10
0
qaror ishlab chiqish, konsensusga erishish;
muloqotda ishtirok etish qoidalariga rioya qilish (taktlilik, moslashuvchanlik, emotsionallik,
raqiblarning ishonchi) va boshqalar.
O‘qituvchilarni ta’lim innovatsiyalarini joriy etishga tayyorlash, agar u dasturiy-maqsadli
yondashuvning asosiy qoidalariga asoslansa va ta’lim muassasasini innovatsion rivojlantirishning
maqsadli dasturini amalga oshirish qaratilgan bo‘lsa, samarali bo‘ladi.
Innovatsion faoliyatga tayyorgarlikni ko‘rsata oladigan quyidagi ko‘rsatkichlarni
belgilab olish
muhimdir:
innovatsion faoliyat zarurligini tushunib yetish;
yangiliklarni maktabga kiritish bo‘yicha ijodiy faoliyatini jalb etishga tayyorlash, innovatsiyalar
kiritishga qaratilgan harakatlar natija keltirishiga ishonish;
shaxsiy maqsadlarni innovatsion faoliyatlar bilan mosligi, muvofiqligi;
ijodiy muvaffaqiyatsizlikni yengishga tayyorligi;
innovatsion faoliyatning mutaxassislik va shaxsiy madaniyat bilan uyg‘unligi;
ilgarigi tajribalarini innovatsion faoliyat nuqtayi nazardan qabul qilish, innovatsion faoliyatning
mutaxassislik mustaqilligiga ta’siri;
mutaxassislik refleksiyasiga qobiliyatlilik[3].
O‘qituvchida innovatsion faoliyat muammolarni mustaqil tushunib yetish va innovatsion qarorga
kelishga ijodiy imkoniyatlarini dolzarblashtirish va rivojlantirish quyidagi bosqichlardan iborat:
maktab muammolarini ishlab chiqish bosqichi, unda har bir ishtirokchi, ilgarigidagilarni
takrorlamay o‘z muammosini tuzishga harakat qiladi;
ushbu muammolarni hal etish bo‘yicha g‘oyalarni oldinga surish;
jamoatchilik bo‘lib birgalikda muhokama qilish.
Pedagoning uzluksiz innovatsion rivojlanishida asosiy masalalardan biri
qulay innovatsion muhit
yaratishdan iborat. Refleksiv innovatsion amaliyot ishtirokchilari haqiqiy pedagog sharoitida bo‘lishlari
sababli, qisqa vaqt ichida ilgarigi stereotiplarni bartaraf qila oladi. Refleksiv innovatsion amaliyot ilgarigi
tajribani dolzarblashtirish, uni qayta anglash, bo‘lajak maktabning yangi muammo va munosabatlarini
aniqlash uchun imkon beradi[4]. Asosiy masalalardan biri o‘z-o‘zini va o‘z faoliyatini qayta anglash
jarayonini yangiliklar yaratish sohasiga yo‘naltirishdir.
Refleksiv innovatsion amaliyot o‘qituvchi ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishga qaratilib,
bunda
pedagogik fanda faqatgina yangilik yaratish qobiliyatigina emas, balki o‘z-o‘ziga, o‘z mehnatiga,
bolalarga, har qanday muammoli vaziyatni hal etishga va umuman hayotga o‘ziga xos ijodiy
munosabatda bo‘lish tushuniladi. Bular o‘qituvchi uchun muhim ahamiyatga ega, chunki zamonaviy
vaziyatlar murakkabligi dinamizmi undan odatiy mutaxassislik ko‘nikmalardan holi bo‘lish,
erkinlikni
talab qiladi. Shu bilan birga o‘qituvchi innovatsion faoliyatini ko‘rsatuvchi xususiyatlari bu yuzaga
kelgan vaziyatda maksimal ravishda erkin bo‘lish va maktabda yangilikni joriy qilishni o‘zi belgilay olish
qobiliyati hisoblanadi. Bu bosqichda innovatsion harakatlar rivojlanish jarayonini biz shunday tasavvur
qilamiz: yangiliklarni yaratish va joriy qilishga qarshilik qiluvchi bir xildagi odatlarni «buzish» va «qayta
tuzish» demakdir. Xususan, eski odatlarni buzish, ularni yo‘q qilib yuborish emas, chunki ular osonlik
bilan yangilari bilan almashtiriladi. Ushbu bosqichda innovatsion harakatlarni yuzaga keltirish uslublariga
quyidagilarni kiritish mumkin: polilog, munozara, refleksiv, inversiya, intervьyu.
Pedagogik jamoani motivlashtirish va o‘qituvchilarni innovatsion jarayonlarga
tayyorgarligini
shakllantirish maktabning yangidan shakllantirilgan obrazini o‘qituvchilar ongida mustahkamlash,
o‘qituvchining innovatsion harakatlarini mukammallashtirish yangilik kiritish obyektini to‘g‘ri tanlashga
bog‘liq[5].
O‘qituvchilarda innovatsion rivojlanish jarayoni to‘xtab qolmasligi uchun quyidagilar zarur:
uzoq muddatli maqsadli innovatsion rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish;
maqsadni nafaqat moddiy, balki ma’naviy ustuvorlik uchun ham belgilash;
g‘oyani yoki tub innovatsiyani doimiy ravishda davom ettirish va takomillashtirishga qodir bo‘lgan
hamfikrlarning mavjudligi;
yaratish va amalga oshirish jarayonini birlashtirish; kasbiy amaliyotdagi yangiliklar;
ijodiy jamoani rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tizimini yaratish.
Xulosa, pedagogning uzluksiz innovatsion rivojlanishi ta’lim sifatini yangilash, o‘quvchilarning
ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim yutuqlariga erishishning “rag‘batlantiruvchi” kuchi sifatida e’tirof
etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: