Is gazi bilan zaharlanish.
Is gazi, uglerod oksid, SO - koʻmir va organik moddalarning chala yonishidan hosil bo’ladigan, havoda 0,4 % bo’lganda o’limga olib keladigan, 12,5 – 74 % bo’lganda portlovchi aralashma hosil qiladigan, 610-6580 s daraja haroratda yonadigan, barcha yonish jarayonlarida hosil bo’ladigan, bosim ostida 191,50 C daraja haroratda suyuladigan va 2050 C daraja haroratda qotadigan rangsiz, hidsiz gaz. Favqulodda zaharli bo’lib, asosan tabiiy gaz yoki qattiq yoqilg’i (ko’mir, torf, o’tin) past haroratda kislorod etishmaslik holatida chala yonishi natijasida hosil bo’ladi.
Is gazidan zaharlanish odam organizmiga is gazining tushishi natijasida kelib chiqadigan holat. Inson salomatligi uchun xavfli bo’lib, o’z vaqtida malakali tibbiy yordam ko’rsatilmasa, o’lim bilan tugaydi. Is gazi atmosferaga har qanday moddalar, ya’ni neft mahsulotlari, ko’mir, o’tin, gaz, kimyoviy yonuvchan moddalarning yonish jarayonida chiqadi. Is gazi qonga so’rilib, organizm to’qimalarida kislorod etishshmasligini keltirib chiqaradi.
Quyidagi holatlarda is gazidan zaharlanish mumkin:
Yong’inlarda;
Organik moddalarni (atseton, metil spirti, fenol va b.) sintez qilish uchun ishlatiladigan sanoatda;
Ventilyasiyasi yomon bo’lgan garajlar yoki shamollatilmaydigan binolar, tunellarda, avtomobil tutunida 1-3 % gacha is gazi bo’ladi;
Transpor gavjum ko’cha yoki uning yonida uzoq vaqt bo’lish;
Uy sharoitida gazning yomon yonishi, o’tin yoki ko’mir bilan yonadigan pechkalar eshigining o’z vaqtida yopilmasligi, mo’rilarning bekilib qolishi yoki nosozliklari natijasida.
Shulardan eng ko’p uchraydigani uy sharoitida is gazidan zaharlanishdir.
Odam organizmiga is gazi nafas yo’llari orqali kiradi. Zaharlanishning klinik ko’rinishi is gazining havodagi konsentratsiyasiga, ta’sir qilish ekspozitsiyasiga va jismoniy zo’riqishning intensivligiga bog’liq. Zaharlanishning 3 darajasini farqlash mumkin:
Engil zaharlanishda boshlang’ich belgilar kuchli bosh og’rig’i va bosh aylanishidir. Zararlangan hududdan chiqqanda bu belgilar yo’qolishi mumkin. Aksholda yuqoridagi belgilarga qo’shimcha aritmiya, puls va nafasning tezlashishi, hansirash, bezovtalik, qo’rquv hissi, teri va shilliq pardalari och qizil rangga kiradi, mushaklarning bo’shashishi, ko’ngil aynashi, harakat koordinatsiyasining buzilishi, eshitishning kamayishi, bosh aylanishi kuzatiladi.
Agar is gazining ta’siri kamaymasa, o’rtacha og’irlikdagi zaharlanish rivojlanadi. Bu darajadagi zaharlanishlar uchun hushning yo’qolishi, qorachiqlarning kengayishi, klonikvatonik tutqanoqlar xos. Tana harorati 38-400 s gacha ko’tariladi, ba’zi hollarda siydikning va axlatning beixtiyor kelishi kuzatiladi. Agar zararlanganni o’choqdan olib chiqilsa, tutqanoqlar kamayadi, nafas va qon aylanishi tiklanadi. Hushi sekin-asta o’ziga keladi, ba’zi hollarda ruhiy o’zgarishlar saqlanib qoladi.
Agar zararlanganga o’z vaqtida yordam ko’rsatilmasa, og’ir zaharlanish yuz beradi. Bu darajadagi zaharlanishni uzoq vaqtli hushni yo’qolishi xarakterlaydi. Tutqanoqlar sekin-asta kamayadi, mushaklar bo’shashadi, nafas sekinlashadi va to’xtaydi. 50% hollarda o’lim nafas markazining falaji oqibatida yuz beradi.
Birinchi tibbiy yordam.
Jabrlanuvchini zudlik bilan xonadan toza havoga olib chiqmoq, agar buning iloji bo’lmasa, gazniqob kiymoq;
Nafas olishni engillashtirish uchun nafas yo’llarini shilliq, qusuq massalaridan tozalash, yoqa va siqib turgan kiyimlarni bo’shatmoq, til nafas yo’llarini yopib qo’ymasligi uchun yon tomonga yotqizmoq;
3. Nashatir spirtini hidlatmoq;
4. Havo harorati past bo’lsa, qo’llar va oyoqlarni isitmoq;
5. Puls va nafas bo’lmasa mustaqil ravishda reanimatsiya tadbirlarini o’tkazish kerak, yani sun’iy nafas berish va yurakni yopiq massaj qilmoq kerak.
6. Darhol tez yordam chaqirish juda muhimdir.
O’z vaqtida tibbiy yordam keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlarning oldini olishga yordam beradi.
Is gazidan zaharlanishni oldini olish uchun bir qancha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:
Xona va binolarni tez-tez shamollatish;
Uy sharoiida pechlarni ishga tushirishdan avval ularning texnik nosozligi, o’rilarning
yopilib qolmaganligini tekshirish;
Faqat zavodlarda tayyorlangan, sertifikatga ega bo’lgan isitish vositalaridan
foydalanish;
Qo’lbola elektr isitish vositalaridan foydalanmaslik;
Isitish vositalaridan foydalanishni yosh bolalarga topshirmaslik va ularni isitish
vositalari yonida yolg’iz qoldirmaslik;
Isitish vositalari ustida kiyimlarni quritmaslik;
Metall mo’rilarning tutashgan joylari holatini nazorat qilib turish;
Tabiiy gazdan (plita) foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga qat’iy rioya qilish;
Qo’lbola moslamalardan foydalanmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |