276
Синтез
қилинган
полиметилнафталин
β-сулфокислота
суперпластификатор сифатида қўлланилди ва ижобий натижа олинди.
Адабиётлар
1.
Abdrazakh Pernebaevich Auyeshov Effect of α- and β-Polymethyle
Nenaphthalenesulfonate upon Properties of Cement Grout and Concrete. Modern
Applied Science; Vol. 9, No. 6; 2015.
KIMYO SANOATINI ISLOH QILISH VA UNING INVESTITSIYAVIY
JOZIBADORLIGINI OSHIRISH DAVR TALABI
Matchanova M.B.
Jizzaq pedagogika instituti
Bugungi kunda jahon iqtisodiyoti rivojini kimyo
sanoatisiz tasavvur qilib
bo‘lmaydi. Mamalakatimizda kimyo sanoati istiqboliga qaratilayotgan alohida
e’tibor tufayli kimyo sanoati yildan-yilga rivojlanib, jahon bozoridagi mavqei
mustahkamlanib bormoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda kimyo sanoati
korxonalarini moliyaviy-iqtisodiy sog‘lomlashtirish
va ularning faoliyatini
barqarorlashtirish,
amaldagi
ishlab
chiqarishlarni
modernizatsiya
qilish,
uglevodorod xom ashyosi va mineral resurslarni chuqur qayta ishlash bo‘yicha
yangi quvvatlarni barpo etishga qaratilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish
orqali tarmoqni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish,
shuningdek, ishlab chiqarilayotgan yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy
mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish borasida ko‘plab ishlar amalga
oshirildi. Lekin, shu bilan birga, kimyo sanoatini
jadal rivojlantirish va
diversifikatsiya qilishga qaratilgan loyihalarni amalda ro‘yobga chiqarish, eng
avvalo, davlat aktivlarini xususiy mulkka sotish hisobiga korxonalardagi davlat
ulushini qisqartirish, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari,
moliyaviy
hisobotlarning xalqaro standartlarini joriy etish hamda korxonalarning boshqaruv
tuzilmasini takomillashtirish orqali tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini
oshirish bo‘yicha ta’sirchan choralar ko‘rilishi zaruriyati kelib chiqmoqda.[2]
O‘zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanishi ko‘p jihatdan ustuvor
sohalarni, jumladan kimyo, biokimyo, gaz va neft-kimyo sanoati taraqqiyoti bilan
bevosita bog‘liqdir. Biroq, kimyo sanoatining barcha yo‘nalishlarini uzoq
muddatli barqaror rivojlanishiga mustahkam zamin yaratish uchun sohani
transformatsiya qilish jarayonlarini, eng ilg‘or xorijiy tajribalardan kelib chiqqan
holda yanada jadallashtirish zarurligini ko‘rsatmoqda. SHunga ko‘ra, 2021 yil 13
fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ”
Kimyo sanoati korxonalarini
277
yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli
kimyoviy
mahsulotlar
ishlab
chiqarishni
rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”
gi PQ-4992-son
qarori
qabul qilindi. Ushbu qarorda O‘zbekiston
iqtisodiyotini isloh qilishning yangi sharoitida kimyo sanoatini rivojlantirishning
strategik qayta shakllantirilishi maqsadida avvalo kimyo sanoatini transformatsiya
qilishning quyidagi uzoq muddatli asosiy muhim yo‘nalishlari belgilab berildi:
-texnologik
transformatsiya;
-xo‘jalik
munosabatlari
tizimini
transformatsiya qilish; mulkiy munosabatlar tizimini transformatsiya qilish;
raqamli transformatsiya; ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi
munosabatlar
transformatsiyasi; kadrlar tayyorlash tizimining transformatsiyasi.[1]
Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining
2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga kiritilgan va amalga
oshirish muddatlari jadallashtiriladigan investitsiya loyihalarining, 2021- 2025
yillarda kimyo korxonalarida ishlab chiqarishni
diversifikatsiya qilish, mavjud
xom ashyo bazasidan samarali foydalanish orqali yuqori qo‘shimcha qiymatga ega
bo‘lgan kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga
qaratilgan yangi investitsiya loyihalariining, Kimyo sanoatida ishlab chiqarishni
diversifikatsiya qilish, mavjud xom ashyo bazasidan samarali foydalangan holda
yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan
eksportbop, import o‘rnini bosuvchi
kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni tashkil etishga
qaratilgan
investitsiya
loyihalarini
amalga
oshirish bo‘yicha «YO‘L
XARITASI»
[1]
ning amalga oshirilishi kimyo sanoati korxonalarini isloh qilish va
uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim va dadil tashlangan
qadamdir.
Фойдаланилган адабиётлар:
1.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 13
февралдаги ПҚ-4992-сон
қарори
.
2.
Matchanova M.B., Matchanova N.N –Халқаро
илмий-амалий
анжуман материаллари (2019 йил 17-18 май ) JizPI.1 –том. 245-247 бетлар.
Jizzax
Do'stlaringiz bilan baham: