Bitiruv ishining obyekti va predmeti. Muammolarning dolzarbligi va
ularning yetarli darajada ilmiy ishlab chiqilmaganligi bitiruv malakaviy ishining
obyekti, mavzusi, maqsad va vazifalarini tanlashni belgilab berdi.
O‘zbekistonda voyaga yetmagan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘isiz
qolgan bolalarni vasiylik va homiylikka olish organlari faoliyati tizimi bitiruv
ishining obyekti hisoblanadi.
Ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularni
ijtimoiylashuvining ijobiy natijasiga erishishga ta'sir ko‘rsatuvchi hamda ular bilan
ijtimoiy ish olib borishda vasiylik va homiylik organlarining o‘rnini o‘rganish
jarayoni bitiruv ishining predmeti bo‘lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |