2015-yil 12-fevral
“Sog’lom muhitda yashash” mazkur Dastur, O`zbekiston Respublikasi
hukumati bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan bo`lib, Orolbo`yi fojeasining
oqibatlarini bartaraf etishga hamda ushbu hududda istiqomat qiluvchi aholining
turmush sharoitini yahshilashga qaratilgan chora-tadbirlarining amalga
oshirilishiga ko`mak berish maqsadi bilan ishga tushurilgan. Dastur doirasida
mahalliy uyushmalarga aholi keng qatlamlarini mahaliy taraqqiyot rejalarini
amalga oshirish orqali sifatli ichimlik suvi va gaz kabi infratuzilmalari bilan
ta`minlash ko`zda tutiladi. Bundan tashqari, Dastur mahalliy tadbirkorlar va
dehqonlar uchun eng ilg`or qishloq ho`jaligi va chorvachilik tamoillarini tadbiq
etish orqali yangi mablag` manbalarni yaratish, hamda hunarmandchilik va
turizmning rivojlanishi orqali ayollar va yoshlarning tadbirkorlik faoliyatiga
ko`mak berishni nazarda tutadi.
Qo`shma dastur sog`liqni-saqlash hodimlarining reproduktiv salomatlik
mavzusida bilim va ko`nikmalarini oshirish, hamda ko`ngillilarni jalb qilish
orqali yoshlar va xotin-qizlarning OIV va OITS kabi infektsion kasalliklar
haqidagi
bilimlarini
oshirish
vositasida
sog`liqni-saqlash
tizimini
barqarorlashtirishga
qaratilgan.
Yuqorida
qayd
etilgan
tashabbuslarni
muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun, barcha milliy hamkorlarni ish jarayoniga
jalb etib ular bilan bevosita muloqotda bo`lish lozim. Shuning uchun, Dastur
doirasida Regional va uchta mahlliy hukumat organlarining, aholi turmush
sharoitini yahshilashga qaratilgan iqtisodiy va ekologik xavfsizligi hamda
ijtimoiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish borasida salohiyatini
mustahkamlash rejalashtirilgan.
Buni alohida ta`kidlash kerakki, Qo`shma Dastur faoliyati Orol dengizi
hudida istiqomat qiluvchi aholining inson xavfsizligini samarali boshqarish
tamoyillarini kiritish, daromadlarni o’sishni ta`minlash, hamda sog`liqni saqlash
va ekologik xavfsizlikni barqarorlashtirish orqali ta`minlashga qaratilgan.
Qo`shma dasturning ushbu say`-harakatlari uchun BMTning Inson xavfsizligi
bo`yicha Trast fondi tomonidan 3.8 million AQSh dollari ajratilgan.
Orol dengizi hududida istiqomat qilayotgan aholi turmush darajasini himoyalash
va ular hayoti uchun sog’lom muhitni taminlashga qaratilgan ushbu Dastur
faoliyati davomida aholining barcha qatlamlarini qamrab olayotganligi ijobiy
holatdir. Negaki, endilikda bu hududda yashovchi insonlar hayoti uchun katta
havflarning vujudga kelganligi butun dunyo ahlini kelajak uchun qayg’urish
lozim ekanligini uqtirmoqda.
Sog’lom muhitda yashash huquqi barchamiz uchun bir xilda ekanligi bu
yo’ldagi amaliy ishlar ko’lamini yanada kengaytirishga chaqiradi. Har doim
ham ijobiy holat barcha joylarda barqaror emasligi esa, tizimli ravishda amaliy
ishlarni bosqichma-bosqich yo’lga qo’yishni talab qilmoqda. Endilikda Orol
dengizi butun O’rta Osiyo aholisi hayotiga havf solayotganligi bu hududdagi
davlatlarning hamkorlikda ishlashlarini talab qilmoqda. Xalqaro munosabatlarni
muntazam yo’lga qo’yish va bu orqali uzoqni ko’zlab qarorlar qabul qilinishiga
erishish bugungi kunimizda dolzarb masalaga aylandi. 2-mart juma kuni
BMTning O'zbekistondagi agentliklari O'zbekiston ushbu nufuzli xalqaro
tashkilotga a'zo bo'lganligining 23 yilligini nishonlaydi va BMTning Axborot
markazi tomonidan “G'amkorlikka 23 yil” deb nomlanuvchi fotoko'rgazma
tashkil etiladi. O'zbekiston tarixi davlat muzeyida o'tkaziladigan ko'rgazmada
23 yil davomidagi hamkorlik BMTning bugun O'zbekistonda faoliyat
yuritayotgan agentliklari: BMT Ayollar tashkiloti, Jahon banki, YUNISEF,
YUNESKO, BMTning Aholishunoslik jamg'armasi, YUNEYDS, BMT
Taraqqiyot dasturi, YUNODK va BMT Ko'ngillilar tashkiloti tomonidan
to'plangan fotosuratlar orqali aks ettiriladi. Ko'rgazmaga taklif etilgan faxriy
mehmonlar orasida BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori Anita
Nirodi, O'zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov,
shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Shavkat
Solixov ham bor.
O'zbekiston BMT ga 1992-yilning 2-martida a'zo bo'lgan. Shu vaqtdan
buyon mamlakat taraqqiyotida BMT va uning turli tashkilotlari muhim rol
o'ynamoqda. Qisqa vaqt ichida bu yerda BMTning barcha agentliklari faoliyat
yurita boshladi. 2000-yili BMTning Nyu-York shahridagi qarorgohida
o'tkazilgan Mingyillik sammitida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimov Mingyillik rivojlanish maqsadlari dasturida ko'zda tutilgan
maqsadlarga erishishni ko'zlagan dunyodagi 150 ta davlat rahbarlari safiga
qo'shildi. “G'amkorlikka 23 yil” deb nomlanuvchi ko'rgazma bu yo'nalishda va
boshqa loyihalar bo'yicha BMT hamda O'zbekiston hamkorligida amalga
oshirilgan barcha ishlarni o'zida mujassam etadi. BMT mutaxassislari ayni
chog'da ijtimoiy-iqtisodiy hayot, madaniyat, davlat boshqaruvchi, ekologiya va
boshqa ko'plab yo'nalishlarda faoilyat yuritmoqda, ammo maqsad yagona, ya'ni
mamlakatimiz va butun dunyoda aholi farovonligi, barqaror taraqqiyotni
ta'minlashdir. 23 yil mobaynida amalga oshirilgna keng ko'lamdagi ishlar bilan
fotoko'rgazma davomida batafsil tanishish imkoni bo’ldi.
Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad BMT tarkibidagi barcha rasmiy
tashkilotlarning O’zbekistondagi amaliy ishlari bilan aholini tanishtirishdan
iborat bo’lgan. Xalqaro maqomdagi tashkilotning teng huquqli a’zo bo’lgan
O’zbekiston Respublikasining bugungi kundagi amalga oshirayotgan keng
tarmoqli xalqaro aloqalarining barchasi, shu o’lkada yashayotgan insonlar haq-
huqularini taminlash, ijtimoyiy jihatdan himoya qilish va ular hayotini yanada
yaxshilashga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |