Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet378/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR 
QO‘LLASHNING ZAMONAVIY METODLARI 
Xo‘jamova Gulsevar Abdullajon qizi, 
Andijon davlat universitetining 
Pedagogika Instituti 1- bosqich talabasi 
Annotatsiya: 
Men ushbu maqolada maktab ta’limida qo‘llaniladigan, mamlakatimiz ta’lim 
tizimida ulkan o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan yangi metodlar, chet el tajriba maydonlarida o‘z o‘rniga ega 
bo‘lgan yangi asr ta’lim tizimining asosini tashkil etadigan multimedia vositalari va boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari orasida ushbu texnologiyalarni qo‘llashga doir masalalarning kamchilik va yutuqlarini 
yoritdim. Shu bilan bir qatorda, bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda 
kompyuter va axborot texnologiyalarining zamonaviy turlaridan samarali foydalanish asosiy omil ekani 
haqida tushunchalar berishga harakat qildim. 
Kalit so‘zlar: 
Multimedia, ta’lim, ma’naviyat, texnologiya, mutaxassis, samaradorlik, axborot, 
yondashuv, jahon andozalari, ijtimoiy hayot, axborot savodxonligi, siyosiy faoliyat, mustaqil tafakkur, 
media, nazorat qilish. 
“Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi 
bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur 
sharoitlar yaratishdan iborat.” 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72- 
sessiyasida so‘zlagan nutqidan 
Kirish
. Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, 
muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va 
kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat 
siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.”Ta’lim O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga 
yaratuvchilik faolligini baxsh etadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodlarni barcha eng yaxshi imkoniyatlari 
unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashtiradi, katta avlodlarning dono maslahat 
va tajribalari yuksak darajada anglab oladi va yosh, barkamol avlodga o‘tadi.”[1,78] Hammamizga 
yaxshi ma’lumki, bundan ancha yillar avval ta’lim tushunchasiga milliy-demokratik nuqtai nazardan 
yondashilib shunday ta’rif berilgandi. Ushbu ta’kidlangan maqsadni amalga oshirish uchun ta’limning 
yangi-yangi mdellari yaratilmoqdaki, uning nazariy asoslari yetakchi mutaxassis olimlar tomonidan 
ilmiy-amaliy tarzda isbotlab kelinmoqda. Ushbu ilmiy-amaliy tarzda isbotlash, o‘quv jarayonlarini 
yuksak darajalarda texnologiyalashtirish bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasida 
taraqqiyotnng bosh mezoni sifatida barkamol avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim 
to‘g‘risidagi qonunning va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning takomillashgan, jahon andozalariga 
mos keladigan variantlari yaratildi va juda ko‘plab davlatlarning ta’lim sohasi xodimlari tomonidan 
e’tirof etilmoqda. Bu qonun va dasturlar mamlakatimizda bosqichma-bosqich hayotga tadbiq etilmoqda. 
Shaxsiy kompyuterlarning maktab hayotiga kirib kelishi uni barcha o‘quv predmetlarida hamda maktab 
faoliyatida qo‘llash lozimligini ko‘rsatmoqda.” Bugungi rivojlangan davrda maktablarda zamonaviy 
texnologiya vositalaridan yuqori ko‘rsatkich bilan samarali foydalanilmoqda. Kompyuterlar nafaqat 
“Informatika va hisoblash texnikasi asoslari” kursini o‘qitish uchun balki maktab ta’lim sohasining 
deyarli barcha yo‘nalishlarida keng qo‘llanilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda tahsil oladigan 
o‘quvchilarni zamonaviy muhitga moslashtirish, ularda multimedia, video va audio darslar orqali 
darslarga yanada qiziqtirish bugungi kunda yetarli darajada natijalar bermoqda. Hozirgi kunda jamiyat 
hayotining deyarli barcha sohalarini, shu jumladan, ta’limning rivojlanishini mediasiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi.”[2,56] 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish