Universiteti iqtisodiyot fakulteti iqtisodiyot



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana16.01.2022
Hajmi1,01 Mb.
#376002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Marketing final

 

 

 

 

 

 


 

Zamonaviy 



axborot 

kommunikatsion 

texnologoyilarning 

marketing 

jarayonidagi ahamiyati

 

      Mamlakatimizda  aloqa  va  axborotlashtirish  sohasini  rivojlantirish,  barcha 



sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon 

axborot  makoniga  integratsiyalashish  borasida  keng  ko‘lamli  ishlar  olib 

borilmoqda.  Prezidentimizning  2012-yil  21  martda  qabul  qilingan  “Zamonaviy 

axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini    joriy  etish  va  yanada    rivojlantirish 

chora-tadbirlari    to‘g‘risida”gi    qarori  mazkur  yo‘nalishdagi  ishlarni 

takomillashtirishda  muhim  dasturilamal  bo‘lib  xizmat  qilmoqda.  2013  yilning  1 

yanvar  holatiga  ko'ra,  ma'lumotlar  uzatish,  jumladan,  internet  tarmog'iga  ulash 

xizmatlarini kro'satuvchi xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib 

foydalanish  punktlari  soni  esa  1063  tani  tashkil  qildi.  Xalqaro  axborot 

tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga 

nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning natijasida operator va provayderlarga internet 

xizmatlari (tashqi kanal) uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha 

25 foizga kamaytirildi. UZ zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda 

15,8 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining 

umumiy  soni  195taga  yetkazildi.  Interaktiv  davlat  xizmatlarining  umumiy  soni 

197tani  tashkil  qildi.  Davlatimiz  rahbari  tomonidan  2012  yilda  mamlakatimizni 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy 

dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo'nalishlariga  bag'ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining  majlisida  quyidagi  vazifasi  “Axborot-kommunikatsiya  va 

telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal 

amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq 

tasavvur  etishimiz  kerakki,  iqtisodiyotning  barcha  sohalariga,  kundalik 

hayotimizga  zamonaviy  axborot-kommunikatsiya  tizimlarini  keng  joriy  etish 

bo‘yicha  tub  va  ijobiy  ma’nodagi  portlash  effektini  beradigan  o‘zgarishlarni 

amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz 

qisqa  vaqt  mobaynida  nafaqat  axborot  xizmatlari  ko‘rsatishning  ko‘plab  turlari 

bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya 



 

texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar 



safiga  qo‘shilishimiz  zarur”

2

.  Bugungi  kundagi  asosiy  ustuvor  vazifa  sifatida  



amalga  oshirilmoqda.Davlatimiz  rahbari  tomonidan  2012  yilda  mamlakatimizni 

ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy 

dasturning  eng  muhim  ustuvor  yo'nalishlariga  bag'ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida yanada rivojlantirish 

va  takomillashtirish  borasidagi  vazifalar  ham  alohida  ahamiyatga  ega.  Jumladan, 

mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha korxonalari rahbarlariga 

tegishli  chora-tadbirlarni  belgilab  olish  va  ijrosini  ta'minlash  yuzasidan 

quyidagilarni amalga oshirmoqdalar:  

-  “Elektron hukumat”  tizimini, shu  jumladan,  boshqaruv  jarayonlari, shuningdek, 

biznes  sohasiga  va  fuqarolarga  davlat  xizmatlari  ko'rsatish  tizimini  shakllantirish 

konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish,  

-  tadbirkorlar  va  aholiga  interaktiv  davlat  xizmatlari  ko'rsatishning  elektron 

shakllarini joriy qilish,  

- milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017 yillarga 

mo'ljallangan kompleks Dasturini ishlab chiqish,  

-  zamonaviy  texnologiyalar  asosida  videotelefonlar,  internet-televideniye,  yuqori 

tezlikdagi  internet,  HDTV  kanallarini  namoyish  qilish  va  boshqa  xizmatlar 

ko'rsatish  imkonini  beradigan  2  ming  kilometr  uzunlikdagi  keng  polosali  optik 

tolali aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish,  

-  internet  tarmog'ida  turli  yo'nalishlardagi  zamonaviy  milliy  veb-resurslarni 

yaratishAxborotlashtirish  sohasidagi  islohotlarning  olib  borilishi  natijasida    

respublikamizning  barcha  tarmoqlari  va  davlat  boshqaruvi  organlari  oldiga 

qo’yilgan  vaziflardan  kelib  chiqib  ,zamonaviy  axborot-komunikatsion 

texnologiyalari  (AKT)  va  telekomminikatsiya  tizimlarini  rivojlantirish  va  ularni 

hayotga  keng  joriy  etish  qilinishiga  erishilmoqda.  Jumladan  ,bozor  

iqtisodiyotining    ijtimoiy    yo’naltirilgan      ko’p    tarmoqli  axborot  industriyasini 

                                                 

2

 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish 



yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga bag’ishlangan 

Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013 




 

tashkil  etish  ,  AKTni    iqtisodiyotning  turli  sohalarida    keng    joriy  qilish  orqali 



jamiyatimizning  ichki  mustahkamligi    va  ijtimoiy  birligini  tashkil  etish  , 

umumjahon hayot sifati standartlariga chiqish maqsadida ,8ta qonun ,O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidentining    3ta  farmoni.  Prezident    va  hukumatimizning  17ta 

qarori  qabul  qilindi.Vazirlar  Mahkamasining  maxsus  qarorlariga    asosan  davlat 

axborot  resurslarini  qo’shimcha  ro’yxati  tasdiqlanib  ,  yil  boshida    51  ta  davlat 

axborot  resurslari  va  8ta  davlat  axborot    tizmlari  yaratildi  hamda  davlat 

organlarining 49 interaktiv xizmatlari turlari tasdiqlandi.  Mamlakatda iqtisodiyotni 

rivojlanishi,  boshqarish  tizimini  mukamallashtirish  axborotlarsiz  amalga  oshirib 

bo’lmaydi. Marketing muammolariga mamlakatimiz Prezidentimiz alohida e’tibor 

qaratib: ”Biz doimo  hamma darajada marketing tadqiqotlarini  tashkil etish bilan 

jiddiy shug’ullanish  zarurligini ta’kidlaymiz.Biroq  bu borada amalda juda oz ish 

qilinmoqda.Ichki va tashqi  bozorlarning taraqqiyot  tamoyillarini  yaxshi bilmaslik 

natijasida korxonalar ,qo’yinki butun mamlakat katta zarar ko’rmoqda.”

3

    Xalqaro 



tajriba  shuni  ko’rsatadiki  davlat  boshqaruvida  AKTni  qo’llash  uning  natijaviy 

samaradorligini,xususan axborotning o’zaro ta’siri ,qayta ishlanishi  va izlanishni 

amalg  oshiridh  uchun    vaqt  qisqarihsi  hisobiga  unumdorlini  o’rtacha  20foizga 

ko’paytirishga imkon yaratilmoqda .  

Axborotlar  milliy  iqtisodiyotning  barcha  tarmoqlari,  sohalari,  bo’linmalari 

(ish  joyidan  tortib  vazirliklargacha)  o’rtasida  va  ushbu  korxona  bilan  o’xshash 

korxonalar  va  tashkilotlar  o’rtasida  uzluksiz  axborot  almashishdan  iborat.  Fan-

texnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi 

ham  ortadi,  tez  yangilanadi,  ishlab  chiqarishning  texnika  bazasi  zamonaviy  va 

murakkab  mashinalar  sistemasi  bilan  boyiydi,  texnologik    jarayonlar 

intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi 

va  hokazo.  “Marketing  faoliyatining  kommunikatsion  jarayonlari  (KJ),uning 

alohida  ob’ektlari    o’rtasida  axborotlar  almashuvida  namoyon  bo’lib,  korxona 

MAT axborot jarayonlarining barcha bosqichlariga  kirib boradi. Uning ahamiyati 

va  hususiyatlari    axborotlarni  yig’ish  ,ro’yxatga  olish  va  uzatish  hamda 

                                                 

3

 Karimov I.A.”Kelajakni jasoratli odamlar quradi”.7-jild.T.:”O’zbekiston”.1999 




 

korxonaning  bozor  va  ishlab  chiqarish  jaryonini  tartibga  solishdagi  teskari  aloqa  



vazifasini  amalga  oshirishda  eng  ko’p    darajada    namoyon  bo’ladi.”

4

    Bozor 



imkoniyatlarini  yaxshiroq  bilish  va  marketing  muammolarini  echish  uchun  har 

qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z 

xaridorlarini,  raqobatchilarini,  vositachilarini  sotish  va  baholar  to’g’risidagi 

ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat 

qilishni  amalga  oshira  olmaydilar.Mashhur  amerikalik  marketologlardan  biri 

shunday  degan  edi:  "Biznesni  boshqarish  -  bu  uning  kelajagini  boshqarish, 

kelajagini  boshqarish  -  axborotga  egalik  qilishdir".  Haqiqatdan  ham,  axborot 

moliyaviy,  xom-ashyo,  asbob-uskunalar  va  ishchi  kuchi  kabi  muhim  boshqarish 

resursi  va  ob'ekti  bo’lib  qolmoqda.  Shu  bilan  bir  vaqtda,  xorijlik  tadqiqotchilar 

ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish 

juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning etishmasligidan nolisalar, boshqalari 

noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar. Bundan tashqari, axborotning qanchalik 

haqqoniyligini  aniqlash  ham  muammodir.  Shuning  uchun,  hatto  xorijda  ham 

xaridor  bozori  sharoitida  juda  kamdan-kam  firmalargina  rivojlangan  marketing 

axboroti  tizimiga  ega  ekanliklari  bilan  maqtana  oladilar.  Ularning  ko’pchiligi 

marketing  tadqiqot  bo’limlariga  ega  emaslar,  boshqalari o’z  tarkiblarida,  sotishni 

istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi kichik bo’limlarga egadirlar. Endi 

bizdagi  ahvolga  kelsak,  bozorning  ahvoli  haqida  axborot  to’plash  hali  o’z 

rivojining  ilk  bosqichidadir.  Lekin  yangidan-yangi  talablarning  shiddat  bilan 

rivojlanishi,  marketingning  baynalminallashuvi,  raqobatning  keskinlashishi 

samarali  axborotlarga  egalik  qilishni  kun  tartibiga  qo’ymoqda.  “Axborot 

kommunikatsion    texnologiyalari  –oddiy    bo’lmagan  tovardir.  Bozorda  ular  

istalgan  mahsulot  va  ishlab  chiqarish  vositasi  sifatida  bo’ladi,chunki  bozorning 

faoliyati  axborot ta’minotiga bog’liq.Interaktiv xizmatning vjudga kelishi davrida 

marketing bo’yicha mutaxassislar o’zlarining beosita asosiy iste’molchialriini  har 

                                                 

4

 S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-601bet 




10 

 

tomonlama    bilganalr  va  tegishli  aborotlarni    yig’ish  uchun  ular  bilan  tog’ridan  



tog’ri  aloqalr o’rnata olganlar.”

5

    



Bunga  yangi  texnikalarning,  yangi  kompyuterlar,  nusxa  ko’chiruvchi 

mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng 

imkoniyatlar yaratmoqda. 

 “Amaliyotda ilk bor marketing bo’limlari 1911 yilda «Kretis pablishing Ko», 

«Svift  end  Ko»,  «Yu.S.  Rabker  Ko»  kabi  kompaniyalarning  boshqaruv  apparati 

tarkibida  tashkil  topdilar.  1926  yilda  AQShda  marketing  va  reklama 

o’qituvchilarning  Milliy  assotsiatsiyasi  tuzildi.  1931  yilda  Amerika  marketing 

jamiyati,  1937  yil  esa  Amerika  Milliy  assotsiatsiyasi  tuzildi.  30-40-yillarda 

ko’pgina  iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlarda  milliy  marketing  assotsiatsiyalari 

tashkil  topdi.  50-60-yillarda  halqaro  marketing  federatsiyasi,  jamoatchilik  fikrlari 

va marketing bo’yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi 

halqaro  marketing  tashkilotlari  tuzildi.  1986  yilda  «Sovplastital»  qo’shma 

korxonasida  birinchi  bo’lib  marketing  bo’limi  tuzildi.  Keyingi  yillarda 

Tashtekstilmash,  Chkalov  aviatsiya  birlashmasi,  Toshselmash  kabi  yirik 

korxonalarda ham marketing bo’limlari tuzildi.”

6

 



Marketing-  tovar  ayirboshlash  yo’li  bilan  extiyoj  va  talablarni  qondirishga 

yo’naltirilgan  inson  faoliyatinig  turi,  bozordagi  barcha  qatnashchilarning  o’zaro 

manfaatlariga asoslangan xarakatlarini, talabini shakillantirish va qondirish uchun 

birlashtirishdir. Marketing – bu tovar xarakatining barcha bosqichlarini o’z ichiga 

oluvchi,  talab,  taklif  va  bahoni  o’rganish,  mahsulot  ishlab  chiqarish  dasturini 

yaratish,  sotish  va  iste’mol  qilish  va  iste’moldan  keyingi  turli  xildagi  servis 

xizmatlar  ko’rsatish  va  iste’moldan  chiqqandan  keyin  utilizatsiyalashni  tashkil 

qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir. 

Marketingga  Abdullayeva.O,Qosimova.  M  quyidagicha  ta’rif  berishgan 

“Marketing  –ehtiyoj  va  muhtojlikni  ayirboshlash    orqali  qondirishga    qaratilgan 

                                                 

5

 S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-609bet 



6

 

Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 - 12 bеt.  




11 

 

inson  faoliyatinig  turidir.”



7

.Marketingni  boshqarishni  uni  tizimlarini  Jalolov  J, 

Axmedov I , quyidagicha ta’riflashgan: 

        -“marketingni boshqarish- bu marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlarni o’z 

ichiga oladigan xizmatlar, bo’limlar, bo’linmalar yig’indisi bo’lib, ular faoliyatini 

korxona maqsadiga erishish yo’lida tashkil etish va amalga oshirishdir.  

-marketingni funksional tamoyil asosida boshqarish

 - b

u holatda bozorlar va 

ishlab chiqarilayotgan tovarlar bir xil tovarlar sifatida qaraladi va ular bilan ishlash 

uchun ixtisoslashgan bo’limlar tuziladi. 

-marketingning  tovarlar  tamoyili  asosida  boshqarish-  korxonalarning  ishlab 

chiqarish hajmi va mahsulot turlari katta miqdorda bo’lgan hollarda qo’llaniladigan 

usul. 

-marketing  tizimi-  ishlab  chiqaruvchi,  iste’molchi,  ta’minotchi,  raqobatchi, 



vositachi  yuridik  va  jismoniy  shaxslarni  o’z  ichiga  olib,  ayirboshlash  yo’li  bilan 

foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish 

bo’yicha  o’zaro  uzluksiz  aloqada  bo’luvchi  ijtimoiy-iqtisodiy  elementlar 

majmuidir.  

-vertikal  marketing  tizimi  (VMT)

 

–  mustaqil  biznes  bo’la  oladigan  ishlab 

chiqarish, ulgurji savdo tashkilotlari, do’konlarning integratsiyalashuvidir. 

-kvazi  vertikal  marketing  tizimi



-

  qo’shilayotgan  ishlab  chiqarish  va 

mahsulotni sotish bo’yicha mustaqil korxonalar tomonidan yetakchi firma nazorati 

ostida amalga oshiriladigan marketing tizimi.”

8

 

Marketingga  Soliyev  A,  S  Buzrukxonov      quyidagi  ta’rifni  berishgan 



“marketing-tadbirkorlik(biznes  faoliyati  falsafasi  sifatida  ifodalanishi  jahondagi 

ko’pchilik  ilmiy  va  amaliy  maktablarda  shakllangan  g’oyadir.U  ko’pchilik 

mamlakatlar  tadbirkor  (biznesmen)lari,menejerlar  va  olimlarning  aniq  bir  siyosiy 

ijtimoiy-iqtisodiy shariotlardagi ijodiy hamkorliklari natijasidir“

9

 

Marketing turlari o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. U marketing jarayonlarini 



har tomonlama va aniq vaziyatda ko’rib chiqishga imkon beradi:  

                                                 

7

 Abdullayev O.M.,Qosimova M.S va boshq “Marketing”.T.:TDIU.2006-7b 



8

 Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 – 50b. 

9

 A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.-29b 




12 

 

-o’zgartiruvchi  (konversion)  marketing  -  salbiy  talabning  mavjudligiga  bog’liq, 



bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmatni inkor qiladi.

 

 

-rag’batlantiruvchi  marketing  muayyan  tovar  va  xizmatlarga  talabning  yo’qligi 



kuzatilishi bilan tavsiflanadi. 

-remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini 

qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi.  

Rivojlantiruvchi  marketing  xaridorlarning  ko’pchiligi  mavjud  mahsulotlardan 

qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan paytda bo’lishi 

mumkin  (masalan,  zararsiz  sigaretalar,  tejamliroq  avtomobillarga  talab). 

Sinxromarketing  -  bu  bozorning  shunday  vaziyatiki,  unda  talab  vaqt  jihatidan 

tovarlarni  taklif  qilish  tuzilmasiga  mos  kelmaydigan  mavsumiy  yoki  boshqa 

tebranishlar bilan harakterlanadi.  

Qo’llab-quvvatlovchi  marketing  to’liq  talabning  mavjudligini  harakterlaydi,  ya'ni 

bunda  tovar  va  xizmatlarga  talabning  darajasi  va  tarkibi  taklifning  darajasi  va 

tarkibi to’la mos keladi.




Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish