24/05/2011
BMTTD boshqaruvchisi Helen Klark O’zbekistonga qilingan uch kunlik
tashrifini yakunladi. U kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov bilan uchrashib, uchrashuvda Prezident BMTTDning O’zbekiston
rivoji yo’lidagi faoliyatini qo’llab quvvatlashini e’tirof etdi.
O’zbekistonga tashrif davomida Helen Klark shuningdek Bosh Vazir Birinchi
O’rinbosari va Moliya Vaziri Rustam Azimov, Bosh Vazir O’ribosari va Tashqi
Ishlar Vaziri Elyor G’aniyev, Tashqi Iqtisodiy Aloqalar, Moliya va Savdo Vaziri
Galina Saidova, O’zbekistondagi BMT vakillari, rivojlanish bo’yicha
hamkorlar, Nodavlat Tashkilotlaridagi va madaniyat va san’at sohasida faolioyat
yuritayotgan ayollar bilan uchrashdi.
BMTTD O’zbekistonda turmush tarzini oshirish, atrof muhit va energetika
va samarali boshqaruv masalalari bo’yicha faoliyat olib boradi. Ushbu tashrif
Helen Klark uchun Prezident va yetakchi vazirlar bilan birgalikda BMTTDning
faoliyatini muhokama qilish, va BMTTD ishtirok etayotgan bir necha
tashabbuslarga voqif bo’lish uchun hizmat qildi.
Helen Klark Toshkent shahridagi Sergeli tumanida joylashgan BMTTDning
“Yagona Oyna Markazi” deb nomlangan va aholiga onlayn tizimida hizmatlar
ko’rsatadigan markaziga tashrif buyurdi. Ushbu markaz ko’p vaqt va qog’oz
ishlarini talab etadigan tizim o’rniga onlayn tizimida ish olib borib, go’daklarni
bolalar bog’chasiga joylashdan tortib nafaqa olish uchun ariza topshirish,
ishsizlik nafaqasi va yangi korhonalarni ro’yhatdan o’tkazish kabi ishlar bilan
shug’ullanadi.
Hukumat endilikda bu tizimni butun O’zbekiston hududida tadbiq etishga qaror
qildi.
“Avvallari men barcha hujjatlarni birgalikda olib yurardim. Hozir ushbu markaz
hizmatlardan foydalanishni ancha yengillashtirdi” – deb bir ayol markazda
Helen Klarkka murojaat qildi. “Men BMTTDning kompyuter kurslariga
qatnashdim va men hozir sertifikatga ega bo’ldim. Bir o’ylab ko’ring, mening
yoshim 68 da va men kompyuter kursida ishtirok etdim! Endilikda men
nabiralarimga men sizlarning buvingizman va kompyuterdan qanday
foydalanishni bilaman deb aytaman!”
Samarqand shahrida Helen Klark BMTTD tomonidan qo’llab
quvvatlanadigan “ijtimoiy korhona”ga tashrif buyurdi va bu yerda mahalliy
korhonalar bilan hamkorlikda oyoq kiyim tikish kasbini o’zlashtirayotgan
nogiron yoshlar bilan tanishdi. Ushbu tashabbus doirasida video qo’llanmalar
ham ishlab chiqilgan. Shuningdek O’zbekistonning to’rt viloyatida BMTTD
bilan hamkorlikda 9 ta ijtimoiy korhona tashkil qilindi.
Helen Klark shuningdek qishloq tibbiy klinikasiga tashrif buyurib, BMTTD
tomonidan yaratilgan zahiraviy elektr tizimini kuzatdi. Ushbu tizim elektr
ta’minoti bo’lmagan vaqtda ham klinikaning to’liq faoliyat olib borishiga imkon
beradi va bunday tizimsiz, emlash vositalari va tekshiruv natijalari noto’gri
ko’rsatkichlarga olib kelishi mumkin.
O’zbekistonga qilingan ushbu tashrif Boshqaruvchining Markaiy Osiyoga
uyushtirgan safarining yakuni bo’lib ushbu safarda shuningdek Turkmaniston,
Qirgiziston, Qozog’iston va Tojikistonga ham tashrif buyurildi.
Tashrif davomida BMTTD ning o’lkamizdagi faoliyatining natijalari tahlil
qilingan. Kelgusida aynan qaysi sohalarga e’tibor qaratish lozimligi ham
misollar orqali o’rganilgan. Nogiron yoshlarning ish bilan taminlanishiga
qaratilgan loyihalarni Respublikaning barcha hududlarida ayniqsa chekka
tumanlarda yo’lga qo’yish rejalashtirilgan. Bu bilan ular jamiyatning teng
huquqli a’zosi ekanligini anglatish va ularga ijtimoiy yordam ko’rsatishni yo’lga
qo’yish vazifa qilib belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |