Universitetining pedagogika instituti maktabgacha


IJODIY TOPSHIRIQLAR O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING



Download 12,46 Mb.
Pdf ko'rish
bet289/502
Sana23.07.2022
Hajmi12,46 Mb.
#845194
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   502
Bog'liq
Анжуман БухДУПИ.11.05. 2022

IJODIY TOPSHIRIQLAR O‘QUV MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHNING 
SAMARALI VOSITASI SIFATIDA 
Azimova Kamola Karimovna, 
BuxDUPI magistranti 
 
Annotasiya. 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ijodiy topshiriqlar berish orqali 
ularda o‘quv motivlarini shakllantirish masalalari atroflicha keltiriladi. Shuningdek, yoshlarning ijodiy 
o‘sishlarida motivlarning o‘rni o‘rganilgan. 
Tayanch atamalar. 
O‘quvchi, motiv, ko‘nikma, yosh toifasi, topshiriq, maktab, aqliy ijod, 
muammoli vaziyat, mushohada, maslahat, baho, mutaxassis, maqsad. 
Inson aqliy va amaliy faoliyatining barcha jabhalarida keng qo‘llanadigan xrestomatik 
tushunchalardan biri topshiriq kategoriyasidir. Mehnatning ijtimoiy taqsimlanishiga muvofiq har bir kasb 
egasi o‘z oldiga o‘zi mashg‘ul sohaga mos keladigan topshiriqlarni qo‘yadi. Shu jihatdan qaraganda, 
topshiriq jamiyatni rivojlantirishning maqsadi, usullari, vositalarini qamrab oladi. 
Pedagogik tadqiqotlarda inson oldiga bajarish uchun qo‘yiladigan topshiriqlar uch guruhga 
ajratiladi: ishlab chiqarishga oid topshiriqlar. Bunday vazifalarni barcha kasb egalari o‘z oldiga qo‘yadi 
va bajaradi: o‘qituvchi o‘qitish, shifokor davolash, mu’andis qurishga oid topshiriqlarni hal etadi; ilmiy 
xodimlar o‘z oldiga ilmiy muammolarni qo‘yadi. Maktab o‘quvchilari oldiga qo‘yiladigan topshiriqlar. 
Bular o‘quv-ijodiy topshiriqlar sanaladi. 
O‘quv topshiriqlari tarkibini o‘rganishning an'anaviy yo‘li mantiqiy yondashishdir. D.Poya, 
V.V.Statkevich, A.F.Esaulov va boshqalar o‘quv topshiriqlari tarkibini o‘rganishga mantiqiy jihatdan 
yondashishgan. D.Poyaning yozishicha, har qanday topshiriqning tarkibiy qismlari uchta: noma'lum, 
berilganlar, shart; V.V.Statkyevichning ta'kidlashicha, topshiriqlar tarkiban shart, (ma'lum) berilganlar, 
izlanadiganlar. O.Roziqov o‘quv topshiriqlari tarkibida mantiqan to‘rtta element ajratadi: berilgan ma'lum 
va noma'lumlar o‘rtasidagi munosabat; moddiylashgan faoliyat; bola oldiga qo‘yilgan talab; topshiriqni 
bajarish sharti. 
II.
O‘quv topshiriqlarini o‘rganishning yana bir yo‘li kibernetik yondashishdir. Bizning 
kuzatishimizcha, o‘quv topshiriqlarini o‘rganishga kibernetik yondashish L.M.Fridman tadqiqotlarida 
asoslangan. Uning qayd etishicha, har qanday topshiriq predmet sohasi, munosabat, talab, operatordan 
iborat. 
Topshiriqning asosiy tarkibiy qismi uning predmet sohasidir. Predmet sohasi ikki yoki undan ortiq 
(ko‘p) predmetlardan iborat bo‘ladi. Fizik predmetlar, miqdorlar, harf, hodisalar, formulalar topshiriqning 
predmet sohasi sanaladi. Topshiriqda nima deyilgan, so‘ralgan, talab etilgan bo‘lsa, uning predmet sohasi 
tarkibida qaraladi. Topshiriqning ikkinchi tarkibiy qismi uning predikatlaridir. Predikatlar berilgan 
miqdor, hodisa, voqealar to‘g‘risida aytilgan fikrlar, gaplar bo‘lib, ular ma'lum va noma'lumlarni o‘zaro 
bog‘lab turadi. 
Predikatlarni o‘zaro bog‘lab turuvchi vositalar topshiriqlarning uchinchi tarkibiy qismi bo‘lib, 
ularning funksiyasi ma'lum va noma'lumlar o‘rtasidagi aloqadorlikni oydinlashtirishdan iborat. 
Topshiriqning yana bir tarkibiy qismi unda berilgan talablarni aks ettiruvchi operatorlardir. 
Operatorlar qancha, necha, asoslang, toping, aniqlang kabi so‘zlar vositasida ifodalanadi. L.M.Fridman 
o‘quv topshiriqlarining tarkibiy qismlarini kibernetik jihatdan o‘rganib, ularning uch xil ko‘rinishini 
ajratgan: predmet topshiriqlar; ko‘rgazmali - grafik topshiriqlar (mas., 9 sm chizma berilgan. 2-chizmani 
uning ustiga 2 marta qo‘yish mumkin. 2-chizmaning uzunligini ayting); simvolik topshiriqlar (mas., 
Matematik formulalar asosida bajariladigan topshiriqlar). 
III.
Maxsus yondashish - o‘quv topshiriqlarini umumiy didaktik nuqtai nazardan o‘rganishni 
O.Roziqov boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlarida o‘quv topshirig‘ining to‘rt tarkibiy qismi - mazmun, 
maqsad, funksiya va uni bajarish usuli topshiriqlarning invariantlari sifatida tahlil qilingan. O.Roziqov 
topshiriqning mazmun, maqsad, funksiya va bajarish usullarini uning invariantlari shaklida ajratgan. Bu 
tadqiqotchiga 
sistema 
tushunchasidan 
struktura 
tushunchasiga 
o‘tish imkoniyatini bergan. 
Topshiriqlarning invariant tarkibini yanada konkretlashtirish maqsadida o‘quv topshirig‘i, ijodiy 
topshiriq, ijodiy topshiriqqa oid uchta manbadan olingan uchta misol keltiramiz. 
1-
topshiriq. Savollarni o‘qib, ularga bir so‘z bilan javob qaytaring: qaysi fasl boshlandi? Nimalar 
uchib kela boshladi? Bolalar qushlarga nima yasay boshladi? 
2-
topshiriq. Arxyeologlar bundan 40000 yil oldin odam dafn qilingan qabrni topib olishdi. 
Qabrdagi odam oyoqlari cho‘zilgan, kiyimlari bilan dafn etilgan. Uning yonida ish qurollari, idishlar va 
oziq-ovqat qoldiqlari bor. Qabr jamiyatda paydo bo‘lgan qanday yangi qarashdan dalolat beradi?. 


287 
3-
topshiriq. To‘rtta nuqta byerilgan (: :). Shu to‘rt nuqtadan uch to‘g‘ri chiziqni shunday 
o‘tkazingki, qalamning uchi qog‘ozdan uzilmasdan chizish qaysi nuqtadan boshlangan bo‘lsa, qo‘l shu 
nuqtaga qaytib kelish bilan yakunlansin. 
Topshiriqlarning invariantlari ularga tavsif berishning asosiy vositalaridan sanaladi. 
Mazmuniga ko‘ra ijodiy topshiriqlarning soddaligi yoki murakkabligi aniqlandi. Soddalik va 
murakkablik ob'yektiv hodisa bo‘lib, u o‘rganilayotgan o‘quv predmeti xususiyatlariga ko‘ra bilinadi. 
Agar ijodiy topshiriq bir mavzu doirasida tuzilgan bo‘lsa, uni sodda topshiriq dyeb ataymiz. Misol 
kyeltiramiz: 
1-topshiriq. Matndan o‘zakdosh so‘zlarni topib yozing (...). Agar matn bolalar tajribasida 
uchramagan, matndagi so‘zlar ham yangi bo‘lsa, shu ko‘rinishdagi topshiriqlarni ijodiy topshiriqlar 
sirasiga kiritamiz. Garchand topshiriq o‘zakdosh so‘zlarni tanish yo‘li bilan bajarilsa-da, matn yangi, 
binobarin, o‘zakdosh so‘zlar to‘g‘risidagi bilimlar yangi sharoitda sinab ko‘riladi. Shuningdek, matnda 
berilgan so‘zlar yangi. Oldin o‘zlashtirilgan bilimlar asosida yangi faktlarni tanish ham tafakkurga 
mo‘ljallangan topshiriqdir. 
Mohiyatiga ko‘ra har bir ijodiy topshiriq ko‘p maqsadli bo‘ladi. Ular vositasida yangi bilimlar qayd 
etiladi, malakalar takomillashtiriladi, ijodiy faoliyat tajribasi tarkib toptiriladi, bolalar ijodkorlikka 
o‘rgatiladi. Shu xildagi maqsadlarni amalga oshirish yo‘li bilan ijodiy topshiriqlardan kompleks 
foydalaniladi. 

Download 12,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   502




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish