Universiteti ilmiy izlanuvchisi assistent



Download 48,5 Kb.
bet1/4
Sana30.06.2022
Hajmi48,5 Kb.
#719020
  1   2   3   4
Bog'liq
Annotasiya Mamadoliyev


Samarqand Davlat tibbiyot universiteti ilmiy izlanuvchisi assistent I.I.Mamadolievning «Mahalliy xomashyolardan olingan yuqori kremniyli seolitlarning struktur va sorbsion xossalari» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo’yicha dessertasiya mavzusini tasdiqlash uchun
ANNOTASIYA
Ixtisoslik shifri: 02.00.11-02.00.11 – Kolloid va menbrana kimyosi
Ilmiy rahbarinng familyasi, ismi, otasining ismi: t.f.d. professor Fayzullayev Normurot Ibodullayevich
Ilmiy maslahatchining familiyasi, ismi, otasining ismi: t.f.n dotsent Musulmonov Noryigit Xasanovich
Mavzuning dolzarbligi va zarurati. Hozirgi vaqtda dunyo bo‘yicha o‘zining noyob xossalari tufayli seolitlar turli ishlab chiqarish sohalarida ishlatilmoqda va ularning jahon bozoridagi yillik aylanmasi bir necha million tonnani tashkil qiladi. Kimyo sanoatida uglevodorodlarni turli xil aralashmalardan va oltingugurtli birikmalardan tozalashda adsorbsion usullar eng keng tarqalgan bo‘lib, bu usullarning ishlatilishi qator qimmatbaho birikmalarni ishlab chiqarishga qaytarish imkonini beradi. Seolitlar neft kimyosida va neftni, tabiiy gazni, neft yo‘ldosh gazlarini qayta ishlashda, suyuq va gaz muhitlarni ajratishda va tozalashda sorbent hamda katalizator sifatida keng ishlatiladi. Oxirgi yillarga kelib, uglevodorodlar xomashyosini tozalashda tabiiy va sun’iy seolitlar keng ishlatilmoqda. Bugungi kunda jahonda chiqindisiz yoki kam chiqindili, energiya va resurs tejamkor texnologiyalarni yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu muammolarni muvaffaqiyatli hal qilishda texnologik jarayon uchun ishlatilayotgan va hosil bo‘layotgan moddalarning tozalik darajasi muhim ahamiyatga ega. Adsorbsiyalovchi materiallarga qo‘yiladigan eng muhim talablar quyidagilardan iborat: yuqori solishtirma sirt-yuzaga ega bo‘lishi, tanlab ta’sir etuvchanlik va oson regeneratsiya qilinishidir. Shuningdek adsorbent arzon va zararsiz bo‘lishi, korrozion xususiyatga ega bo‘lmasligi uzoq vaqt o‘zining adsorbsion xususiyatini saqlay olishi va mexanik pishshiqligi yuqori bo‘lishi zarur. Adsorbsiya jarayonlarida va katalizda ishlatiladigan sorbentlar orasida seolitlar kislotabardoshligi, termobarqarorligi va kislotalik xossalari bilan alohida o‘ringa ega. Bugungi kunda seolitlar ishlab chiqarishdagi asosiy muammo, uning tannarxini arzonlashtirish va sintez qilish texnologiyasini soddalashtirishdan iborat bo‘lib, bu ustivor yo‘nalishda keng qamrovli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Respublikamizda oxirgi yillarda sanoatning turli sohalarida bo‘lgani kabi tabiiy gazni va neftni qayta ishlashda ham xomashyo bazasini mahalliylashtirish, mahalliy xomashyolar asosida ichimlik suvini neft mahsulotlaridan, tabiiy gazni va neftni oltingugurtli birikmalardan hamda suv bug‘laridan tozalash va ular asosida importga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratilib, muayyan natijalarga erishilmoqda. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatdan yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish» kabi muhim vazifalar belgilab berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni, 2017 yil 29 avgustdagi PQ-3246-sonli “Kimyo sanoati tashkilotlarining eksport-import faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2018 yil 17 yanvardagi PQ-3479-sonli “Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarining talab yuqori bo‘lgan mahsulot va xomashyo turlari bilan barqaror ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi va 2019 yil 3 apreldagi PQ-4265-sonli “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu dissertatsiya tadqiqoti natijalari muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 48,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish