pedagogik amaliyotning yutuq va 
kamchiliklarini aniqlash, kamchiliklarni bartaraf etish yo‘li bilan boshlang‘ich sinf ona tili ta’limini ijodiy 
tashkil etish amaliyotini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishdan iborat. 
Maktablarda ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish amaliyotini tahlil qilish bu sohaning qator zaif 
tomonlarini belgilash imkoniyatini beradi. Hozirgi paytda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatida ona 
tili ta’limini ijodiy tashkil etish sohasida qator qiyinchiliklar bor. Bular: 
-
ona tili ta’limini ijodiy tashkil etishning maqsad, vazifalarini atroflicha anglamaslik; 
-
ona tili ta’limini bolalar ijodkorligiga mo‘ljallab loyihalash texnologiyasini bilmaslik; 
-
ona tili ta’limi mazmunini ta’lim jarayoni xususiyatlariga moslashtira olmaslik; 
-
ijodiy ta’lim natijasini obyektiv qayd etish, baholash me’yorlarining ona tili o‘qitish tajribasida 
asoslanmaganligi bilan izohlanadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari faoliyatida 
uchraydigan 
kamchiliklarni bartaraf etish oxir-oqibatda ona tili ta’limining samaradorligini oshirishga, ona tilini 
o‘zlashtirishning ijodiy yo‘nalishini kuchaytirishga olib keladi. Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, 
o‘qituvchining pedagogik mahoratida amal qila boshlagan yangiliklar, avvalo, o‘quv materialida yuz 
beradigan o‘zgarishlar, shu o‘zgarishlarni qayd qila bilish, oldindan payqash (antitsipirik) qobiliyatidir. 
O‘quv materiallaridagi o‘zgarishlarni seza oladigan, oldindan payqay biladigan, ongida antitsipirik 
(o‘zgarishlarni qayd qila bilish, oldindan payqash) layoqati rivojlangan o‘qituvchilargina ta’limni ijodiy 
tashkil eta olish qobiliyatiga ega bo‘ladi 


388 
Narsa-hodisalarni belgilariga ko‘ra ajrata olishni bilgan o‘quvchi guruhlarga ajratish usulidan ham 
samarali foydalanadi. Masalan: “Tasnif qilamiz” didaktik o‘yini orqali o‘quvchilarning guruhlarga 
ajratish malakasini qay darajada shakllanganligini tavsiflash mumkin
1

“Tasnif qilamiz” didaktik o‘yini 
O‘yin sharti: berilgan so‘zlarni guruhlar tasnifi bo‘yicha ajrating 
 
Archa 
Bayram 
Kompyuter 
“Neksiya” 
Bodring 
Qog‘oz 
Qalam 
Barg 
Momaqaldiroq 
Sabzi 
Binafsha 
Tomir 
Yulduz 
Birinchi 
Palov 
Muz 
Botir 
Tosh 
Odam 
bulbul 
Loviya 
Bag‘rikenglik 
Ro‘mol 
Kerosin 
Bilaguzuk 
 
Guruhga nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan ayrim tasnif namunalari: 
-
daraxt va o‘simliklar: 
archa, sabzi. 
-
jonsiz predmetlar: 
archa, neksiya, qalam, sabzi, muz. 
-
insonga bog‘liq so‘z va tushunchalar: odam. 
-
avtomobil turi: “neksiya”. 
-
o‘quv qurollari: qalam. 
-
tabiat hodisalari: muz. 
-
qish fasliga daxldor so‘zlar:muz. 
-
atoqli otlar: “Neksiya”. 
-
turdosh otlar: archa, qalam, sabzi, muz, odam. 
-
bir bo‘g‘inli so‘zlar: muz. 
-
ikki bo‘g‘inli so‘zlar: archa, qalam, sabzi, odam; 
-
uch bo‘g‘inli so‘zlar: “Neksiya” 
-
poliz bilan bog‘liq o‘simliklar: sabzi; 
-
alifbo tartibiga ko‘ra o‘z o‘rnida turgan so‘zlar, archa, muz, odam. 
-
alifbo tartibiga ko‘ra o‘z o‘rnida turmayotgan so‘zlar: qalam, sabzi, yulduz; 
-
yashil rang bilan aloqalantirilishi mumkin bo‘lgan so‘zlar: archa, qalam, sabzi, “Neksiya; 
-
uyning ichida bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsa va predmetlar: odam, qalam, sabzi, archa; 
-
osmon jismlari: yulduz... 
O‘quvchilarga berilgan bunday xarakterdagi topshiriqlar bilimlarni ko‘nikma va malaka darajasida 
o‘zlashtirish vazifasini bajara olishini nazarda tutadi . Bunda o‘quv materialini o‘zlashtirishning quyi 
darajasida o‘quvchi unga ko‘nikishi, yuqori darajasida undan mohirona foydalanishi 
lozim. Cho‘pning ikki uchi bo‘lganidek, biz ko‘nikma va malakani bir hodisaning – 
o‘zlashtirilayotgan bilimlarni faoliyatda ishlatishning ikki tomoni sifatida qaraymiz. 
Boshlang‘ich sinf ona tili ta’limini ijodiy tashkil etish-bu o‘quvchilarning tashabbuskorligi, 
mustaqilligiga asoslangan, tafakkuriga mo‘ljallanib, mustaqil fikrlash va ongni rivojlantirishga yo‘nalgan, 
natijasi shaxsiy faoliyat mahsuli sifatida shakllanadigan alohida nuqtai nazardir. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish