dastaklarini takomillashtirish
Bugungi kunga kelib dunyo markaziy banklari, jumladan O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki faoliyatining bosh mezoni – bu narxlar barqarorligi,
inflyasiyani nazorat qilish samaradorligidir.
Kelgusi istiqbolda inflyasiyani to‘laqonli targetlash tartibi va so‘mning
erkin suzuvchi kursiga o‘tish – O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
strategik muhim maqsadlaridan hisoblanadi. Ammo pul-kredit siyosatining yagona
maqsadli mo‘ljali sifatida inflyasiyani to‘laqonli targetlash, umuman pul-kredit
siyosatini takomillashtirishda bugungi kunda Markaziy bank oldida turgan
muammolar va ularning yechimlarini topish makroiqtisodiy barqarorlik va izchil
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash nuqtayi nazardan muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mamlakatimizda moliyaviy bozorlar va umuman bozor iqtisodiyotining
rivojlanish darajasini hisobga olib, bugungi kunda majburiy zaxira talablari
Markaziy bank olib borayotgan monetar siyosatning tayanch instrumenti ekanligi
asoslidir. Ammo jahon amaliyotida ushbu instrumentdan to‘liq voz kechilayotgan
(Avstraliya, Kanada, Daniya, Yangi Zelandiya, Norvegiya va Shvesiya) yoki
“zahira” instrumenti sifatida foydalanilayotgan bir paytda mamlakatimizda zaxira
normalarining yuqori darajada va ushbu normalarning so‘nggi 5 yil mobaynida
o‘zgarishsiz qoldirilayotgani munozaralidir. Tijorat banklari depozitlarining
miqdori va muddatiga ko‘ra tabaqalashtirilmaganligi, hozirgi vaqtda depozit
bazasining 50 foizdan ortiq qismini talab qilib olguncha depozitlar tashkil
etayotganligi banklarning resurs bazasiga salbiy ta’sir etmoqda. Bular o‘z
navbatida, Markaziy bankning majburiy zaxira instrumentini liberallashtirish
zaruriyatini yuzaga keltirmoqda.
Markaziy bank siyosiy va iqtisodiy mustaqillikning rasmiy belgilariga ega,
ammo makroiqtisodiy boshqaruv amaliyotida u manfaatdor tomonlar tarafidan
doimiy bosimga duchor bo‘ladi. Markaziy bank siyosati Hukumatning, jumladan
Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi tomonidan olib boriladigan umumiy
iqtisodiy siyosatiga bog‘liq. Har yili Markaziy bank monetar siyosatning kelgusi
yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
tomonidan o‘tgan yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
hamda joriy yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilab
beriladigan vazifalarning bajarilishiga qaratiladi.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda inflyasiyaning o‘sishi asosan nomonetar
omillar ya’ni raqobatning kamligi hisobidan yuz bermoqda. Bunda ayniqsa savdo
va qurilish tarmoqlarining “hissasi” katta bo‘lib qolmoqda.
Hukumatning ta’rif siyosati, inflyasiyani nazorat qilish nuqtayi nazardan
birinchi o‘rinda turishi zarur. Inflyasiyaning maqsadli mo‘ljallariga muvofiq
ravishda kommunal xizmatlar (gaz, elektr va boshqalar), neft mahsulotlari,
transport xizmatlari va boshqa tashqi omillar bo‘yicha narxlarning oshishini
hisobga olish darkor. Ta’rifli boshqaruv inflyasiyaning maqsadli mo‘ljallariga
bo‘ysunuvchi aloqada bo‘lishi zarur.
2015 yilda yalpi ichki mahsulot deflyatori prognozining 2014 yildagi 12,6
foizdan 12,1 foizgacha pasayishi, iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmi va
samaradorligini oshirish hamda mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan chora-
tadbirlarning amalga oshirilishi va jahon bozoridagi xomashyo va tovarlar narxlari
dinamikasining prognozini inobatga olib, 2015 yil uchun inflyasiya darajasi
maqsadli ko‘rsatkichi 2014 yildagi ko‘rsatkichga
(6-7 foiz)
nisbatan pasaytirilib,
5,5-6,5 foiz doirasida belgilanmoqda.
6
Inflyasiya darajasining belgilanayotgan
maqsadli parametrlar doirasida bo‘lishini ta’minlash va yalpi ichki mahsulotning
ko‘zda tutilayotgan o‘sish sur’atini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadlaridan
kelib chiqqan holda, 2015 yilda o‘rtacha yillik pul massasining yalpi ichki
mahsulotga nisbatini 1,0 foiz banddan yuqori bo‘lmagan miqdorida oshirish ko‘zda
tutilmoqda.
Umuman
olganda,
yuqorida
sanab
o‘tilgan chora-tadbirlarning
uyg‘unlikda amalga oshirilishi va monetar siyosat instrumentlarini qo‘llash
6
2014 йилда пул-кредит соҳасидаги вазият ва монетар сиёсатнинг 2015 йилга мўлжалланган асосий йўналишлари. Ўзбекистон
Республикаси. Марказий банки расмий сайти –
www.cbu.uz/uzc/node/39959
mexanizmlarini bozor tamoyillari asosida takomillashtirib borilishi Markaziy bank
tomonidan
olib
borilayotgan
pul-kredit
siyosatining
makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlarga ta’sir kanallarini kuchaytirishga, bank tizimi likvidligini
ta’minlashga va pul bozorida ijobiy foiz stavkalarining shakllanishiga xizmat
qiladi.
Xulosa
qiladigan
bo‘lsak,
iqtisodiyotning
barqaror
rivojlanishini
ta’minlashda iqtisodiy siyosatning bevosita dastaklaridan foydalanish bilan bir
vaqtda, uning fiskal va monetar dastaklaridan ham unumli foydalanish maqsadga
muvofiqdir. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni
ta’milashda iqtisodiy siyosatning bilvosita dastaklari uning bevosita dastaklariga
nisbatan ancha samarali bo‘lib, iqtisodiy o‘sishning o‘ziga xos «katalizatori»
vazifasini bajaradi.
Xozirgi kunda tijorat banklari pul massasi oqimining asosiy qismini
jamlaydilar va shu sababli ham pul kapitalining harakatida hal qiluvchi rol
o‘ynaydilar. Har qanday jamiyat bank tizimini keskin inqiroz va larzalarsiz,
barqaror faoliyat ko‘rsatishi, ularga o‘z mablag‘larini ishonib topshirgan
omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish, xalqning ularga
bo‘lgan ishonchini saqlab turish va shu yo‘l bilan mamlakatda yuz berishi mumkin
bo‘lgan noxush iqtisodiy vaziyatlarni oldini olish maqsadida ushbu banklar
faoliyatini tartibga solish jamiyat oldida turgan o‘ta dolzarb vazifalardan biri
sanalanadi.
O‘zbekiston tijorat banklari o‘z faoliyatlari davomida qator muammolarga
duch keladilar, ularni hal qilish esa iqtisodiyotimizning kelajakdagi tarakkiyoti
uchun muxim xayotiy masaladir. Bu muammoni birinchi navbatda, ko‘pchilik bank
mijozlarining qonikarsiz moliyaviy ahvoli keltirib chikaradi. Sir emaski,
kachonlardir uz bank tizimlarini isloh qilgan mamlakatlarning qariyb barchasi u
yoki bu darajada shu muammoni xal qilish zarurati bilan to‘qnashganlar.
Jaxon bank tizimida ruy berayotgan tub o‘zgarishlar, MDH mamlakatlari
bank tizimiga ham tobora ko‘prok ta’sir ko‘rsatayotir. Xush, gap kaysi o‘zgarishlar
to‘g‘risida bormoqda?
Birinchidan, bu o‘zgarishlar to‘lovlarning yangi integrasiya vositalarini
yuqori
sur’atlar
bilan
shakllantiradigan
bank
operasiyalarini
kompyuterlashtirshning texnologik inkilobi bilan boglik. Bu jarayenlar talaygina
moliyaviy xarajatlar talab kiladi, bank ishi kimmatlashadi, birok uning
samaradorligi va uning tezkorligi oshadi, bu esa xarajatlar o‘sishini qoplaydi.
Ikkinchidan, bank ishida usib borayotgan raqobat banklarning kushilib
ketishiga olib keladi, bu esa sarmoyalar bozorida va iqtisodning investisiyalar
sohasida yangi sharoitlarni vujudga keltiradi. O‘zbekistonning bank tizimi unga
kam quvvatli talay banklar kirganligi sababli, yakin vakt ichida bu ta’moyilning
ta’sirini boshdan kechiradi. Bu xodisaga respublika bank xizmati bozorida
anchagina raqobatbardosh va samarali bulgan chet el banklarining paydo bulishi
ham yordam beradi.
Uchinchidan, bu an’anaviy bank xizmatlari bozoriga tobora shaxdam
odimlar bilan kirib kelayotgan bankdan tashkari tuzilmalar bilan raqobatning
kuchayishi. Jumladan, aholiga kredit kartochkalari bilan xizmat ko‘rsatish sohasida
turli xildagi tijorat tuzilmalari faoliyat ko‘rsata boshlaydilar.
To‘rtinchidan, bank ishlariga bu xizmatlarning ko‘p sonli iste’molchilari
ta’siri ortadi. Iste’molchi operasiyalarining tezligi va sifati, xisob-kitoblarning
kulayligi, mijozlarning extiyojlariga dikkat-e’tibor karatilishiga nisbatan banklarga
tobora kattik talablar kuya boshlaydi. Bank tizimi xozir xal qilinishi kiyin bulgan
dilemmaning keskinlashuvi sharoitida turibdi. Kuyilmalarni jalb qilishda banklar
ekspansiyasi va omonatchilarni zararlardan kafolatlash urtasida asosiy
muvozanatsizlik mavjud. Kafolatlar moliya institutlariga kushimcha kuyilmalarni
jalb qilish imkonini beradi. Kuyilmalar faoliyatining omonatchilar tomonidan
boshkarilmasligi esa, banklarga bu kuyilmalardan foydalanishda keng imkon
yaratib beradi. Bu ikki omilning uzaro uygunligi kreditlash xajmlarining usishi
uchun sharoit yaratadi. Birok bu boshkarilmaslik g‘oyasining kuchayishi bilan
xavf-xatar va kompensasiya urtasidagi muvozanatsizlik ortadi. Shuning uchun ham
bank tizimini rivojlantirish va boshkarishga nisbatan samarali siyosat olib borish
zarur. Bu vazifalarning barchasi bank menejmenti bilan boglikdir.
Ba’zi bir mijozlar kredit olish, uni tuldirish jarayonida oldingi davrdagi
kabi kredit ob’yektlari buyicha xujjat tudiradilar, ba’zi bir mijozlar esa yangi usul
yordamida kredit olish uchun xarakat kiladilar. Bularning barchasi xozirgi davr
kredit berish tizimiga utish davrini boshidan kechirayotganidan xabar kiladi. Utish
davrining asosiy kamchiliklari bulib esa quyidagilar xisoblanadi.
1. Turli tijorat banklari faoliyati xali ham eski kredit berish usullarining
saklanib kolayotganligidir.
2. Tijorat va maxsus banklarning texnik jixatdan tulik rivojlanmaganligi,
texnologiyaning to‘la-tukis bank operasiyalari joriy qilinmaganligidir.
Ma’lumki islohotlarning strategik maqsadlari sifatida quyidagilar
belgilangan edi.
ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotini boskichma-boskich isloh
qilish, milliy boylikning usishini, kishilarning yaxshi xayot kechirish va faoliyatini
ta’minlovchi baquvvat xamda dinamik rivojlanuvchi iqtisodiy tizimni yaratish;
mulchilikning turli shakllariga asoslangan iqtisodiyotni yuzaga keltirish,
odamlarning mulkka bulgan munosabatlarini o‘zgartirish, xususiy mulkchilikni
tashabbuskorlik va tadbirkorlikni har tomonlama rivojlantirishning asosi sifatida
davlat tomonidan himoya qilishini ta’minlash;
korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy imkoniyatlar berish davlatning
ularning
faoliyatiga
bevosita
aralashuvidan
voz
kechish,
iqtisodiyotni
boshkarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullariga barham berish, iqtisodiy
vositalar va rag‘batlantirishlaridan keng foydalanish;
iqtisodiyotda moddiy, tabiy va mexnat resurslaridan samarali
foydalanish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chikarish, jaxon iqtisodiy tizimiga
ko‘shilishni ta’minlovchi chuqur tuzilmaviy islohotlarni amalga oshirish;
kishilar ongida yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish, ularning
dunyoqarashini o‘zgartirish, har bir kishiga mehnat qilish sohasi va shakllarini
mustaqil tanlash imkoniyatini berish.
Birinchi navbatda banklar, ularning muassislari kapitallashuv darajasini
oshirish bo‘yicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazishi, o‘z nizom jamg‘armasi
miqdorini belgilangan ko‘rsatkichlarga olib chiqishi lozim. Bugungi kunda
banklarda omonatlarning ko‘payishiga, ularning bank tizimiga jalb etilishiga
nimalar to‘sqinlik qilayotganini har tomonlama chuqur tahlil qilish va bu borada
qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rish kerak. Bu o‘rinda gap aholi va xo‘jalik
yurituvchi sub’yektlarning bo‘sh mablag‘larini bank sektoriga jalb qilishda
ta’sirchan va uzoq muddatli rag‘batlantirish omillarini tashkil etish, iqtisodiyotning
real sektoriga kredit ajratishni ko‘paytirish uchun banklarning imkoniyatini
kengaytirish haqida bormoqda. Bu esa O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankidan tijorat banklari bilan birgalikda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subektlariga kreditlar ajratish, birinchi navbatda, investisiya maqsadlari uchun
uzoq muddatli kreditlar ajratish mexanizmlarini yanada takomillashtirish va
ularning hajmini oshirish, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish, mikrokreditlar
berish ko‘lamini kengaytirish borasidagi ishlarni davom ettirishni talab etadi.
Tijorat banklari umumiy kapitalini o‘stirish, shu jumladan ularning
qo‘shimcha aksiyalarini chiqarish orqali oshirish, 2011-2015 yillarda uning
o‘rtacha 2,1 martaga oshirilishini ta’minlash;
Xulosa qilib aytganda bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash
masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo‘lib kelmoqda va bu o‘zining ijobiy
natijalarini bermoqda. Biroq, bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va
kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar, ta’bir joiz bo‘lsa, butun
iqtisodiyotimizni
oziqlantirib
turadigan
qon
tomirlari
hisoblanadi,
mamlakatimizning moliyaviy-iqtisodiy barqarorligi ko‘p jihatdan ularning samarali
faoliyatiga bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |