BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
QO‘LLASHNING ZAMONAVIY METODLARI
Xo‘jamova Gulsevar Abdullajon qizi,
Andijon davlat universitetining
Pedagogika Instituti 1- bosqich talabasi
Annotatsiya:
Men ushbu maqolada maktab ta’limida qo‘llaniladigan, mamlakatimiz ta’lim
tizimida ulkan o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan yangi metodlar, chet el tajriba maydonlarida o‘z o‘rniga ega
bo‘lgan yangi asr ta’lim tizimining asosini tashkil etadigan multimedia vositalari va boshlang‘ich sinf
o‘quvchilari orasida ushbu texnologiyalarni qo‘llashga doir masalalarning kamchilik va yutuqlarini
yoritdim. Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda
kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonaviy turlaridan samarali foydalanish asosiy omil ekani
haqida tushunchalar berishga harakat qildim.
Kalit so‘zlar:
Multimedia, ta’lim, ma’naviyat, texnologiya, mutaxassis, samaradorlik, axborot,
yondashuv, jahon andozalari, ijtimoiy hayot, axborot savodxonligi, siyosiy faoliyat, mustaqil tafakkur,
media, nazorat qilish.
“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi
bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur
sharoitlar yaratishdan iborat.”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida so‘zlagan nutqidan
Kirish
. Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi,
muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va
kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat
siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.”Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga
yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodlarni barcha eng yaxshi imkoniyatlari
unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashtiradi, katta avlodlarning dono maslahat
va tajribalari yuksak darajada anglab oladi va yosh, barkamol avlodga o‘tadi.”[1,78] Hammamizga
yaxshi ma’lumki, bundan ancha yillar avval ta’lim tushunchasiga milliy-demokratik nuqtai nazardan
yondashilib shunday ta’rif berilgandi. Ushbu ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta’limning
yangi-yangi mdellari yaratilmoqdaki, uning nazariy asoslari yetakchi mutaxassis olimlar tomonidan
ilmiy-amaliy tarzda isbotlab kelinmoqda. Ushbu ilmiy-amaliy tarzda isbotlash, o‘quv jarayonlarini
yuksak darajalarda texnologiyalashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasida
taraqqiyotnng bosh mezoni sifatida barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim
to‘g‘risidagi qonunning va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning takomillashgan, jahon andozalariga
mos keladigan variantlari yaratildi va juda ko‘plab davlatlarning ta’lim sohasi xodimlari tomonidan
e’tirof etilmoqda. Bu qonun va dasturlar mamlakatimizda bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilmoqda.
Shaxsiy kompyuterlarning maktab hayotiga kirib kelishi uni barcha o‘quv predmetlarida hamda maktab
faoliyatida qo‘llash lozimligini ko‘rsatmoqda.” Bugungi rivojlangan davrda maktablarda zamonaviy
texnologiya vositalaridan yuqori ko‘rsatkich bilan samarali foydalanilmoqda. Kompyuterlar nafaqat
“Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” kursini o‘qitish uchun balki maktab ta’lim sohasining
deyarli barcha yo‘nalishlarida keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda tahsil oladigan
o‘quvchilarni zamonaviy muhitga moslashtirish, ularda multimedia, video va audio darslar orqali
darslarga yanada qiziqtirish bugungi kunda yetarli darajada natijalar bermoqda. Hozirgi kunda jamiyat
hayotining deyarli barcha sohalarini, shu jumladan, ta’limning rivojlanishini mediasiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi.”[2,56]
Do'stlaringiz bilan baham: |