Universiteti Qarshi filiali Kompyuter injiniring fakulteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta`limi yõnalishi 1-bosqich



Download 21,88 Kb.
bet1/2
Sana04.11.2022
Hajmi21,88 Kb.
#860198
  1   2
Bog'liq
2 MAQOLA ABDISALOMOVA


O’ZBEKISTONLIK EKANLIGIMDAN FAXRLANAMAN


Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnalogiyalari universiteti Qarshi filiali Kompyuter injiniring fakulteti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta`limi yõnalishi 1-bosqich
AKT-11-22 guruh talabasi
Abdisalomova Xurshidaning “O’ZBEKISTONLIK EKANLIGIMDAN FAXRLANAMAN” mavzusida yozgan maqolasi
Annotatsiya: ushbu maqolada osmoni musaffo, suvlari sof va beg’ubor, go’zal va beqiyos yurt
O’zbekistondek jannatmakon o’lkada yashayotganimizdan faxlanib, bu mustaqil Vatanga
munosib farzand bo’lishga chin dildan harakat qilish kerakligi haqida so’z va fikrlar yuritilgan.
Kalit so`zlar: O’zbekiston, intellectual, obod yurt, jannatmakon o’lka, demokratik, orzuhavaslar,
vatan, ozodlik, yangi O’zbekiston, muqaddas dargoh, mustaqillik, taraqqiyot,
yuksalish, Vatanni ardoqlash, kelajak avlod, yoshlar.
Hayot juda go’zal. Bu hayotda yashash va nafas olishimning o’zi ham men uchun ajoyib bir baxtdir. Hayotda inson uchun qadrli va bebaho bo’lgan ne’matlar juda bisyor. Ammo ularning orasida bir go’zal ne’mat borki, uning o’rnini hech narsa bilan almashtirib bo’lmaydi. Bu – Ozodlik, Mustaqillik ne’matidir.
O’zbekiston jannatmakon va go’zal o’lka. Uning har bir qarich yeri biz uchun muqaddasdir.O’zbekiston dunyodagi eng qadimiy va go’zal o’lkalardan biridir. Bunday tinch va osuda Vatanni ko’rish istagida bo’lganlar qancha. Biz esa bu betakror zamin bag’rida yashaymiz, uning beg’ubor va musaffo havosidan, zilol suvidan, beqiyos ne’matlaridan bahramand bo’lamiz.
Bunday baxt har kimga ham nasib etmaydi. Baxt so’zining o’zi keng qamrovli tushunchadir. Hech bir inson azob-u mashaqqatlarsiz baxtga erisha olmaydi. Buning uchun qat’iy ishonch mustahkam bilim va zakovatli bo’lish kerak. Mustaqil O’zbekiston kundan-kunga rivojlanib, mamlakatlar ichida birinchilar qatoriga chiqib kelmoqda. Vatanimizning gullab yashnashi, mustaqilligimizning davomiyligi, yoshlarning har sohada intellektualligi va o’z hissalarini
qo’shib borayotganliklari hammamizga ma’lumdir. Mening Vatanim - O’zbekiston. Men O’zbekistonda yashayman. Shunday obod yurtda yashayotganimdan juda faxrlanaman. Mening yurtim buyuk olimlar, donishmandlar yurti. U yerda shirin-shirin mevalar yetiladi. O’zbekiston boy o’lka. Samarqand, Buxoro, Xiva,
Shahrisabz va Termiz kabi tarixiy obidalarga boy makondir. Muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan 1991-yil 31-avgustda O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligiga erishdi. Shu kundan boshlab har bir O’zbekiston fuqarosi o’z huquqlariga ega bo’ldi va mustaqil demokratik davlatning fuqarosiga aylandi. Mustaqillikdan keyin barcha hududlarda katta o’zgarishlar, yangilanish va keng miqyosda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Vatan – kindik qonimiz to’kilgan makondir. Vatan – muqaddas dargoh. Vatan azaldan muqaddas sanalgan. Demak, bu yurt uchun har bir farzand jon kuydurmog’i, kelajagi uchun oz bo’lsa-da hissasi tegadigan bo’lib yashashi lozim. Men O`zbekistonlik ekanligimdan juda faxrlanaman. Chunki men O’zbekistondek tinch va osuda zaminda yashayapman. Osmoni musaffo, suvlari sof
va beg’ubor, go’zal va beqiyos yurtda yashash kimga ham yoqmaydi deysiz. Shunday emasmi? Bunday go’zal va mustaqil yurtda yashash hammaning ham eng go’zal orzusi bo’lsa kerak.Asliga olib qaraganda vatanni biror sababga ko’ra sevishmaydi, uni ardoqlash uchunsababning keragi yo’qdir. Vatan bilan faxrlanish uchun biror bir sabab bo’lishi kerak emas deb o’ylayman. Chunki har bir kishining Vatani o’zi uchun qadrli va sevimlidir.Har bir insonning tug’ilib o’sgan joyi har qanday joydan sevimli, har yerda faxrlanishiga arzigulik joy bo’lib qoladi. Men O’zbekistonda tug’ilib, shu yerda ta’lim-tarbiya olyapman, hayotda o’z o’rnimni topishga harakat qilib kelyapman. Mustaqil Vatanimda o’z o’rnimni egallab, chinakam baxtlilar qatorida yashash orzularimdan biridir. Go’zal bir satrlar bilan ayta olamanki, shunday saxovatli zaminda, bag’rikeng va mehmondo’st xalq orasida yashayotganimdan juda faxrlanaman. Hozirgi kunda mamlakatimiz ravnaqi yo’lida qilinayotgan har bir ishimiz yuksak qadrlanib, munosib rag’batlantirib kelinmoqda. Bu esa bizning kuchimizga kuch, g’ayratimizga g’ayrat, shijoatimizga shijoat qo’shmoqda. Vatanga muhabbat tuyg’usi bo’lmaganida edi, yurtlar vayron va zamin notinch bo’lar edi. Bir yerga qadam qo’yganimizda ham, nafas olganimizda ham shukronalik ruhi bilan “Bizning Vatanimizga ko’z tegmasin” – deya ayta olishimiz kerak.O’zbekiston dunyoda va har bir shu yurt farzandiman deguvchilar uchun muqaddas dargohdir. Yurtning ertasi biz kabi yoshlar qo’lidadir. Biz yoshlar jahon minbarida bayrog’imiz hilpirab turishi uchun shiddat bilan harakat qilishimiz kerak. Vatanimiz onamiz kabi qadrdon,
ko’nglimiz tojidir. Biz yoshlar kuchli, bilimli, tarbiyali, sog’lom hamda yuksak ma’naviyatli bo’lib ulg’ayishimiz, Vatanga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat to’la qalbga ega bo’lishimiz, yurt ravnaqini ta’minlashga hissa qo’shishni sharaf deb biladigan komil inson sifatida voyaga yetishimiz kerak.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida juda katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu islohotlar kelajak avlod uchun bir zamin yaratib bermoqda desak, hech ham mubolag’a bo’lmaydi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlar uchun juda katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Biz O’zbekiston yoshlari bu imkoniyatlardan to’laqonli ravishda foydalanishimiz, mustaqil
O’zbekistonning yetuk va barkamol farzandlari bo’lishimiz kerak. Chunki “O’zbekiston kelajagi yoshlar qo’lida” dir. Biz O’zbekiston yoshlari har qanday vaziyat bo’lmasin yurtimiz, xalqimiz uchun hamisha komil inson sifatida harakat qilishimiz, oldimizga qo’ygan maqsadlarimizga xoh u manzilga yaqin bo’lsin, xoh uzoqda bo’lsin bariga erishishimiz kerak. Har qanday maqsad va
orzularimga o’z harakatlarim va mashaqqatlarim evaziga erishib kelmoqdaman.Qilingan hech bir mehnat samarasiz ketmaganidek, ulkan niyatlar ezgu bir yo’lga chorlaydi. Men doim bu yo’lda
erishgan marralarim bilan harakatimni davom ettirish niyatidaman.Aytmoqchimanki, men hech qachon to’xtab qolmayman. Hamisha bilim sari izlanishdaman. Qalbida ezgulik bo’lgan har
qanday insonning maqsadlari kuni kelib o’zi uchun va Vatani uchun samara beradi deb o’ylayman. “Yangi O’zbekiston” g’oyasi zamirida ulug’ ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg’onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va
armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo’lamiz. Maqsad aniq bo’lsa biz qadam qo’ygan buyuk hamda ezgu niyatlar amalga oshadi va harakatlarimiz samarasi shunchaki javobsiz qolmaydi. Bugungi kunda O’zbekiston demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon biz uchun islohotlarimizning
eng katta natijasidir. Chunki maqsadning aniqligi – harakatlar va intilishlar samarasini ta’minlaydigan eng muhim mezondir.
O’zbekistonni barpo etish, bu shunchaki insonlarning orzu-havaslari emas, balki maqsad qanchalik aniq qo’yilgan bo’lsa, unga erishish qancha qiyin bo’lgani bilan erishilgan natija ham shunga yarasha tengsiz baxtdek buyuk hisoblanadi. Qisqa vaqt ichida islohotlar tufayli erishilgan
natijalarimiz barchamizni quvontirdi, albatta. Bu natijalardan ko’zlagan maqsad, asosan mustaqilligimizning abadiyligi, xalqimizning omonligi, osmonimizning musaffoligi, buyuk va qudratli jamiyat barpo etish, yuksalish, yaratish, doim maqsadlar tomonga intilish, shunchakitomoshabin bo’lib turish emas, balki o’zimizning qudratimizni dunyolarga namoyon etishimiz
kerak. Ana shundan keyingina mamlakatda yuksalish, ravnaq topish va yanada shiddatli o’sish kuchayadi. Mustaqillikdan oldin ko’pgina muammolar yechimsiz qolganligi, tinch va osuda hayot kechirmaslik har bir insonning boshidan o’tganligi hech kimga sir emas, albatta. Bu muammolarga yechimni biz mustaqillikdan keyin aniq va izchil ravishda javob qaytardik. Ya’ni tinchligimiz, mustaqilligimiz har bir insonning o’z qo’lidaligi shubhasiz belgilandi. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari” , “qonun ustuvorligi” , “ochiqlik va oshkoralik” , “so’z erkinligi”,
“din va e’tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “xususiy mulk daxlsizligi” yurtimiz bo’ylab yanada mustahkamlandi. Aholi o’rtasidagi muammo va noqulayliklar, bir so’z bilan aytganda mustaqillikdan keyin o’z yechimini topdi. Yuksalish va rivojlanish ana o’sha vaqtdan beri biz
bilan, xalq bilan,Vatanimiz bilan doim birgadir. Mustaqillikdan keyin majburiy mehnat, xususan, bolalar mehnati, ishsizlik, kambag’allik, korrupsiya, aholini uy-joy bilan ta’minlash, ta’lim va tibbiyot bilan bog’liq muammolar mavjudligini ochiq tan olib, ularni keng jamoatchiligimiz bilan birgalikda bartaraf etildi.
Bir haqiqatni ochiq tan olishimiz lozim : vaqt o`tishi bilan islohot jarayonlari tobora kengayib bormoqda, shiddatli zamon oldimizga yanada ulkan vazifalarni qo`ymoqda. Hayotning o`zi bizni ko`p narsaga o`rgatmoqda. Shu sababli biz doimiy izlanishdamiz. Izlanish bor joyda yutuqlar bilan birga kamchilik va nuqsonlar ham bo`lishi tabiiydir. Lekin biz O`zbekiston farzandi
ekanmiz, oddiygina kamchilik va nuqsonlar bizning yuksalishimizga hech qanday to’sqinlik qilmaydi, ya`ni rivojlanishimiz o’zimizning qo’limizdadir. Muhtaram Prezidentimiz aytganlaridek, ,,Yuksalish hech qachon oson bo`lmaydi”. Biz hech qachon yuksalishdan to`xtamaymiz, shiddat bilan doimo harakatdamiz. Har qanday qiyinchiliklar bilan erishgan yutuqlarimiz o’zimizga qo’l keladi va albatta uning samarasini ko’ramiz.Hech qanday qilingan ish mashaqqatsiz bo’lmaydi. Buning uchun chin dildan mehnat qilishimiz va o’z ustimizdan ish olib borishimiz kerak.
Bugun yoshlar uyg`onmoqda, jamiyatimiz uyg`onmoqda. Ma`naviy uyg`oq jamiyat bu, hech shubhasiz , qudratli kuchdir. Men O’zbekistonlik ekanligimdan faxrlanaman va bu yo’lda shaxsan o’zimning qo`ygan hissalarimdan biri, ijodkor qiz sifatida yozgan she`rlarim nashr qilinib, ilk marotaba ,,Maqsad sari ilk qadam” nomli kitobim nashr etilgan. Maktabni a`lo baholar bilan tugatib, oltin medal sohibasi va ustozlarimning menga bergan ishonchini oqlab
,,Talaba” degan nomni ham qo`lga kiritdim. Mening bu yutuqlarim nafaqat o`zim uchun, balki Vatanim uchun qo`ygan ezgu maqsadlarim va intilishlarim natijasidir. Har bir avlod erishgan yutuqlar o`z Vatani oldida qaddini baland tutishi, o`z hissasini qo’shgan O`zbekiston farzandi deb o`ylayman. Yuksalish hech qachon oson bo`lmaganidek, yutuqlar sohibasi bo`lish ham oson bo`lmaydi. Mening do`stim kitob bo’lganligi uchun oldimga qo’ygan maqsadlarimga erishib
kelmoqdaman. Talaba sifatida o`qishimni davom ettirishim va oldimga qo`ygan maqsadlarimdan biri jurnalistika sohasining suxandonlik yo`nalishi bo`yicha yanada o`z ustimda ishlab Vatanimga o`z hissamni qo`shishga harakat qilaman, maqsadlarimga erishaman va doim harakatdaman. Muhtaram Prezidentimiz so’zlaridan shuni anglash mumkinki, “Ochiq aytmoqchiman: mening tabiatim bunday soxta hayotni mutlaqo qabul qilolmaydi. Xalqimiz
menga ishonch bildirdi, ana shu yuksak ishonchni oqlash, el-yurtimizga munosib hayot sharoitini yaratib berish – men uchun hayotimning ma’no-mazmunidir. Men millionlab insonlarning taqdiri uchun mas’uliyatni zimmamga olgan ekanman, islohotlar borasida boshqacha yo’l tutishim, hammasini avvalgidek qoldirishim mumkin emas”. Demak, yurtboshimiz doim biz bilan birgalikda yuksalishga harakat qilmoqda, har doim o’z xalqini qo’llab - quvvatlamoqda, xalqimizning tinchliga va osoyishtaligi yurtboshimiz uchun baxtdir. Biz O’zbekiston yoshlariyurtboshimiz bilan doim yelkama-yelka harakat qilamiz va Vatanimiz rivoji uchun o’z hissamizni qo’shamiz. Xulosa qilib aytganda, men shu millatning vakiliman, bir bo’lagi hisoblanaman. Har bir yutug’iga quvonaman, har bir dardiga sherikman, har bir vakili men uchun aziz, yaxshisi ham yomoni ham mening vatandoshim. Bir so’z bilan aytganda, bugun yurtimizda barcha sohalar jadal rivojlanmoqda. Biz o’z oldimizda turgan asosiy imkoniyatlardan samarali foydalanib, jonajon Vatanimiz – O’zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo’shishimiz lozimdir. Avvalo, O’zbekiston farzandi ekanligimdan juda faxrlanaman. Go’zal O’zbekistonim men uchun
jannatmakon va beqiyos yurtlardan biridir. Ota-bobolarimiz mislsiz azob-uqubatlarga chidab, ozodlik uchun kurashib bizga shu mustaqil diyorni qoldirgan ekanlar, biz ham avlodlarimizga yurtimizni yanada go`zalroq tarzda qoldirishimiz zarur.

Download 21,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish