Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet464/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Foydalanilgan adabiyotlar 
1.
Saidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot) Т.: 
"Moliya", 2003 y. 
2.
Farberman B. llg'or pedagogik texnoloiyalar. Т.: "Fan", 2000 y. 
3.
Yo’ldoshevJ.G’.,Hasanov S. Zamonaviy pedagogik texnologiya asoslari.-T.:’’Iqtisod-
Moliya’’,2009 
HADISLARDA KOMIL INSONNI TARBIYALASH MUAMMOLARI IFODASI 
U.S.Amonov,
BuxDUPI dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Z. J. Murtazoyeva , 
 BuxDUPI magistri. 
Annotatsiya:
Mazkur maqolada hozirgi vaqtda eng dolzarb masalalardan biri hisoblangan yoshlar 
tarbiyasida, ularning komil inson bo‘lib ulg‘ayishida hadislarning o‘rni va foydasi hayotiy misollar 
yordamida yoritib berilgan. Shu bilan bir qatorda, maqola yetuk muhaddis allomalarimiz mehnati orqali 
to‘plangan hadislar va o‘tkir qalam egalarining ijodidagi tarbiyaviy mazmundagi asarlar xususida fikr 
yuritilgan.
Kalit so‘zlar: 
islom tarixi, hadis, hadisshunoslik, muhaddis, axloq, odob, komil inson, tarbiya, aql-
zakovat.
 
O‘tmishda sharq mamlakatlari jumladan musulmon o‘lkalari maktablarida yosh o‘quvchilar alifbo 


484 
kursini tugatishi bilan axloq odobga oid asarlar va hadislardan namunalar o‘qishga kirishgan.
Bizda – Sharqda Muhammad salallohu alayhi vasallamning aytgan hikmatli so‘zlari – hadislarini 
o‘qitish yetti yoshdan boshlab o‘rgatilgan. Bundan ko‘rinadiki, ta’lim tarbiyani berish islom paydo bo‘lishi 
bilan rivojlangan, o‘shamdan beri yoshlarga ilm berishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib kelgan.
Insonning yoshi ulg‘ayishi bilan uning xulqi ham o‘zgaradi. Shu boisdan butun umr insoniylik burchini 
saqlab qolmoq, ya’ni xusni ododbini oshirib borish kerak. Hadisda mana shu narsalarga katta e’tabor berilgani 
sabab har bir hadis yosh-u kattalar uchun juda o‘qilishli va hayotiydir. 
Bora-bora maktab o‘quvchilari uchun hadislardan iborat maxsus qiroat kitoblari ham yozilgan. 
Jumladan, XV asrda yashab ijod etgan taniqli arab olimi, hadisshunos Jaloliddin Sultoniyning “Jomi-u sag‘ir” 
asari yoki shu asar sosida yaratilgan turk yozuvchisi Orifbekning “Ming bir hadis sharhi” kitobi Teshaboy 
Ziyoyev tomonidan 1915-yilda bosilgan tatar tilidagi nusxasidan o‘zbek tilida ko‘chirilgan va kitobxonlarimiz 
e’tiboriga havola etilgan. Ushbu risola bugungi kunda odamlar o‘rtasida tobora unutilib borayotgan oddiy 
insoniy muammolar – odamgarchilik, mehr oqibat ko‘rsatish, to‘g‘ri so‘zlash, munofiqlik qilmaslik, halol 
ishlash, va boshqa yana ko‘plab fazilatlar haqidagi hodisalarni o‘z ichiga qamrab olganligi yuksak ta’lim 
tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, risolada mazkuz hodisaga yozilgan izohlar ularning kitobxonblar 
tomonidan to‘liq tushunishlariga yordam berishi bilan birga risolaning qiymatini ham oshiradi. 
Hadislarni o‘rganishda ham yoki ular asosida badiiy asarlar yaratishda ham mashhur muhaddis Imom 
Buxoriy tomonidan to‘plangan hadislar asos qilib olinadi. Chunki hadisalarni to‘plash ishi payg‘ambarimiz 
vafotlaridan keyin boshlangan shungacha janob payg‘ambarimiz hadislarni yozib olishga ruxsat bermaganlar. 
Shunday bo‘lsa-da, ayrim hollarda shaxsiy maqsadlar uchun sahobalarga hadislarni qayd qilib borishga ijozat 
berilgan. O‘sha davrda yashagan muhaddislar to‘plagan hadislar eng sahih hadislar sifatida bizgacha yetib 
kelgan. Ammo keyinchalik milliy siyosiy ixtiloflar, dinga foyda keltirish maqsadida pamg‘ambarimiz 
nomlaridan yolg‘on hadislar keltirish, fiqh va ilmi kalom sohasidagi ziddiyatlar amr va hokimlarga 
xushomadgo‘ylik maqsadida ko‘plab ishonarsiz hadislar ham yuzaga kelgan. 
Xalifa Ibn Umar ibn Abdulaziz, Ibn Shixob az-Zuhriy, Imom Buxoriy, Abu Dovud, Iso at-Termiziy 
kabi ko‘plab jon kuyar muhaddislarning nomi alohida ajralib turadi. Ayniqsa, vatandoshimiz Imom 
Buxoriyning “Al jome as-sahih”
3
(Ishonarli to‘plam) deb nomlangan hadislar to‘plami boshqa hadislar orasida 
eng ishonarlisi va mukammaligi bilan diqqatga sazovordir. Unga muhaddis olimning ma’lumoticha, 600 ming 
hadisdan 7275 ta eng sahih hadislar kritilgan.
Ayollarning turmushdagi o‘rni va oilaviy vazifalari haqida ham o‘tmishda bir necha tarbiyaviy risolalar 
yaratilgan. Ular orasida Olimat ul Banotning “Muosharat odobi” asari mulla Ahmadxo‘ja eshon ibn 
Abdumo‘minxo‘ja eshonning “Axloq risolasi” asari Amir Nazimonning “Ta’limi banot: Faxrul banot irshod” 
asari va hokazolar shular jumlasidandir.
Olimat ul Banotning “Muosharat odobi” risolasida odob axloq, ayollarning turmushdagi o‘rni, oilaviy 
vazilari, oilada er va xotin orasidagi munosabatlar bolalar tarbiyasi, oila yuritish nikoh va muhabbat to‘g‘risida 
g‘oyat ibratli maslahatlar berilgan. 
Nasafiy sanagan sifatlarning dastlabki uchtasi, ya’ni yaxshi so‘z, yaxshi fe’l, yaxshi xulq Zardusht 
kitobi «Avesto»dan olingan («Guftori nek, kirdori nek, raftori nek»). Bu sifatlar bilan ziynatlangan odam 
yolg‘on, riyo va badkirdorlikdan chekinadi, hamma vaqt ezgu niyat bilan ezgu ishlarga tayyor turadi. 
Aziziddin Nasafiy yaxshi axloq haqidagi Zardusht so‘zi yoniga «Maorif», ya’ni tasavvufiy poklanish talabini 
qo‘shib qo‘ygan. Uning fikricha, tariqat yo‘liga kirgan soliklar vazifa-maqsadi ushbu to‘rt fazilatni 
egallashdir. Kimki «o‘zida shu sifatlarni kamol toptirsa, u kamolga erishadi».
Nasafiyning mazkur ta’rifidan ikkita xulosa kelib chiqadi. Biri shuki, olim nazarida komil inson 
hayotdan taqari bo‘lgan allaqanday mavhum zot emas, balki real odamdir. Yaxshi sifatlarni egallab borgan 
odam shunday martabaga ko‘tarila oladi. Ikkinchi xulosa shuki, Nasafiyga ko‘ra, komil inson martabasi tariqat 
va riyozat yo‘li bilan qo‘lga kiradigan yuksak martabadir. Ana shunday bir sharoitda o‘zlarining butun bilim 
va hayotlarini to‘g‘ri hadislarni aniqlab, jamlashdek ezgu ishga sarflashni o‘zlariga maqsad qilib qo‘ygan 
muhaddislar paydo bo‘ldi.
4
Unga 600 ming hadisldan faqat eng sahih hadislar kiritilgan.
5
Komil inson haqida yuqorida bayon etilgan fikrlarni o‘zaro jamlasak, quyidagi xulosalar kelib chiqadi:
— Komil inson – insonlarning eng mukammali, eng oqili va eng donosi.
— Komil inson Iloh bilan odamlar orasidagi vositachi, ilohiy amr, g‘ayb asrorini oddiy odamlarga 
yetkazuvchi ulug‘ homiydir.
— Komil inson martabada Aqli kull (Aqli avval)ga teng. Alloh avval Aqli kullni, ya’ni Komil insonni 
3
Yuz bir hadis va uning sharhi, tarjimon va nashrga tayyorlovchi T.Ziyoyev. 
4
Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Al Buxoriy. Hadis Al Jome as Sahih(ishonarli to‘plam) I kitob. Toshkent,1991 yil, 4-bet. 
5
O‘sha joy. 


485 
yaratdi, keyin u tufayli boshqa maxluqotlar yaratildi.
— Komil inson ruhi azaldan ma’lum, u Tangri taolo yaratgan eng qudratli ruhdir.
— Komil inson shu sifatlari bilan mutloq ilohiy xislatlarni jamlagan kayhoniy mavjudlikdir, u agar 
oddiy inson suratida ko‘rinsa ham, lekin ma’nan koinotni qamrab olgan hamisha bedor va hamma narsadan 
xabardor bir zotdir.
— Shu martabada u Allohning xalifasi bo‘la oladi.
— Komil inson insonlar jamiyati ichidan yetishib chiqadigan mo‘tabar zotdir. U azaldan martabasi aniq 
bo‘lgan ruh emas, balki axloqiy-ma’naviy poklanish jarayonida kamolga erishgandir.
— Shuning uchun har bir pok axloqli, iloh sevar shaxs komillikka intilishi va bu yo‘lda nasiba olishi 
mumkin.
— Komillikning oliy belgisi haq yo‘lidan borib xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o‘z so‘zi, amaliy ishlari, 
niyati bilan qanchalik odamlarga naf’ keltirsa, yomonlarni tuz yo‘lga solsa, Haq yo‘lida fido bo‘lsa, u shuncha 
komildir. Islom dining muqaddas manbalari bo‘lmish qur’on va hadislarga tayanib yozilganligidan dalolat 
berib turadi.
6
Ushbu qarashlar garchi bir-biriga zid bo‘lib tuyulsa-da aslida mohiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqindir. 
Ya’ni bu yerda insonning kamoloti, buyukligini tan olish, inson va Koinot, inson va Iloh, inson va Mavjudotni 
o‘zaro vobasta, aloqador deb hisoblash bor. Qarashlar orasidagi farq esa shundan iboratki, ahli shariat 
tushunchasiga ko‘ra, insonning qobiliyati va mayllari azaldan ma’lum, ya’ni Alloh taolo taqdiri azaldan 
belgilab qo‘ygan. Payg‘ambarlar, avliyolar, donishmandlar ruhi boshidanoq yuqori olamda ma’lum edi, bu 
ruhlarning martabalari avvaldan belgilangan edi, deydi shariat ahli.
Ammo hikmat ahli (faylasuflar) va tasavuf 
ahli fikriga ko‘ra, insonga faoliyat uchun inon-ixtiyor berilgan, u harakat qilib, komillik asb etishi, niyatlariga 
yetishi mumkin. Shayx Aziziddin Nasafiy «Zubdatul haqoyiq» (Haqiqatlar qaymog‘i) nomli risolasida yozadi: 
«Odamlarning so‘zlari va faoliyati uchun oldindan belgilangan o‘lchovlar yo‘q. Bilim va boylikka ega bo‘lish 
odamning say’-harakatiga bog‘liq: odam qancha ko‘p g‘ayrat qilsa, shuncha bilmi va mol-mulki ortadi».
Aziziddin Nasafiy kamolotning belgisi sifatida ikki narsani asos qilib olgan. Buning biri – hamida axloq 
bo‘lsa, ikkinchisi – o‘z-o‘zini tanish. Shu ikki asosning bor yoki yo‘qligiga qarab u odamlarni uch qismga 
ajratgan. Birinchisi, hamida axloqiy xislatlar bilan bezanmagan va o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Ikkinchi, 
hamida axloqiy xislatlar bilan bezangan, ammo o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Uchinchisi, hamida axloqiy 
sifatlar bilan bezangan va o‘z-o‘zini tanigan odamlar. Olimning nazarida ana shu keyingi – uchinchi toifa 
odamlar komil inson-lardir: «Binobarin, insonning kamolotga erishishi hamida axloqqa ega bo‘lish va o‘z-
o‘zini tanish bilan amalga oshadi».
Shu tariqa, komil insonning o‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lish 
har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Bundan yana shu ham ma’ulm bo‘ladiki, o‘rta asarlardagi yaxshi 
axloq, komil inson haqidagi tushunchalar nisbiy xususiyatga ega – bir tomondan, jami ruhiy-ma’naviy qudrat, 
aqlu zakovat, yaxshi sifatlarning jamuljami hisoblangan mavhum bir zot tushunchasi, ikkinchi tomondan shu 
cho‘qqiga intilib, muayyan matarabalarga erishgan kishi ham komil inson deb hisoblangan. Ammo masala 
qanday qo‘yilishidan qat’iy nazar, komil inson haqidagi g‘oyalar katta ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega bo‘ldi, 
insonni sharafli, ezgulik va Buyuk Xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga 
xizmat qildi. Har zamon, har lahza insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojo‘ya 
qiliqlardan saqlanishga ko‘maklashadi, iymon va vijdon binosining poydor bo‘lishini ta’minlaydi. Mulla 
Aahmadxo‘ja eshon ibn Abdulmo‘minxo‘ja eshonning “Ahloq risolasi” asarida o‘g‘il va qiz bolalar odobi 
hadislar asosida talqin qilib berilgan. Unga o‘g‘il va qiz bolalarga qarata ruhni va tanni pok tutish haqida 
nasihatlar berilgan
7

Komillikning oliy belgisi Haq yo‘lidan borib xalqqa foyda keltirishdir. Kishi o‘z so‘zi, amaliy ishlari, 
niyati bilan qanchalik odamlarga naf’ keltirsa, yomonlarni tuz yo‘lga solsa, Haq yo‘lida fido bo‘lsa, u shuncha 
komildir.
Ushbu qarashlar garchi bir-biriga zid bo‘lib tuyulsa-da, aslida mohiyatiga ko‘ra bir-biriga yaqindir. 
Ya’ni bu yerda insonning kamoloti, buyukligini tan olish, inson va Koinot, inson va Iloh, inson va Mavjudotni 
o‘zaro vobasta, aloqador deb hisoblash bor. Qarashlar orasidagi farq esa shundan iboratki, ahli shariat 
tushunchasiga ko‘ra, insonning qobiliyati va mayllari azaldan ma’lum, ya’ni Alloh taolo taqdiri azaldan 
belgilab qo‘ygan. Payg‘ambarlar, avliyolar, donishmandlar ruhi boshidanoq yuqori olamda ma’lum edi, bu 
ruhlarning martabalari avvaldan belgilangan edi, deydi shariat ahli.
Ammo hikmat ahli (faylasuflar) va tasavuf ahli fikriga ko‘ra, insonga faoliyat uchun inon-ixtiyor 
berilgan, u harakat qilib, komillik asb etishi, niyatlariga yetishi mumkin. Shayx Aziziddin Nasafiy «Zubdatul 
6
Olimat ul-Banot. Mushorat odobi.Tarjimon va nashrga tayyorlovchi, T.Ziyoyev. “Mehnat”. 
7
Nasihatnoma. O‘g‘il va qiz bolalar odobi haqida risola. Nashrga tayyorlovchi, B.Abdulxay o‘g‘li.Toshkent, 1991-y. 


486 
haqoyiq» (Haqiqatlar qaymog‘i) nomli risolasida yozadi: «Odamlarning so‘zlari va faoliyati uchun oldindan 
belgilangan o‘lchovlar yo‘q. Bilim va boylikka ega bo‘lish odamning say’-harakatiga bog‘liq: odam qancha 
ko‘p g‘ayrat qilsa, shuncha bilmi va mol-mulki ortadi»
8
.
Aziziddin Nasafiy kamolotning belgisi sifatida ikki narsani asos qilib olgan. Buning biri – hamida axloq 
bo‘lsa, ikkinchisi – o‘z-o‘zini tanish. Shu ikki asosning bor yoki yo‘qligiga qarab u odamlarni uch qismga 
ajratgan. Birinchisi, hamida axloqiy xislatlar bilan bezanmagan va o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Ikkinchi, 
hamida axloqiy xislatlar bilan bezangan, ammo o‘z-o‘zini tanimagan odamlar. Uchinchisi, hamida axloqiy 
sifatlar bilan bezangan va o‘z-o‘zini tanigan odamlar. Olimning nazarida ana shu keyingi – uchinchi toifa 
odamlar komil inson-lardir: «Binobarin, insonning kamolotga erishishi hamida axloqqa ega bo‘lish va o‘z-
o‘zini tanish bilan amalga oshadi».
Shu tariqa, komil insonning o‘ziga xos axloq kodeksi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu sifatlarga ega bo‘lish 
har bir odamning orzu-armoni deb qaralgan. Bundan yana shu ham ma’ulm bo‘ladiki, o‘rta asarlardagi yaxshi 
axloq, komil inson haqidagi tushunchalar nisbiy xususiyatga ega – bir tomondan, jami ruhiy-ma’naviy qudrat, 
aqlu zakovat, yaxshi sifatlarning jamuljami hisoblangan mavhum bir zot tushunchasi, ikkinchi tomondan shu 
cho‘qqiga intilib, muayyan matarabalarga erishgan kishi ham komil inson deb hisoblangan. Ammo masala 
qanday qo‘yilishidan qat’iy nazar, komil inson haqidagi g‘oyalar katta ijtimoiy-axloqiy ahamiyatga ega bo‘ldi, 
insonni sharafli, ezgulik va buyuk xayr ruhida tarbiyalash, mehru muhabbat, vafo va sadoqatni kuchaytirishga 
xizmat qildi. Har zamon, har lahza insonlarga ularning insonligini eslatib, yovuz, qabih ishlar, nojo‘ya 
qiliqlardan saqlanishga ko‘maklashadi, iymon va vijdon binosining poydor bo‘lishini ta’minlaydi. Qizlar 
tarbiyasi, avvalo, ota onalar, qolaversa, tarbiya maskanlari bo‘lmish sifatida bog‘cha, maktab, bilim yurtlari, 
oliy o‘quv dargohlari xodimlari hamda keng jamoatchilikning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri qaraladi.
9

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   460   461   462   463   464   465   466   467   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish