Universiteti ro’yxatga olindi №



Download 52,4 Kb.
bet2/8
Sana14.06.2023
Hajmi52,4 Kb.
#951233
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Etnografiya tarixi haqida ma’lumot

Kurs ishining ob’ekti: Mavzuga oid ma’lumotlar va ularning amaliy tahlili.
Kurs ishining maqsadi: O’zbekistonda dastlabki Tarixiy o’lkashunoslikda etnografik tadqiqotlar va ularning natijalari mavzusini o’qitish jarayonining samarali bo’lishi uchun ishlab chiqarilgan metodik xulosalardan o’rinli foydalanish.
Kurs ishining predmeti: O’zbekistonda dastlabki etnografik tadqiqotlar va ularning natijalari ahamiyati maqsadi, metodi, vositasi, mazmuni va shakli.
Kurs ishining vazifalari:
1. O‘zbekistonda etnografiya rivoji;
2. Etnografiya sohasida olib borilayotgan tadqiqotlar;
3. O`zbekistonda o`tkazilgan arxeologik va etnografik tadqiqotlar tarixshunosligi;
Etnografiya tarixi haqida ma’lumotlarni o’rganish va tadqiq etishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 bob (4 ta paragraph), xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.


I BOB. ETNOGRAFIYA FANI YUTUQLARI, MUAMMOLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
1.1. O‘zbekistonda etnografiya rivoji.
Mustaqillik yillarida xalqimiz moddiy va ma’naviy madaniyati, oilaviy va jamoaviy hayoti, diniy e’tiqodlari va marosimlarini tadqiq etish borasida jiddiy tadqiqotlar bilan birga fanda qo’ni - qo’shnichilik an’analari, etnoslararo jarayonlarni tadqiq qilishga qaratilgan yangi yo’nalishlarga asos solindi. Bajarilgan tadqiqotlarning samarasi o’laroq qator monografiyalar va risolalar e’lon qilindi. Bu o’rinda o’zbek elshunos olimlari I.Jabborov, H. Ismoilov, O.Bo’riyev, A.Ashirovlarning o’zbeklarning oilaviy turmush an’analari, to’y tantanalari, dafn marosimlari hamda milliy qadriyatlariga oid tadqiqotlari (Jabborov I. «O’zbeklar an’anaviy turmushi va madaniyati» -T.; 2004. Ismoilov H. «O’zbek to’ylari» - T.; 1994.: Bo’riyev O. va boshqalar «O’zbek oilasi tarixi». T., 1995.: Nasriddinov Q. «O’zbek dafn va ta’ziya marosimlari». - T.; 1996.: Ashirov A. «Avesto»dan meros marosimlar» - T.; 2001.) nashr etildi. 1991-2004 yillar mobaynida Respublikamizda etnografiya yo’nalishi bo’yicha 30 dan oshiq nomzodlik va doktorlik dissertasiyalari himoya qilingani ham fan salohiyati oshib borayotganligidan dalolat beradi. Himoya qilingan dissertasiyalar dolzarb mavzularda hamda respublikamizning turli tarixiy-etnografik mintaqalari misolida bajarilgan. Jumladan, Farg’ona vodiysi, Xorazm, Zarafshon, Nurota, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo vohalarining oila va oilaviy turmush marosimlariga, maishiy turmush, jamoaviy munosabatlar, xonaki hunarmandchilik, shuningdek, qoraqalpoqlar tarixining etnografik jihatlari yoritilgan ilmiy tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur dissertasiyalar milliy qadriyatlar va an’analarni tiklash g’oyasiga asoslanganligi, o’zbek xalqi etnografiyasining muammolariga yangicha ruhda yondashganligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, Respublikamizning qator universitetlarida etnografiya bo’yicha ilmiy markaz va kafedralarning ochilishi ham ushbu fanga bo’lgan e’tibor oshganligidan dalolat beradi.1
Etnografiyaning boshqa fanlar bilan aloqasining samarasi tarzida etnoarxeologiya, etnopsixologiya, etnolingvistika, etnodemografiya, etnofolkloristika kabi yangi yo’nalishlar paydo bo’ldi va eng muhimi fanning nomi ham etnografiya deb o’zgartirildi. Bu borada birgina O’zR FA Tarix instituti «Etnografiya» bo’limida O’zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazining amaliy tadqiqotlar dasturi bo’yicha “O’zbeklarning etnik idenfikasiyasi: shakllanishi, o’ziga xosligi va transformasiyasi”, “Zamonaviy O’zbekistonda milliy diasporalar marosimiy hayotidagi an’analar va innovasiyalar” loyihalarini bajarilganligi ham bajarilayotgan ishlarning yorqin ko’zgusi deb aytishimiz mumkin. Mamlakatimiz etnologlari 2011 yilda Rossiya Fanlar akademiyasi Mikluxa Maklay nomidagi Etnografiya va antropologiya instituti bilan hamkorlikda “Xalqlar va madaniyatlar” turkumida “O’zbeklar” nomli yirik fundamental monografiya (70 bosma taboq hajmda)ni Moskva shahrida chop qildilar. Aynan mazkur kitob so’zboshida yozilganidek mazkur nashr O’zbekistonlik va rossiyalik olimlarning istiqlol yillarida olib borgan tadqiqotlarining o’ziga xos sarhisobi natijasi bo’lib, unda o’zbek xalqining etnik tarixi, xo’jalik an’analari, moddiy va ma’naviy madaniyati, oilaviy va jamoaviy hayot tarzi, bir so’z bilan aytganda o’zbek xalqining o’zligini ko’rsatuvchi o’ziga xos milliy qirralari kompleks tarzda yoritib berilgan. Eng muhimi bu kitobning nashr etilishi dunyo hamjamiyatiga xalqimizning kecha yoki bugun paydo bo’lgan xalq emas, balki ko’p ming yillik tarixiy an’analari va milliy qadriyatlariga ega xalq ekanligini yana bir isbotlab berdi. Qolaversa, bu yurtimizda etnografiya fani jahon fani bilan o’zaro uyg’un tarzda rivojlanayotganidan dalolat beradi. Umuman, Respublikada etnologik yo’nalishda olib borilayotgan tadqiqotlarning asosiy yutuqlari quyidagilarda mujassamlashgan:
Avvalo keyingi o’n yillikda etnografiyaning nazariy metodologik muammolari borasida dastlabki ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Bunda tadqiqotchilar tomonidan fanning nafaqat nazariy muammolari, balki zamonaviy Etnografiya maktablari va atamalariga oid yangi materiallarning e’lon qilinishi o’zbek etnologlarining zamon bilan hamnafas tadqiqotlar olib borayotganliklarini ko’rsatadi.
2.Etnogenetik jarayonlar doirasida akademiklar K.Shoniyozov va A.Asqarov tomonidan o’zbek xalqining shakllanish jarayoni va uning nazariy-metodologik muammolariga oid qator fundamental tadqiqotlar e’lon qilindi. Mazkur mavzu doirasida O’zRFA Tarix institutida doimiy ilmiy seminar tashkil etilganligi va bu sohada Respublikamizning ko’zga ko’ringan bir qator olimlarining ilmiy tadqiqotlari e’lon qilinayotganligi ham ushbu yo’nalishning rivojlanayotganligidan dalolat beradi.
3.Mutaxassis olimlar nafaqat tarixiy-etnografik tadqiqotlar mavzularini, balki dastlabki professional etnograflar kabi «an’anaviy zamonaviylik»ni va bugungi kunda muhim deb e’tirof etilayotgan ijtimoiy madaniy innovasiyalar, an’anaviy jamiyatning zamonaviy hayotini ham tadqiq qilmoqdalar.
4.Hozir etnologik yo’nalishda bajarilayotgan tadqiqotlarda an’anaviy madaniyatni tadqiq qilishgagina emas, balki zamonaviy polietnik jamiyatni o’rganish, ayniqsa an’anaviy mahalla institutini zamonaviy jamiyatda tutgan o’rni, mahalla tizimida zamonaviy etnomadaniy jarayonlarning roliga katta e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo’nalishda Toshkent mahallalari bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalarini dastlabki yutuqlar sifatida qayd etish mumkin.2
5.Zamonaviy etnografiyaning tadqiqot mavzusi va o’rganish maydoni ancha keng bo’lib, unga yaqin bo’lgan sosiologiya, madaniyatshunoslik, psixologiya, antropologiya, folklorshunoslik kabi fanlar bilan o’zaro tutashishi natijasida etnopsixologiya, etnomadaniyat, etnofolkloristika, etnososiologiya kabi yangi sohalar paydo bo’ldi va ushbu yo’nalishlar Respublikamizning bir qator Oliy o’quv yurtlarida maxsus fan tarzida o’qitilmoqda. Ularning ayrimlari bo’yicha o’quv qo’llanmalari ham yaratildi. Masalan, Etnomadaniyat. O’quv qo’llanma. T., Adolat, 2003. Jabborov I. Jahon xalqlari etnografiyasi O’quv qo’llanma. T.,2005.; Ashirov A., Atadjanov Sh. Etnografiya. O’quv qo’llanma – T., Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy Davlat kutubxonasi, 2007., A.Doniyorov, A.Ashirov, O.Bo’riyev Markaziy Osiyo xalqlari etnografiyasi, etnogenezi va etnik tarixi. Toshkent, “Yangi nashr”, 2011.
6.Keyingi vaqtlarda yetakchi olimlar yosh tadqiqotchilar bilan birga xorijiy mutaxassislar ishtirokida Respublikamizda etnografiyaning dolzarb mavzulariga bag’ishlangan ilmiy anjumanlar hamda festivallarni o’tkazish yaxshi bir an’anaga aylanib ulgurdi. Bu borada «Akademik Karim Shoniyozov o’qishlari» turkumida doimiy faoliyat ko’rsatuvchi ilmiy anjumanning tashkil etilganligi va mazkur konferensiya materiallarini muntazam nashr etib borilayotganligi ham amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarning natijasi deb aytish mumkin. Lekin sohada qator yutuqlarga erishilganiga qaramay hali hanuz yechilishi lozim bo’lgan muammolar mavjudki, ularni chetlab o’tib ma’lum bir ijobiy natijalarga erishish mumkin emas.3
7.Zamonaviy o’zbek etnografiyasi oldidagi muammolar to’g’risida fikr yuritadigan bo’lsak, avvalo shuni ta’kidlash kerakki, hanuz ayrim tadqiqotlar tavsifiy xarakter kasb etmoqda. Etnologik yo’nalishda bajarilgan har qanday tadqiqot ma’lum bir amaliy ahamiyatga ega bo’lishi va uning natijalaridan bugungi va ertangi kun amaliyotida foydalanish lozim.4



Download 52,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish