Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet350/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 
1.
Бим, И.Л. Основные принципы построения учебника иностранного языка. [Электронный 
ресурс]. – URL: http://journal.pushkin.institute-/ archive/archive/1975/1975-6 pdf. (дата обращения: 
19.05.2018). 
2.
Мазунова, Л.К. Принципы создания современного учебника по иностранному языку / 
Л.К. Мазунова, Р.Ф. Хасанова // Вестник Башкирского университета. – 2010. – Т. 15, № 3. – С. 831- 
834. 
3.
, Stevanović, M. (1998), Didaktika, Tuzla: R&S 
4.
Vilotijević, M. (2001) Didaktika3, Sarajevo: BH most 
O‘QUVCHILARNI AXLOQIY TARBIYALASHDA XALQ OG‘IZAKI IJODIDAN 
FOYDALANISH DOLZARB PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA 
Hayitov Hamza Ahmadovich, BuxDUPI dotsenti 
Naimova O‘g‘iloy Alisherovna, BuxDUPI 1-bosqich talabasi 
Annontatsiya: 
Ushbu maqolada 
o‘quvchilarni axloqiy tarbiyalashda xalq og‘izaki ijodidan 
foydalanish dolzarb pedagogik muammo sifatida ilmiy nazariy tahlil qilindi. 
Kalit so‘zlar: 
Ma’naviyat, ta’lim-tarbiya, barkamol shaxs, xalq og‘izaki ijodi, bolalar bog‘chalari 
dasturlari, maktabgacha ta’lim, uchinchi mingyillik bolasi, sog‘lom avlod, odobnoma, tarix, demokratik 
ta’lim, qadriyat, madaniy taraqqiyot, ertak, xalq milliy donishmandlik qadriyatlari, dunyoqarash, milliy 
meros va h.k. 
“Tarbiya- biz uchun yo hayot -yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidir .” 


360 
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng ijtimoiy fanlar o‘qitilishiga katta e’tibor berildi. 
Chunki,insonning dunyoqarashi, ma’naviyati, madaniyatini shakllanishida ijtimoiy fanlarning o‘rni 
muhimdir. Manashu yangilanish jarayonida axloqiy tarbiyaning o‘z o‘rni bo‘lib, uning oldida yangi 
demokratik va huquqiy davlat barpo etishga kirishgan mamalakatimiz fuqarolarining ayniqsa, yoshlarning 
axloqiy darajasiga mas’ullik va barkamol shaxsni tarbiyalashdek ulkan vazifalar turibdi. Shu o‘rinda 1- 
prezidentimiz I.A.Karimovning “Axloq-ma’naviyatning o‘zagi”,-degan fikrini dasturiamal deb bilishimiz 
zarur. Axloqshunoslik fanini o‘rgatishdan maqsad, axloq va axloqiy tafakkurning taraqqiyot bosqichlarini 
ilmiy nuqtai nazardan tushuntirish, axloqning milliy va umumbashariylik xususiyatlarini tahlil etish, 
talabalarda Vatanga, millatga, insoniyatga muhabbat hissini shakllantirishda, halol, pok, rostgo‘y 
mutaxasislar bo‘lib yetishishda axloq va odobning ahamiyatini teran anglatishdan iboratdir. Ushbu 
ma’ruza matnlari to‘plami namunaviy dastur asosida yozilgan bo‘lib, bunda asl manbalardan va eng yangi 
adabiyotlardan foydalanildi. 
O‘quvchilarning u yoki bu ruhiy- jarayonlarini o‘stirib borishga qaratilgan tadqiqotlarga qator 
o‘zbekistonlik va xorijiy pedagog va psixolog olimlar o‘z qarashlari va tadqiqotlari bilan salmoqli hissa 
qo‘shganlar. 
Pedagog S. Ochilov, M. Inamova, O. Musurmonova, psixolog G‘. Shoumarov, V. Karimova kabi 
respublikamizning yetuk tadqiqotchi-olimlarining ilmiy tadqiqotlari bola tarbiyasida ma’naviy-axloqiy 
qadriyatlarining o‘rni,o‘quvchilarda ma’naviyat va madaniyatni shakllantirish,o‘quvchi-yoshlarni 
ma’naviy-axloqiy tarbiyasi,oilaviy munosabatlarning bola tarbiyasiga ta’siri va hokazolarni qamrab 
olgan. 
Tashkilotchi M. Ahmedov va O. Shoumarovning “Vatan mahalladan boshlanadi”, psixolog Z. 
Nishonova va G. Alimovalarning “Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi” hamda 
“Maktabgacha ta’lim jurnali” sahifalarida nashr etilgan qator ilmiy maqolalarda va Respublikamiz 
“Bolalar bog‘chalari dastur” lari (1998), “Uchinchi mingyillikning bolasi” o‘quv qo‘llanmasi (2001) va 
hokazolarda maktabgacha yoshdagi bolalarda vatanparvarlik, insonparvarlik, va mehr xuddi shuningdek 
his-tuyg‘ularini rivojlantiruvchi omillar tadqiq qilingan. “Sog‘lom avlod” jurnali sahifalarida chop etilgan 
maqolalar bola his-tuyg‘ulari tizimida mehr hislarini o‘stirishga qaratilgan. 
Dunyodagi barcha mamlakatlar taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lganidek, mustaqil O‘zbekistonning ham 
o‘z rivojlanish yo‘li bor. XX asr so‘ngida istiqlolga erishgan yurtimizninh har tomonlama taraqqiyot 
yo‘lida muhim dastur bo‘lib xizmat qilayotgan “O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy 
istiqbolining asosiy tamoyillari” kitobida 1-Prezidentimiz I. A. Karimov: “Kelajakning poydevori yuksak 
darajada rivojlangan ma’naviyatda ekanligini asoslab berdi. Boshlang‘ich ta’lim tizimidagi ma’navit 
tarbiya masalalariga bugungi tamoyillari nuqtai nazaridan qaraladigan bo‘lsa, ma’naviyatimiz manbai 
hisoblangan xalq og‘izaki ijodi qadriyatlari bu boradagi eng muhim boylikdir. 
Xalq ijodiyoti ham xalq tili kabi qadimiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kategoriyalardan biri bo‘lib, 
o‘tmishda yaratiga va asrdan asrlarga o‘tib, butun boshli elni boshqa milliy guruhlardan farqlashga xizmat 
qilib keluvchi xalq ijodiyoti qadriyatlarini faqat boshqa millat xalqi vakillarigina qurishi, baho berishi 
mumkin. Bugungi kunda boshlang‘ich ta’lim tizimi va boshqa birn qator bilim dargohlarida 
“Odobnoma”, “Ma’naviyat”, “Axloqshunoslik” kabi xalq madaniy- ma’naviy merosi bilan bog‘liq fanlar 
o‘qitilmoqda. O‘quvchilarni xalq milliy madaniyati, axloqiy tarbiyalash orqali unutilib borilayotgan 
o‘zbek xalq og‘izaki ijodini mustahkamlashga yordam beruvchi bu sa’y -harakatlar ushbu munosabat 
tamoyillariga javobdir. I. A. Karimov O‘zbekistondagi bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish 
jarayonida sodir bo‘layotgan moddiy manfaatlar tuyg‘usi bilan ma’naviy- axloqiy an’analar o‘rtasidagi 
ziddiyatlardan kelib chiqqan holda tarbiyaga yondashish kerakligi va xalq donishmandligi merosi hozirgi 
kun odamlari uchun naqadar zarur qadriyatlar ekanligi aniq misollarda ko‘rsatib berdi.Jumladan, “Vatan 
tarixi va madaniyati, jug‘rofiyasi va iqtisodi, qadimiy urf-odatlarimizni har tomonlama o‘rganish dolzarb 
ahamiyatga ega. Bolalar bog‘chalaridan tortib oily ta’lim o‘quv yurtlarigacha bo‘lgan ta’lim- tarbiya 
tizimlarida mazkur fan va bilimlarni o‘qitish muhim siyosiy vazifa sifatida qaralmog‘i lozim”,- 
deyilganida xalq tili va dunyoqarashiga yaqin bo‘lgan o‘tmish qadriyatlari ham nazarda tutiladi. 
Haqiqatan ham farzandlarimiz o‘zbek xalq ijodiyoti donishmandligi qadriyatlarini samimiy hurmat 
qilsalar, bu merosning asl mohiyatiga tushunib yetsalar, xalq orzu-umidlari, falsafiy-axloqiy qarashlari 
aks etgan qahramonlari fazilatlari bilan tanish bo‘lsalargina, ulardan zamonaviy Alpomishlar, 
Go‘ro‘g‘lilar, Barchinoyu Orzigullar yetishib chiqishiga imkon yaratiladi. Xalq ijodiyoti donishmandligi 
merosi ota-bobolarimizning asrlar mobaynida turmush sinovlaridan, hayot tajribalaridan o‘tib, mukammal 
holatga kelib qolgan betakror qadriyatlaridir. Agar har tomonlama tarqqiy etgan davlatlar o‘tmish 
tajribasiga nazar tashlasak, ularning o‘z madaniy merosini qadrlaganligi iqtisodiy-madaniy jihatdan 
rivojlanib, ketishining muhim omillaridan biri bo‘lganligini ko‘ramiz. Bunga misol qilib, AQSHda yerli 


361 
xalqlar,G‘arbiy yevropadan XVI asrda kelgan oq tanli xalqlar va XVII asrlarda Afrikadan keltirilgan 
negrlar folklorini to‘plash,ilmiy o‘rganish va ulardan zamonaviy maorif-madaniyat sohasida unumli 
foydalanish ishlarini ko‘rsatish mumkin. Yoki Olmoniya, Fransiya,Angliya davlatlari ijtimoiy-madaniy 
tarqqiyoti tarixi tajribalaridan ham o‘sha mamlakatlar o‘z milliy folklorini asrab avaylagan holda, 
zamonaviy madaniyat yaratganliklarini kuzatamiz. Chunonchi, Daniyadagi ertaklar shaharchasi, 
Germaniyadagi xalq milliy donishmandligi merosining asrab-avaylangan holda bir avloddan keyingisiga 
yetkazilish an’analari maktab va oliy ta’lim tizimi dasturlarida german xalq donishmandligiga oid ko‘plab 
mavzular kiritilganligi buning isbotidir. Xullas, qaysiki xalq o‘zining o‘tmish madaniyati, ma’naviy- 
axloqiy qadriyatlari, an’analari o‘zanidan chiqib ketmagan tarzda ish tutsa, o‘sha mamlakatlar ham 
iqtisodiy, ham madaniy va ham siyosiy jihatdan boshqa xalqlar oldida yuqori nufuzga ega bo‘lishini 
jahon xalqlari tarixi tajribalari ko‘rsatib turibdi. Prezidentimiz xalq milliy donishmandlik qadriyatlarini 
o‘ziga xos axloq Kodeksi deb bejiz ta’riflamadi. “Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir 
axloqiy talablar majmuasini, zamonaviy til bilan aytsak, shrqona axloq Kodeksini ishlab chiqqanlar.Kishi 
qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan isyon bo‘lishi kerak”,-deganlarida hozirgi 
tarixiy sharoit odamlari uchun kerakli bo;lgan ma’naviy tarbiya masalasi ko‘zda tutilmoqda. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   346   347   348   349   350   351   352   353   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish