Xulosa
Trapetsiyaning planimetriyada o’rganiladigan muhim va qiziqarli geometrik xossalarga ega bo’lgan sodda qavariq figuradir.
Masalan, teng yonli trapetsiyaga tashqi chizilgan aylana chizish mumkin.
Aksincha, aylanaga ichki chizilgan xar qanday trapetsiya tengyonlidir .
Trapetsiyaning diagonallari o’zaro perpendikulyar bo’lsa , o’rta chizig’i balandligiga teng.
Trapetsiyaning tomonlarining o’rtalari parolellogrammning uchlari bo’ladi va hokozo.
Bitiruv ishida qo’yilgan asosiy asosiy masala trapetsiyaning yuzi uchun turli formulalarni keltirib chiqarish va ularga tegishli masalalarni tuzish va yichib ko’rsatishdan iboratdir.
Trapetsiyaning asoslari va balandligiga ko’ra uning yuzini
formula bilan hisoblash mumkin.
Ammo trapetsiyaning aniqlovchi turli parametrlar (asoslari va yon tomonlari, asoslari va diagonallari) berilgan bo’lsa trapetsiyaning yuzi uchun turli formulalarni topish mumkin.
Bitiruv ishida trapetsiya uni yuzi uchun 13 tadan ortiq formulalar berilgan va masalalar yechib ko’rsatilgan.
Shu bilan bitiruv ishida qo’yilgan masala tula yechilgan .
Topilgan formulalarning ko’plari geometriyaga bag’ishlangan darslarda uchramaydi yoki ayrimlari masalalar sifatida berilgan
Aslida bunday formulalarni ko’plab topish mumkin.
Ushbu bitiruv malakaviy ishida umumiy o’rta talim maktab, letsiy, kollejlarning o’qituvchilari uslubiy qo’llanma sifatida foydalanishlari mumkin.
Adabiyotlar
1. A.V. Pogorelov, Geometriya, 10-11-sinflar uchun darslik
1996, Moskva
2. M. I. Skanavi taxriri ostida, matematikadan konkurs masalalari, 1992
3. B. A. Gusev, A. G. Mordxovich. Matimatika (algebra geometriya)(справочнея матереалы) Moskva “darslik’’ 1986.
4. Tumyanov C.I. (Поиски решения задачи способие для уяитителей) Москва “просвешение”. 1969
5. ГЕОМЕТРИЯ (коллектив авторов) (для подготовительных отделний втузав) Минск 1987
6. Исхаков И. Ш. Olimpiadalarga tayorlanish bo’yicha qo’llanma. Toshkent “O’qtuvchi”, 1975
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti mexanika-matimatika fakulteti algebra va giometriya kafedrasi 4-bosqich bitiruvchi talabasi Iskandarov Sardorning “Trapetsiyaning yuzi uchun turli formulalar” mavzu bo’yicha malakaviy bitiruv ishiga
BAHO
Mazkur bitiruv ishi trapetsiyaning yuzi uchun turli formulalarni keltirib chiqarish va ularga doir geometrik masalalarni yechib ko’rsatishga bag’ishlangan.
Bitiruv ishi ikkita bobdan iborat. Birinchi bob yettita paragrafga bo’lingan.
Bu paragraflarda geometriya buyicha darsliklarda uchramaydigan trapetsiya yuzi uchun formulalar keltirib chiqarilgan va ularga doir masalalar tuzilgan va yechib ko’rsatilgan.
Ikkinchi bob oltita paragrafga bo’lingan bo’lib, ularda ham trapetsiyani aniqlovchi parametrlar bo’yicha uning yuzi uchun yangi ajoyib formulalar chiqarilgan hamda ularga doir masalalar yechib ko’rsatilgan.
Bitiruv ishi malakaviy ishlarga qo’yiladigan barcha talablarga tuliq javob beradi, uni himoyaga quyish mumkin va 27 ball bilan baholash mumkin.
Ilmiy rahbar: fiz-mat fanlar nomzodi dotsent _______ Imomkulov N.Ya
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti mexanika-matimatika fakulteti algebra va giometriya kafedrasi 4-bosqich bitiruvchi talabasi Iskandarov Sardorning “Trapetsiyaning yuzi uchun turli formulalar” mavzu bo’yicha malakaviy bitiruv ishiga
TAQRIZ
Mazkur bitiruv ishi trapetsiyaning yuzi uchun turli formulalarni keltirib chiqarish va ularga doir masalalar tuzish hamda ularni yechib ko’rsatishga bag’ishlangandir.
Bitiruv ishi ikkita bobdan iborat. Birinchi bobda yittita paragraf bor. Bu paragraflarda trapetsiyaning yuzi uchun geometriya bo’yicha darsliklarda kam uchraydigan formulalar berilgan.
Masalan, ushbu formula
bizga malum bo’lsa,
formula esa yangi.
Ikkinchi bob beshta paragrafdan iborat.
Bu paragraflarda ham trapetsiya yuzi uchun yangi formulalar chiqarilgan .
Masalan, trapetsiyaning diagonallari va asoslari o’rtalarini birlashtiruvchi to’g’ri chiziq kesmasining uzunligiga ko’ra formula
va bunga doir masala yechilgan.
Bitiruv ishi malakaviy ishlarga quyiladigan asosiy talablarga javob beradi, uni himoyaga quyish mumkin va uni 17 ball bilan baholash mumkin.
Taqrizchi: fiz-mat fanlar nomzodi
professor Nurimov T. ___________
Do'stlaringiz bilan baham: |