1-Topshiriq.Ma’lumotlar ba’zasini yaratish.
2-Topshiriq. Jadvallar yaratish.
3- Topshiriq. Formalar yaratish.
Ma’lumotlarni qayta ishlash uchun tugʽmalar oʽrnatish.
1-vazifa: MBni yaratishda MS Access dasturidan foydalanish
Yangi MB yarating;
MB jadvalini tuzing;
Misoldagi kabi, jadvalning maydonini aniqlang (1- jadval);
Tuzilgan jadvalni saqlang;
1- jadval Talaba jadvali
-
Maydon nomi
|
Ma’lumot turi
|
Maydon uzunligi
|
Talaba kodi
|
Schetchik
|
|
Familiyasi
|
Tekstovыy
|
15
|
Ismi
|
Tekstovыy
|
15
|
Sharifi
|
Tekstovыy
|
15
|
Tugʽilgan sanasi
|
Data/vremya
|
|
fakulteti
|
Tekstovыy
|
9
|
Telefon raqami
|
Chislovoy
|
|
1-jadval: MB yaratish texnologiyasi:
Yangi MBni yaratish uchun:
− Access dasturini ishga tushiring, paydo boʽlgan oynadan “Novaya baza dannыx” boʽlimini tanlang;
− MB joylashadigan papkani tanlang va “Fayl novoy bazы dannыx” oynasida yaratilayotgan MBsiga nom bering. Access dasturi sizga avtomatik ravishda dB1 nomini taklif qiladi.
Fayl turi esa – Access MB. MBga nom bering, fayl turini esa oldingi holatda qoldiring, chunki boshqa fayl turi maxsus xollarda kerak; − “Sozdat” tugmasini bosing.
MB jadvalini tuzish uchun:
− MB oynasidan jadval boʽlimini tanlang va “Sozdat” tugmasini bosing; − “Novaya tablisa” oynasidan Konstruktor boʽlimini tanlang va “OK” ni bosing. Natijada konstruktor rejimida jadval oynasi ochiladi (77-rasm).
Jadval maydonini aniqlash uchun:
− “Imya polya” ustundagi qator maydoniga ma’lumot kiritish;
− “tip dannыx” ustundagi qatorda tugmani bosing va mos turni tanlang.
77-rasm. Konstruktor rejimidagi jadval oynasi
“Opisanie” ustunini toʽldirish shart emas, bu holat maydon haqida qoʽshimcha ma’lumot kiritish uchun ishlatiladi. Jadvalda qolgan barcha maydonlarni aniqlash uchun yuqorida koʽrsatilgan ishlarni bajarish kerak. Ekranning pastki qismidagi “Obщie” boʽlimiga e’tibor bering.“Razmer polya” boʽlimidagi ma’lumotlarni oʽzgartirish mumkin, qolganlarini esa avtomatik ravishda kiritilgan, masalan, ma’lumotlarni matnli turi uchun Access dasturi uzunligi 50 ta belgini taklif etadi. Lekin “Familiya” maydonining uzunligi 15 ta belgiga boradi, familiya nechta belgi ekanligini aniq sanab olgan ma’qul. Ushbu maydon uzunligini keyinchalik oʽzgartirsa boʽladi. Sonli turga Access dasturi “Dlinnoe seloe”, taklif etadi, lekin sizning ma’lumotingiz uncha katta raqamli boʽlmasligi mumkin, unda butun (-32768 dan 32767 gacha oraligʽida), agar kasr son boʽlsa, u holda “S plavayuщey tochkoy”. Kerakli parametrni tanlash uchun tugmani maydonda bosish kerak, keyin chiqqan tugmani bosib, kerakli ma’lumotni tanlash kerak. Natijada sizning jadvalingiz ancha ixcham koʽrinishga keladi, MB hajmi kamayadi.
4. Jadvalni saqlash uchun:
− “Fayl/Soxranit” boʽlimini tanlang;
− “Soxranit” oynasidan jadvalga “Talaba” nomini bering; − “OK” tugmasini bosing.
Do'stlaringiz bilan baham: |