Kalit so‘zlar
:
xalqaro baholash dasturi, o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash,
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash, badiiy tajriba orttirish,
ma’lumot olish va ulardan foydalanish, tushunish jarayoni.
Prezidentimiz rahbarligida 2019-yil 19-martda “Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda
madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari, kitob o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha 5 ta muhim
tashabbusni amalga oshirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlarni rivojlantirishga
qaratilgan masalalar muhokama qilindi va sohalarga taalluqli 5 ta muhim tashabbus ilgari surildi [1].
Jumladan, to‘rtinchi tashabbus
yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng
targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
Shu nuqtayi nazardan, yoshlarni intelektual va ma’naviy jihatdan rivojlantirish va kitobga nisbatan
qiziqish orttirish maqsadida respublikamizda, ayniqsa, yoshlar orasida kitobxonlik an’anasining yo‘lga
qo‘yilishi, kitob mutolaasiga keng e’tibor qaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan say-harakatlar diqqatga
sazovordir. Yangi axborot texnologiyalarining rivojlanishi hamda yuqori sur’at bilan kirib kelishi esa
kitobxonlikning jamiyatdagi ahamiyatini yanada oshiradi.
1958-yildan boshlab faoliyat olib borayotgan Ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro
assotsatsiyasi (IEA) ta’lim sohasiga oid o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini
aniqlash bo‘yicha qiyosiy tadqiqotlar o‘tkazib kelmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi ham
ta’lim sifati va samaradorligini oshirish va xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida Ta’lim sifatini
baholash xalqaro assotsatsiyasi (IEA) bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O‘zbekiston Respublikasi Xalq
ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 5712-son Farmonida
2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga
kirishiga erishish hamda xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni
tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik
darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari
belgilangan [2].
Konsepsiya doirasida, o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, axborotni mustaqil izlash, tahlil qilish
malakalari va kompetensiyalarining rivojlanishiga alohida urg‘u berishni hisobga olgan holda, zamonaviy
innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta’lim dasturlari va yangi davlat ta’lim
standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda ta’lim sifatini baholash bo‘yicha
xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy ishtirok etish nazarda tutilgan. [3]
PISA (The Programme for International Student Assessment) - O‘quvchilarning savodxonligini
baholash bo‘yicha xalqaro dasturi tarkibiga kiruvchi PIRLS (Progress in International Reading and
Literacy Study) - boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash xalqaro
dasturi, aynan, 4-sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi.
PIRLS yosh o‘quvchilarning sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining ikkita keng qamrovli maqsadiga
qaratilgan. Bular
Do'stlaringiz bilan baham: |