6
Zamonaviy
axborot
kommunikatsion
texnologoyilarning
marketing
jarayonidagi ahamiyati
Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, barcha
sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon
axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib
borilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur yo‘nalishdagi ishlarni
takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 2013 yilning 1
yanvar holatiga ko'ra, ma'lumotlar uzatish, jumladan, internet tarmog'iga ulash
xizmatlarini kro'satuvchi xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib
foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot
tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga
nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning natijasida operator va provayderlarga internet
xizmatlari (tashqi kanal) uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha
25 foizga kamaytirildi. UZ zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda
15,8 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining
umumiy soni 195taga yetkazildi. Interaktiv davlat xizmatlarining umumiy soni
197tani tashkil qildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisida quyidagi vazifasi “Axborot-kommunikatsiya va
telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal
amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq
tasavvur etishimiz kerakki, iqtisodiyotning barcha sohalariga, kundalik
hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish
bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni
amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz
qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari
bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya
7
texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar
safiga qo‘shilishimiz zarur”
2
. Bugungi kundagi asosiy ustuvor vazifa sifatida
amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida yanada rivojlantirish
va takomillashtirish borasidagi vazifalar ham alohida ahamiyatga ega. Jumladan,
mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha korxonalari rahbarlariga
tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish va ijrosini ta'minlash yuzasidan
quyidagilarni amalga oshirmoqdalar:
- “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek,
biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini shakllantirish
konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish,
- tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning elektron
shakllarini joriy qilish,
- milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017 yillarga
mo'ljallangan kompleks Dasturini ishlab chiqish,
- zamonaviy texnologiyalar asosida videotelefonlar, internet-televideniye, yuqori
tezlikdagi internet, HDTV kanallarini namoyish qilish va boshqa xizmatlar
ko'rsatish imkonini beradigan 2 ming kilometr uzunlikdagi keng polosali optik
tolali aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish,
- internet tarmog'ida turli yo'nalishlardagi zamonaviy milliy veb-resurslarni
yaratishAxborotlashtirish sohasidagi islohotlarning olib borilishi natijasida
respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga
qo’yilgan vaziflardan kelib chiqib ,zamonaviy axborot-komunikatsion
texnologiyalari (AKT) va telekomminikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni
hayotga keng joriy etish qilinishiga erishilmoqda. Jumladan ,bozor
iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan ko’p tarmoqli axborot industriyasini
2
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013
8
tashkil etish , AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali
jamiyatimizning ichki mustahkamligi va ijtimoiy birligini tashkil etish ,
umumjahon hayot sifati standartlariga chiqish maqsadida ,8ta qonun ,O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni. Prezident va hukumatimizning 17ta
qarori qabul qilindi.Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga asosan davlat
axborot resurslarini qo’shimcha ro’yxati tasdiqlanib , yil boshida 51 ta davlat
axborot resurslari va 8ta davlat axborot tizmlari yaratildi hamda davlat
organlarining 49 interaktiv xizmatlari turlari tasdiqlandi. Mamlakatda iqtisodiyotni
rivojlanishi, boshqarish tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib
bo’lmaydi. Marketing muammolariga mamlakatimiz Prezidentimiz alohida e’tibor
qaratib: ”Biz doimo hamma darajada marketing tadqiqotlarini tashkil etish bilan
jiddiy shug’ullanish zarurligini ta’kidlaymiz.Biroq bu borada amalda juda oz ish
qilinmoqda.Ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik
natijasida korxonalar ,qo’yinki butun mamlakat katta zarar ko’rmoqda.”
3
Xalqaro
tajriba shuni ko’rsatadiki davlat boshqaruvida AKTni qo’llash uning natijaviy
samaradorligini,xususan axborotning o’zaro ta’siri ,qayta ishlanishi va izlanishni
amalg oshiridh uchun vaqt qisqarihsi hisobiga unumdorlini o’rtacha 20foizga
ko’paytirishga imkon yaratilmoqda .
Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo’linmalari
(ish joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va ushbu korxona bilan o’xshash
korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fan-
texnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi
ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va
murakkab mashinalar sistemasi bilan boyiydi, texnologik jarayonlar
intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi
va hokazo. “Marketing faoliyatining kommunikatsion jarayonlari (KJ),uning
alohida ob’ektlari o’rtasida axborotlar almashuvida namoyon bo’lib, korxona
MAT axborot jarayonlarining barcha bosqichlariga kirib boradi. Uning ahamiyati
va hususiyatlari axborotlarni yig’ish ,ro’yxatga olish va uzatish hamda
3
Karimov I.A.”Kelajakni jasoratli odamlar quradi”.7-jild.T.:”O’zbekiston”.1999
9
korxonaning bozor va ishlab chiqarish jaryonini tartibga solishdagi teskari aloqa
vazifasini amalga oshirishda eng ko’p darajada namoyon bo’ladi.”
4
Bozor
imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchun har
qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z
xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to’g’risidagi
ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat
qilishni amalga oshira olmaydilar.Mashhur amerikalik marketologlardan biri
shunday degan edi: "Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish,
kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot
moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish
resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar
ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish
juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning etishmasligidan nolisalar, boshqalari
noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar. Bundan tashqari, axborotning qanchalik
haqqoniyligini aniqlash ham muammodir. Shuning uchun, hatto xorijda ham
xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam firmalargina rivojlangan marketing
axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana oladilar. Ularning ko’pchiligi
marketing tadqiqot bo’limlariga ega emaslar, boshqalari o’z tarkiblarida, sotishni
istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi kichik bo’limlarga egadirlar. Endi
bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to’plash hali o’z
rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan
rivojlanishi, marketingning baynalminallashuvi, raqobatning keskinlashishi
samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo’ymoqda. “Axborot
kommunikatsion texnologiyalari –oddiy bo’lmagan tovardir. Bozorda ular
istalgan mahsulot va ishlab chiqarish vositasi sifatida bo’ladi,chunki bozorning
faoliyati axborot ta’minotiga bog’liq.Interaktiv xizmatning vjudga kelishi davrida
marketing bo’yicha mutaxassislar o’zlarining beosita asosiy iste’molchialriini har
4
S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-601bet
10
tomonlama bilganalr va tegishli aborotlarni yig’ish uchun ular bilan tog’ridan
tog’ri aloqalr o’rnata olganlar.”
5
Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar, nusxa ko’chiruvchi
mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng
imkoniyatlar yaratmoqda.
“Amaliyotda ilk bor marketing bo’limlari 1911 yilda «Kretis pablishing Ko»,
«Svift end Ko», «Yu.S. Rabker Ko» kabi kompaniyalarning boshqaruv apparati
tarkibida tashkil topdilar. 1926 yilda AQShda marketing va reklama
o’qituvchilarning Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 1931 yilda Amerika marketing
jamiyati, 1937 yil esa Amerika Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 30-40-yillarda
ko’pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda milliy marketing assotsiatsiyalari
tashkil topdi. 50-60-yillarda halqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikrlari
va marketing bo’yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi
halqaro marketing tashkilotlari tuzildi. 1986 yilda «Sovplastital» qo’shma
korxonasida birinchi bo’lib marketing bo’limi tuzildi. Keyingi yillarda
Tashtekstilmash, Chkalov aviatsiya birlashmasi, Toshselmash kabi yirik
korxonalarda ham marketing bo’limlari tuzildi.”
6
Marketing- tovar ayirboshlash yo’li bilan extiyoj va talablarni qondirishga
yo’naltirilgan inson faoliyatinig turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro
manfaatlariga asoslangan xarakatlarini, talabini shakillantirish va qondirish uchun
birlashtirishdir. Marketing – bu tovar xarakatining barcha bosqichlarini o’z ichiga
oluvchi, talab, taklif va bahoni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini
yaratish, sotish va iste’mol qilish va iste’moldan keyingi turli xildagi servis
xizmatlar ko’rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil
qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir.
Marketingga Abdullayeva.O,Qosimova. M quyidagicha ta’rif berishgan
“Marketing –ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan
5
S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-609bet
6
Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 - 12 bеt.
11
inson faoliyatinig turidir.”
7
.Marketingni boshqarishni uni tizimlarini Jalolov J,
Axmedov I , quyidagicha ta’riflashgan:
-“marketingni boshqarish- bu marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlarni o’z
ichiga oladigan xizmatlar, bo’limlar, bo’linmalar yig’indisi bo’lib, ular faoliyatini
korxona maqsadiga erishish yo’lida tashkil etish va amalga oshirishdir.
-marketingni funksional tamoyil asosida boshqarish
- b
u holatda bozorlar va
ishlab chiqarilayotgan tovarlar bir xil tovarlar sifatida qaraladi va ular bilan ishlash
uchun ixtisoslashgan bo’limlar tuziladi.
-marketingning tovarlar tamoyili asosida boshqarish- korxonalarning ishlab
chiqarish hajmi va mahsulot turlari katta miqdorda bo’lgan hollarda qo’llaniladigan
usul.
-marketing tizimi- ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, ta’minotchi, raqobatchi,
vositachi yuridik va jismoniy shaxslarni o’z ichiga olib, ayirboshlash yo’li bilan
foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish
bo’yicha o’zaro uzluksiz aloqada bo’luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar
majmuidir.
-vertikal marketing tizimi (VMT)
– mustaqil biznes bo’la oladigan ishlab
chiqarish, ulgurji savdo tashkilotlari, do’konlarning integratsiyalashuvidir.
-kvazi vertikal marketing tizimi
-
qo’shilayotgan ishlab chiqarish va
mahsulotni sotish bo’yicha mustaqil korxonalar tomonidan yetakchi firma nazorati
ostida amalga oshiriladigan marketing tizimi.”
8
Marketingga Soliyev A, S Buzrukxonov quyidagi ta’rifni berishgan
“marketing-tadbirkorlik(biznes faoliyati falsafasi sifatida ifodalanishi jahondagi
ko’pchilik ilmiy va amaliy maktablarda shakllangan g’oyadir.U ko’pchilik
mamlakatlar tadbirkor (biznesmen)lari,menejerlar va olimlarning aniq bir siyosiy
ijtimoiy-iqtisodiy shariotlardagi ijodiy hamkorliklari natijasidir“
9
Marketing turlari o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. U marketing jarayonlarini
har tomonlama va aniq vaziyatda ko’rib chiqishga imkon beradi:
7
Abdullayev O.M.,Qosimova M.S va boshq “Marketing”.T.:TDIU.2006-7b
8
Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 – 50b.
9
A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.-29b
12
-o’zgartiruvchi (konversion) marketing - salbiy talabning mavjudligiga bog’liq,
bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmatni inkor qiladi.
-rag’batlantiruvchi marketing muayyan tovar va xizmatlarga talabning yo’qligi
kuzatilishi bilan tavsiflanadi.
-remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini
qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi.
Rivojlantiruvchi marketing xaridorlarning ko’pchiligi mavjud mahsulotlardan
qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan paytda bo’lishi
mumkin (masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq avtomobillarga talab).
Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt jihatidan
tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki boshqa
tebranishlar bilan harakterlanadi.
Qo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq talabning mavjudligini harakterlaydi, ya'ni
bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi taklifning darajasi va
tarkibi to’la mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |