Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g ‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-630-son
2.
Кулагин А. Оценка и самооценка научной организации.Инновационная экономика. 2011.
С. 54 ‒ 55.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187–son qarori.
https://lex.uz/docs/3153714
.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MANTIQIY FIKRLASHINI
SHAKLLANTIRISHDA MAQOLLAR ORQALI ZID MA’NOLI SO‘ZLARNI
O‘RGATISH
J. Z. Sayfiddinova,
SamDU tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Ushbu maqola boshlang‘ich ta’limda zid ma’noli so‘zlarni o‘rgatishda maqollardan
foydalanib o‘quvchilarga turli xil amaliy metodlar bilan tushuntirish va zid ma’noli so‘zlarni o‘rganish
bilan birga o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish, lug‘atini boyitish va
nutqini
ravonlashtirish ochib berilgan.
Kalit so‘zlar:
mantiqiy fikrlash, maqol, zid ma’noli so‘zlar, metod, o‘yin, lug‘at.
Ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida boshlang‘ich sinf ona tili va o‘qish samaradorligi
darslarida mavzularni tushuntirishda, mustahkamlashda, va albatta, xulosa chiqarishda maqollardan
foydalanish katta yordam beradi. Biz boshlang‘ich sinflar adabiy ta’limida o‘quvchilarni mantiqiy
fikrlashga o‘rgatish metodikasi bo‘yicha olib borayotgan ilmiy izlanishlarimizda, xususan, 2-sinf ona tili
va o‘qish savodxonligi darslarida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirishda maqollardan
foydalanish samarali natijalar berishiga ishonch hosil qilmoqdamiz.
Avvalo, “mantiqiy fikrlash” tushunchasi nima ekanligi hamda uning barkamol insonni
shakllantirishdagi ahamiyati qandayligini aniqlab olish muhimdir. Tafakkur jarayoni, xususan, uning
mustaqil fikrlash turi haqida psixologlar, pedagoglar turli daraja va miqyosda o‘z qarashlarini bayon
etganlar.
Psixologlarning ta’biricha, fikrlash, ya’ni tafakkur – odam miyasida sodir bo‘ladigan jarayon. Sezgi
organlari yetarli bo‘lmay qoladigan o‘rinlarda odam va olamning xususiyatlari tafakkur orqali o‘rganiladi.
Tafakkur – aqliy faoliyatning, ongli xatti-harakatlarning majmuyi. U tevarak-atrof, voqelik hamda
ijtimoiy muhitni bilish quroli, inson faoliyatini to‘g‘ri va samarali amalga oshirishning asosiy sharti
hisoblanadi. Kishi fikrlash jarayonida o‘zi ko‘rgan, idrok qilgan, sezgan, tasavvur etgan narsa va
hodisalarning to‘griligi, aniqligi, haqiqiyligi hamda ularning borliqqa munosabatini aniqlaydi. Demak,
mantiqiy fikrlash - insonning bizni o‘rab turgan hamma narsalar yoki hodisalar o‘rtasidagi munosabatlar
yoki farqlarni anglash qobiliyatini tahlil qilish, taqqoslash, mavhumlashtirish va tasavvur qilish orqali
kuzatish mumkin. Milliy pedagogika ilmi ham ma’naviy barkamol avlod tarbiyalash yo‘llarini tadqiq
etmoqda. Yosh avlod aqliy-ma’naviy kamolotini ta’minlashda ularning mantiqiy fikrlashi ham muhim
ahamiyat kasb etadi [7].
O‘zbek xalq maqollari mavzu ko‘lami haqida gapirganda uning g‘oyat sermavzu ekanligini
ta’kidlash joiz. Bunday bo‘lishi tabiiy, albatta. Chunki xalq turmushining biror jabhasi yo‘qki, xalq unga
maqollar orqali munosabat bildirmagan bo‘lsin.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga zid ma’noli so‘zlarni tushuntirish ancha murakkab jarayon
hisoblanadi. Shuning uchun o‘qituvchi dastavval so‘zni “antonimlar”, ya’ni “zid ma’noli so‘zlar”
so‘zining leksik ma’nosini tushuntirishdan boshlasa, ish ancha osonlashadi.
Antonimlar (zid ma’noli so‘zlar) – grekcha anti – “zid”, “qarama-qarshi” onoma yoki onyma –
“nom” degani bo‘lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so‘zlardir, ya’ni ma’nosi bir-biriga zid
ma’noli so‘zlar antonim deyiladi [3]. Masalan, odob-odobsiz, aqlli-aqlsiz, oson-qiyin va boshqalar.
Misollarni kuzataylik:
Adabni beadabdan o‘rgan.
Luqmon Hakimdan “Adabni kimdan o‘rganding?” deb
so‘radi. Luqmon javob berdi: “Adabni beadablardan o‘rgandim, ularning harakatlardagi menga maqbul
bo‘lmagan narsalardan o‘zimni saqladim”. (Sa’diy, Guliston). Variantlari: “Aqlni aqlsizdan o‘rgan”;
“Tamizni betamizdan o‘rgan”; “Aqlli o‘rganar, ahmoq o‘rgatar”; “Odobning nima ekanini odobsizni
ko‘rganda bilasan” [4]. Yuqorida keltirilgan maqollar tahlil qilinadi va o‘quvchilar maqollardagi adab-
270
beadab, oson-qiyin, katta-kichik kabi zid ma’noli so‘zlarni aniqlaydi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga zid ma’noli so‘zlarni o‘rgatishda nazariy ma’lumotlar orqali
emas, balki o‘quvchilarga amaliy, mashqlar orqali dastlab tushuntirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quvchilar zid ma’noli so‘zlar yuzasidan ko‘proq topshiriqlar, mashqlar bajarish natijasida
o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi bilan bir qatorda uning og‘zaki va yozma nutqda zid ma’noli
so‘zlardan to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasi shakllanadi. Bu bo‘yicha quyidagicha mashqlardan
foydalanish mumkin:
Ushbu mashqda o‘quvchilar maqollarda uchragan zid ma’noli so‘zlarni topishga harakat qiladi.
Do‘sting ham til, Dushmaning ham til. Bilsa – hazil, bilmasa – chin. Bir ochlikning bir to‘qligi bor, Bir
to‘qlikning bir sho‘xligi bor. To‘qning yo‘qligi bor, Ochning to‘qligi bor. Bir yaxshiga – Bir yomon.
Kattani kata bil, kichikni-kichik. Keng joyda tor o‘tirsang, tor joyda keng o‘tirasan. Kerakli toshning
og‘irligi yo‘q. Kimga – to‘y, kimga – aza
[2].
Masalan: Boshlang‘ich ta’limda zid ma’noli so‘zlarni o‘rgatishda “RAQAMLI JOYLASHUV”
o‘yinidan foydalanish maqsadga muvofiq:
Do'stlaringiz bilan baham: |