NAZORAT SAVOLLARI
1.
Infologik modеlni qurishda qanday konstruktiv elеmеntlar ishlatiladi?
2.
Mohiyat va atribut deganda nimani tushinasiz?
3.
“Entity-relyation” modeli kim tomonidan ishlab chiqilgan va uningma’nosi
nima?
4.
Mohiyatlar orasida qanday bog‘lanishlar mavjud bo‘lishi mumkin?
5.
Ma’lumotlarning rеlyatsion modеli kim tomonidan ishlab chiqilgan va
qachon?
6.
Birlamchi va tashqi kalitlar haqida tushuncha bering.
5-MA’RUZA:
MA’LUMOTLARLARNI
NORMALLASHTIRISH QOIDALARI
REJA:
5.1.
Normallashtirish tushunchasi
5.2.
Normal formalar
5.3.
Normallashtirsh protsedurasi
5.4.
Loyihalash protsedurasi
Tayanch so’z va iboralar
Normallashtirish, normal formalar, loyihalashtirish, protseduralar
5.1. NORMALLASHTIRISH TUSUNCHASI
Normallashtirish
1
— bu ma’lumotlarni qo‘shishda, o‘zgartirishda va
o‘chirishda eng yaxshi xususiyatlarga ega ikki yoki undan ortiq bo‘laklarga jadvalni
bo‘lish. Normallashtirishning asosiy maqsadi ma’lumotlar bazasini olishga
qaratilganki, undahar bir dalil (fakt) faqat bir joyda uchraydi, ya’ni ma’lumotlar ortib
ketmaydi. Bu faqat xotiradan tejab foydalanlish maqsadida qilinmay, balki
saqlanayotgan ma’lumotlar orasida qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish uchun ham
kerak.
Har bir jadval relyatsion ma’lumotlar bazasida shunday shartlarni
qoniqtiradiki, unga ko‘ra jadvalning har bir ustun va satrining kesishish joyida har
doim yagona atomar qiymat joylashadi va hech qachon ko‘p miqdorda, xuddi
shunday qiymatlar bo‘lishi mumkin emas. Shu shartni qoniqtiruvchi har qanday
jadval normallashgan deyiladi. Umuman olganda normallashmagan jadvallar, ya’ni
takrorlanuvchi ma’lumotlar guruhiga ega jadvallar relatsion ma’lumotlar bazasiga
kiritilmaydi.
Har qanday normallashgan jadval avtomatik ravishda birinchi normal formada,
qisqacha
1NF,
deb
hisoblanadi.
Shunday
qilib,
umuman
olganda,
“normallashtirilgan” va “1NF da joylashgan” so‘zlari bitta ma’noni anglatadi. Lekin
amaliyotda “normallashtirilgan” atamasi ko‘proq tor ma’noda — “to‘liq
normallashtirilgan», ya’ni loyihada normallashtirishning hech qaysi tamoyili
buzilmayapti degan ma’noda ishlatiladi.
Keyingi pog‘onadagi normallashtirishlarni ko‘rib chiqamiz — ikkinchi normal
forma (2NF), uchinchi normal forma(3NF) va hokazo. Umuman olganda, jadval
1NF da bo‘lsa va undan tashqari yana bir qo‘shimcha shartni qoniqtirsa, uning
ma’nosi keyinroq ko‘rib o‘tiladi. Jadval 3NF da deyiladi,qachonki u 2NF da bo‘lsa
va yana bir qo‘shimcha shartni qoniqtirsa va hokazo.
Har bir normal forma qandaydir ma’noda oldingisiga qaraganda ancha
chegaralangan, lekin ma’qulroqdir. Bu shunga bog‘liqki, “N-normal forma” ega
bo‘lgan ba’zi yoqimsiz tomonlariga «(N+1)-normal forma” ega emas. N-chi normal
formaga qarab (N+1)-normal formaga qo‘yilgan qo‘shimcha shartning umumiy
ma’nosi ana shunday yoqimsiz tomonlarni yo‘qotishdan iborat.
Normallashtirish nazariyasi jadval maydonlari orasidagi u yoki bu
bog‘liqlikning borligiga asoslanadi. Bunday bog‘liqliklarning ikki turi aniqlangan:
funksional;
ko‘p qiymatli.
Funksional bog‘liqlik. Berilgan ixtiyoriy vaqtda A maydonning har bir turli
qiymatiga mos ravishda albatta B maydonninghar bir turli qiymatidan faqat bitta
qiymati bo‘lsa, jadvalning B maydoni xuddi shu jadvalning A maydoniga funksional
bog‘langan deyiladi. Aytib o‘tish kerakki, A va B maydonlar tashkil qiluvchilar
bo‘lishi mumkin.
1
Sh.Nazirov, A.Ne’matov, R.Qobulov, N.Mardonova “Ma’lumotlar bazasi” 28-bet
Do'stlaringiz bilan baham: |