Universitetining pedagogika instituti maktabgacha



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet455/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

Keywords:
logical thinking, primary education, special assignment, pedagogy, psychology, methods. 
Boshlang'ich sinflarda to'g'ri, tez, ongli va ifodali o'qishga o'rgatish vazifasi o'quvchilarda asarni tahlil 
qilish ko'nikmasini shakllantirish bilan birga amalga oshiriladi. Ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar 
tizimning yangicha shakllanishiga zamin yaratildi. Xususan, boshlang‘ich ta’lim tizimidagi о‘zgarishlar 
о‘quvchilarning bilim-salohiyati, harakatchanligini oshirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, boshlang‘ich sinf 
о‘quvchilarida mantiqiy fikrlashni shakllantirishga qaratilgan ishlar bugungi kunda samarali natijalar 
bermoqda. Bundan tashqari, mantiqiy fikrlashni aynan quyi sinf о‘quvchilarida shakllantirish borasiidagi 
chora-tadbirlar bugunning eng dolzarb masalasiga aylangan. Shuning uchun, mantiqiy fikrlash tushunchasiga 
batafsil tо‘xtalamiz.
"Mantiqiy fikrlash" – bu sabablarini ta’kidlab mavjud ma’lumotlarni qayta ishlash. Inson allaqachon 
mavjud bо‘lgan bilimlarni ma’lum bir ketma-ketlikda qayta ishlash orqali foydalanadi. Ushbu fikrlash 
natijasida ma’lum bir vazifa uchun eng tо‘g‘ri yechimini topadi. Mantiqiy fikrlash bu vaqt imkoniyati yo’q 
bо‘lganda muammoni tezda hal qilish yo’lini belgilab berauvchi qobiliyat. Bolalarda mantiqiy fikrlashning 
rivojlanishi kattalardagi kabi jarayonni talab qiladi. О‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish uchun 
masalalardan keng foydalaniladi. 
Boshlang‘ich sinflarda sodda va qisqa mazmunlimasallar mantiqiy fikrlash qobilyatini rivojlantirishning 
foydali vositasi bо‘lib xizmat qiladi. O'qish va ona tili darslari qiziqarli bо‘lishi bilan birga biroz murakkab, 
hayotda esa har jabhalarda kerak bо‘ladigan fan hisoblanadi. Asar o'qish orqali о‘quvchilarning mantiqiy 
fikrlashini boyitadi. Hikoya, masal, she'rning mazminini to'g'ri idrok etish, shuningdek, matnning hissiy 


473 
ta'sirini oshirish uchun ifodali o'qish katta ahamiyatga ega. 
Badiiy asarni o'qil baladagi fikrlash, arsarni qayta hikoya qilish, o'qishga qiziqishi, og'zaki nutqini 
o'sishiga olib keladi. Tabiiyki, og'zaki nutq o'sdimi, matiqiy fikrlash ham o'sadi. Hozirgi kecha kunduzda 
DTSga asoslanga 3-4-sinf kitoblarimizda berilgan bir qancha badiiy asar, badiiy matn, masal, she'rlar 
maqollar, topishmoqlar orqali bola qiziqishi o'sadi. Bola gapiradi, bola fikrlaydi bir so'z bilan aytganda bola 
unib o'sadi. Masalan yuqorida ta'kidlangan DTSga asoslangan 3-sinf o'qish darsligidagi "Hunar-hunardan 
rizqing unar" bobidagi Hunarsiz kishi o'limga yaqin, Donishmand ustoz, Ko'k arg'umoq kabi badiiy asarlar 
orqali boladagi fikrlash, gapirish, hayotga real qarash tuyg'ulari namoyon bo'ladi. Bolalarning fikrlashini 
matematika darsliklari orqali ham o'stiramiz. Matematika darsligi orqali o'stirishda asosan bola bilan savol-
javob o'tqazish orqali ( masalalarda), misol yechish orqali, mantiqiy topshiriqlar orqali. Milliy o'quv dasturiga 
asoslangan kitoblarimizning barchasi bolaning fikrlashini, mantiqiy tafakkurini, o'ylab topishga doir tomonini,
har tomonlama darsliklar bir-biri bilan bog'lanib ishlanganki, darsliklarning bari speralsimondir. Masalan "Ona 
tili va o'qish savod xonligi" va "Texnologiya" darsliklarining mavzusiga bir nazar tashlasak, robot haqida 
berilgan tushuncha bir-biriga taqindir. Har ikkala darslikda ham robotning vazifasi, ishlash ko'lami, foydali 
tomoni, qanday yasalishi, nima ishlarni qila olishi haqida bir vaqtning o'zida berilgan. Boladagi bu mavzularni 
o'tish vaqti hech qanday qiyinchilik tug'dirmasligi tabiiy holdir.
Bola badiiy asar o'qidimi uni tahlil ham qila bilishi kerak. Badiiy asarni tahlil qilishda bora quyidagi 
turlardan boydalaniladi 
1) Tanlab o'qish. Bunda o'quvchi matnning mos qismini tanlab o'qiydi. Vazifa asarning mazminini 
oydinlashtirish, sabab-natija bog'lanishini belgilash, badiiy xususiyatini ochish, o'qilgan matnga o'z shaxsiy 
munosabatini ofodalashdan iborat bo'lishi mumkin. Masalan 4-sinfda "Oltin kuzim" matnidan tabiatdagi 
o'zgarishlar berilgan qismini topib o'qing. Rahim Bekniyozning "Mo'jiza" hikoyasidan quyonni hushsiz yotgan 
joyini topib o'qing kabi topshiriqlar beriladi. 
2) O'quvchilarning berilgan savol-va topshiriqlariga o'z so'zi bilan javob berish. Mashqning bu turi 
o'quvchilarda o'qilganlar yuzasidan muhokama yuritish ko'nikmasini o'stirishga, asarda qatnashuvchi 
qahramonlarni baholashga, muallif tasvirlagan lavhani hayotiy bog'lash bilan imkon yaratib beradi. Ishning bu 
turida berilgan savollar ma'lum maqsadga yo'naltirilgan va muayyan izchillikda bo'lishi, o'quvchilarni mustaqil 
fikrlashga undashi lozim. 
3) O'quvchilarni savol berishga o'rgatish. O'quvchilarda savol berishga o'rgatish matn ustida ishlashda 
yaxshi natija beradi. Metodist olimlarning fikricha, to'g'ri berilgan savolda yarim javob tayyor bo'ladi. 
O'quvchilar matnni ongli o'zlashtira olsalargina, matn yuzasidan savol bera oladilar. O'quvchilarda savol 
berishni boshlashni 2-sinfdan boshlash maqsadga muvofiqdir. 
4)Matnni tasvirlash. Matnni tasvirlash matn ustida ishlashda katta ahamiyatga ega bo'lib, 
o'quvchilarning ijodiy va fikrlar qobiliyatini o'stiradi, undan to'g'ri foydalanish esa asarda yozuvchi tasvirlagan 
hayotiy manzaralarni o'quvchi aniq tasavvur qilishlari uchun qulaylik yaratadi. O'quvchilar asar voqealar 
rivojini seriyali rasmlar asosida muayyan izchillikda tasvirlashlari ham, har bir rasm seriyasi ostida shu qismda 
ifoda etilgan muhim fikrlarni yozib qo'yishlari ham mumkin. Bular asar matnini to'liq qayta hikoyalash, 
shuningdek, o'qilgan hikoya rejasini tuzish matn mazmini uning to'liq tasviriy vositalarini bilib olishga yordam 
beradi. 
5) Asar rejasini tuzish. Reja matn mazminini ongli chuqur tushunishda, asosiy fikrni ajratishda, 
voqealarning izchilligini belgilashda, matn qismlarini o'zaro bog'lanishini tushunishda o'quvchilarga yordam 
beradi. 
O'quvchilarning mantiqiy fikrlashini faqatgina ona tili yoki o'qish darslari bilangina oshira olmaymiz. 
Bunda o'quvchi matematika, tasviriy san'at, texnoligiya, tabiatshunoslik(tabiiy fan) kabi fanlariga ham 
suyanadi. Matenatika fani orqali mantiqiy fikrni o'stirish ham masala ham misol undan tashqari darsliklarda 
berib boriladigan "O'ylab top" topshirig'i orqali namoyon bo'ladi. Texnologiya darslarida har xil bezaklar, 
tabiiy materiallardan (qovoq urug'i, semichka, tarvuz urug'i, bug'doy va hokazo)applikatsiyalar yasash. Turli 
xil rangli qog'oz orqali geometrik shakllardan narsa yasash. Har xil ko'rinishdagi maketlar yasash orqali 
bolaning mantiqiy fikrlash doirasi kengayadi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, bolani badiiy asar o'qishga, she'r yod oldirishga, ertak, hikoya, masal, 
rivoyat o'qishga mehr uyg'otish uchun avvalo biz ota-onalar va qolaversa o'qituvchilarning bunda o'z o'rni 
beqiyosdir. Bolani yoshlikdan kitobga mehrini oshirish unchun bolaga ertak, turli xildagi hikoyalar, 
rivoyatlarni aytib berish joizdir. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   451   452   453   454   455   456   457   458   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish