77
Bu bilim va ko‘nikmalar mashqlar bajarish bilan mustahkamlanib boriladi. Dastlabki mashqlar
tayyor materialdan sonni aniqlashga va izohlashga qaratiladi, keyingi mashqlar esa fikrni va izlanishni
talab etadi. Mashqlar muayyan izchillikda bir tizimni tashkil etishi lozim. 3-bosqichda (III sinf) son
tushunchasini shakllantirish hamda o‘quvchilar nutqini yangi sonlar bilan boyitib borish,
fikrni aniq
ifodalash uchun gap va matn mazmuniga mos sonlar tanlash, ularni o‘rinli qo‘llash ko‘nikmalarini
o‘stiradi. Son tushunchasini shakllantirish o‘quvchilarning shaxs va narsalarning sanog‘ini, tartibini
bildirgan so‘zlarni o‘zlashtirish sifatiga bog‘liq. Son so‘z turkumi sifatida unga xos bo‘lgan quyidagi
xususiyatlar ajratiladi:
a)
shaxs, narsalarning sanog‘ini, tartibini bildiradi;
b)
nechta? qancha? nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘ladi;
c)
gapda otga bog‘lanib keladi;
d)
gapda ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida keladi.
Bu bosqichda og‘zaki va yozma shakldagi ijodiy yozma ishlar, tabiat,
yil fasllari, qushlar,
hayvonlar, o‘simliklar haqida kichik hikoya tuzishlar o‘tkaziladi, o‘quvchilarning sondan o‘rinli va
savodli foydalanishlariga diqqat qaratiladi. Son bilan shakldosh so‘zlar o‘quvchilarga aniqlatiladi,
ma’nosi izohlanadi. Masalan: uch-uch, yuz-yuz, qirq-qirq.
4-bosqichda asosiy e’tibor sonning imlosiga qaratiladi, ya’ni sonlarning har bir qismini alohida
yozish (yetti, yigirma yetti), chiziqchasiz va chiziqcha bilan yozish (7 o‘quvchi, 7-sinf, X sessiya, 8-
dekabr, 1992-yil), qo‘shimcha qo‘shilgandan keyin son o‘zagidagi o‘zgarishlarni yozuvda to‘g‘ri
ifodalash (bir+ta=bitta, ikki+ov=ikkov, yetti+ov=yettov, ikki+ala=ikkala), qo‘sh
undoshli sonlarning
yozilishi (ikki, sakkiz, o‘ttiz), sonlarning gramm, kilogramm, metr, litr, so‘zlari bilan qo‘llanishi yangi
bilim sifatida o‘rgatiladi. Sonning 3-bosqichida o‘rganilgan grammatik xususiyatlari bu bosqichda asosan
mustahkamlanadi.
Boshlang‘ich sinflarda sonni o‘rganish ot so‘z turkumi bilan bog‘liq holda amalga oshiriladi. Sonni
bugungi zamon bilan bog‘lash, hayotiy misollar asosida tushuntirish, innovatsion texnologiyalar asosida
ma’lumotlarni berish juda muhim sanaladi. Sonlarga doir
mashqlar bajarish orqali, ularni og‘zaki tahlil
qilish orqali ham sonning kompetensiyalari, xususiyatlari, vazifalari namoyon bo‘ladi. Sonlarning ot bilan
bog‘lanishini o‘rganish asosida esa o‘quvchilar yuqori sinf ona til darslariga zamin tayyorlaydi. Sonni
o‘rganish jarayoni yuqori sinflarda ham bevosita davom etadi, chuqurlashtirilgan holda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: