Birinchi davr (1965-70 yillar) - bu davrda avtoservis mustaqil xizmat ko‘rsatish sohasi sifatida davlat tomonidan tan olindi, o‘z faoliyatini rasmiy ravishda boshladi.
Ikkinchi davr(1971-81 yillar) - avtoservisning rivojlanishi respublika aholisi avtomobil parkini keskin o‘sib borishi bilan birga kuzatildi. Bu davrda respublika avtoservisi butunlay yangi, firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi “AvtoVAZTexXizmat” va “KAMAZTexXizmat”lar kelib qo’shildi. Avtoservisning moddiy-texnika bazasi jiddiy ravishda mustahkamlandi.
Uchinchi davr (1981-90 yillarda) – avtoservisning rivojlanishi korxona tarmoqlari va tarkibining yanada o‘sishi, ularning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlanishi bilan belgilanadi. Avtoservis korxonalari tarmoqlarining o‘sishi, eng avvalo, avtomobil zavodlariga qarashli firma usulida xizmat ko‘rsatuvchi “AvtoVAZ”, “AZLK”, ”AvtoZAZ”, “AvtoGAZ” va boshqa shirkat shaklidagi mustaqil servis korxonalarining tashkil qilinishi va ishga tushirilishi bilan bog‘liqdir.
To‘rtinchi davr (1991-96 yillar) - avtoservisning rivojlanishida, butun MDH dagi siyosiy, iqtisodiy-ijtimoiy tanazzul sababli turg‘unlik, hatto chekinishlar yuz berdi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi keskin kamaydi, ko‘pgina korxonalar, ayniqsa, shirkat usulida tashkil bo‘lganlari yopildi. Muxandis-texnik xodimlar, mutaxassislar va ishchilarning anchagina qismi boshqa ishlarga o‘tib ketishdi. CHunki mamlakatning iqtisodiy va moliyaviy ahvoli juda murakkab tanazzul holda edi.
Beshinchi davr (1996-2000 yillar) – mamlakatda iqtisodiy- islohotlar o‘tkazilishi sababli, sohada o‘sishning yana boshlanishi, xizmat turlari va hajmining sezilarli o‘sishi, ishlab- chiqarish texnika bazasini yanada mustahkamlanishi, avtoservis korxonalari tarmoqlari va tarkibining yana kengayishi va o‘sishi, kichik va o‘rta biznes shaklida ishlovchi ko‘plab xususiy avtoservis korxona-lari, avtoustaxonalar, texnik xizmat ko‘rsatuvchi postlarning keskin ko‘payishi, mamlakatimizda avtomobilsozlik sanoatini ishga tushishi (“UzDEUAvto” va “SamKochAvto” korporatsiyalari) hamda ular tomonidan qayta qurilgan avtomarkazlar va diler stansiyalarning ishga tushishi,sohada avtoservis bozori va unda raqobatni paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi. Oltinchi davr (2001 yildan-hozirga qadar) – sohada yanada o‘sish, chet el avtomobillariga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini yuzaga kelishi, ishlab chiqarish-texnika bazasini zamonoviy jihozlar bilan mustahkamlanishi, chet mamlakatlarida O‘zbekiston avtomobilsozlik korxonalari dilerlik tarmoqlarini yuzaga kelishi va kengayib rivojlanishi. Avtoservis bozorining kengayishi, respublikamizda avtoservis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishining boshlanishi, sohaning tinmay takomillashib borishi bilan tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |