13- Mavzu: O‘qituvchi psixologiyasi. Pedagogik faoliyatning psixologik asoslari.
Asosiy savollar:
Jamiyatda o‘qituvchining tutgan o‘rni va uning vazifalari.
O‘qituvchiga shaxsiga qo‘yiladigan talablar.
O‘qituvchining kasbiga xos xislatlari.
O‘qituvchi o‘quvchilarning hayot va faoliyati tashkilotchisi ekanligi.
O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar.
Pedagogik muloqot va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
O‘qituvchining o‘z malakasini oshirib borishning psixologik muammolari.
Pedagogik qobiliyat: nazariya va amaliyot.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
O‘qituvchilik - inson jamiyati tarixi boshlanganidan to hozirgi kungacha hamma vaqt jamiyat va jamoatchilik tomonidan e’tiborga loyik, e’zozlab kelingan kasbdir. “... O‘qituvchi - deydi Al - Farobiy, - aql-farosatga, chiroylik nutqga ega bo‘lishi va o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni to‘la va aniq ifodalay olishni bilmiogi zarur”. U o‘z fikrini davom ettirib: “O‘qituvchi va rahbarning vazifasi dono davlat rahbari vazifasiga o‘xshaydi, shu sababli o‘qituvchi eshitgan va ko‘rganlarining barchasini eslab qolishi, aql-farosatga, chiroylik nutqga ega bo‘lishi, o‘quvchilarga aytmoqchi bo‘lgan fikrlarni to‘la va aniq ifodalab berishni bilmogi lozim. Shu bilan birga o‘z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo‘lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo‘ladi va baxt cho‘qqisiga erishadi ”, deb ta’kidlagandi. Abu Ali ibn - Sinoning fikricha: “O‘qituvchi matonatli, sof vijdonli, rostgo‘y va bolani tarbiyalash metodlarini, ahloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo‘lmogi lozim. O‘qituvchi o‘quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o‘rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog‘i
lozim”.
Nasriddin Tusiy o‘zining “O‘qituvchilarni tarbiyalash to‘g‘risida” degan asarida shunday deydi: “O‘qituvchi munozaralarni olib borishni, rad etib bo‘lmaydigan darajada isbot qilishni bilishi, o‘z fikrlarining to‘g‘riligiga ishonishi, nutqi esa mutlaqo toza, jumlalari mantiqiy ifodalanadigan bo‘lishi lozim... O‘qituvchi nutqi hech qachon va hech qayerda zaharxandali, qo‘pol yoki qattiq bo‘lishi mumkin emas. Dars paytida o‘qituvchi o‘zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin...” Maxmud Koshgariy “...Men a’zolar kasalligini davolashdan oldin odamlarning ruhiyatini davolashni zarur deb topdim. Bunga men o‘qituvchilik yo‘li bilan erishaman, bunga mening ishonchim komil.Chunki, a’zolar kasalligi bilan yuzlarcha, minglarcha odamlar halok bo‘lsalar, nodonlik, bilimsizlik tufayli o‘n ming va yuz minglarcha odamlar xalok bo‘ladilar...”. Ulug‘ shoirimiz Alisher Navoiy ham o‘qituvchi mehnatini xolisona baholab: ”Agar shogird podsholikka erishsa ham, unga (muallim) qulluq qilsa arziydi”, “Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘rgatmish ranj ila, aylamoq oson emas xaqqin ado ming ganj ila” kabi satrlar bitganlar.
Hozirgi zamon ilm-fan taraqqiyotini buyuk allomalar yaratgan ko‘plab qimmatli asarlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu nodir asarlar bir necha asrlar ilgari yaratilgan bo‘lsada o‘z qimmatini yo‘qotgan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |