5
KIRISH
Bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi. Har jihatdan
barkamol bo‘lgan sog‘lom avlodni shakllantirish muammosi bugungi kunda
davlatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki har
qanday davlatning taraqqiyoti kelajak poydevori bo‘lgan yosh avlodga, ular tarbiya
topayotgan oilaviy muhitning sog‘lomligiga, mustahkamligiga uzviy bog‘liqdir.
Istiqlol yo‘lidan ildam odimlayotgan mamlakatimiz bolalarni samarali
ijtimoiylashuvini ta’minlash maqsadida dastavval oilada salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni o‘z vaqtida bartaraf etishga, har jihatdan sog‘lom bo‘lgan avlodni
tarbiyalab o‘stirishga e’tibor qaratmoqda.
Mamlakatimizda vasiylik va homiylikka muhtoj shaxslarning huquqlari va
qonuniy manfaatlarini himoya qilishning samarali, ko‘p bosqichli tizimi yaratilgan.
Ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar
bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda himoyaga muhtoj bolalarni, jumladan ota-ona qaramog‘isiz
qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash masalasi davlat siyosati darajasidagi
masalalarga aylanib borayotgan bir davrda ularni ijtimoiy himoyalash vazifasi turli
darajadagi tashkilot va muassasalarning diqqat e’tibori markazidagi masalalar
qatoriga kirib bormoqda. Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqib, mavzuning
dolzarbligi quyidagilar bilan belgilanadi:
Birinchidan, bugungi kunda mamlakatimizda ota-ona qaramog‘isiz qolgan
bolalar soni ko‘payib qoldi. Bunday holat jamiyatimiz, davlatimiz kelajagiga salbiy
ta’sir ko‘rsatishi mumkin, chunki barcha bolalar davlatning, jamiyatning kelajagi
hisoblanishadi. Ular voyaga yetishgach, o‘sha davlatning, o‘sha jamiyatning asosiy
boshqaruvchilari bo‘lishadi;
Ikkinchidan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalash
bugungi kunda Mehribonlik uylari rahbar hamda pedagog xodimlari faoliyatining
asosiy mazmun va mohiyatiga aylanib bormoqda, ammo mazkur muassasa
bitiruvchilari kelgusida mustaqil hayotga moslashish jarayonida muammolarga
duch kelmoqdalar;
Удалить Водяной Знак
Wondershare
PDFelement
6
Uchinchidan, ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni joylashtirishning
muqobil shakllarining tashkillashtirilishi masalalariga oid jahon tajribasini
o‘rganish hamda mahalliy va milliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda jahon
tajribasi yutuqlarini amaliyotga keng joriy qilish zamon talabiga aylanib
bormoqda.
To‘rtinchidan, O‘zbekiston jamiyatining o‘zgarishi yosh avlodni
ijtimoiylashtirishga qaratilgan barcha ijtimoiy institutlarni va birinchi navbatda
yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni qamrab oladi. Umuman olganda
bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning, shuningdek, voyaga
yetmaganlarni vasiylik va homiylikning bevosita jarayonini tashkil etishning
mavjud tizimi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan, davlat tomonidan tartibga solish va
sog‘lom bolalikni ta'minlashning yangi modeli yaratilmagan.
Beshinchidan, bolalarning jismoniy va ruhiy salomatligini yaxshilash,
yosh oilaning holati, oiladagi va jamiyatdagi bolalar muammolariga bo‘lgan
munosabatlar, ularning ta’limi va tarbiyasi masalalari hukumat darajalari bilan
muvofiqlashtirilmagan ko‘plab bo‘limlarda qonunchilik va moliyaviy manbalar
bilan ta’minlanmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: